2.2. Oilalar bilan olib borilgan tadqiqot ishlari va ularning natijalari
Tadqiqot jarayonida biz o’zbek oilalaridagi tarbiya jarayoni, farzand tarbiyasi ota-onaning o’rni, oilalarda axloqiy munosabatlarni shaklllanganlik darajasini o’rganish maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumani Tomoyrot mahallasi, Tomoyrot qishlog’ida istiqomat qilayotgan oilalar hamda oilalarda yuzaga kelayotgan har xil muammolarni ko’zatib tahlil qilib chiqdik. Mahalla fuqarolar yig’ini raisi hamda mahalla xotin- qizlar maslahatchisi yordamida bir necha oilalarga kirib u yerdagi qo’yidagi voqea va muammolarning guvohi bo’ldik:
“Bola boshidan!”
1- masala. Boymirzayevlar oilasida otasi juda toparman-tutarman. Ota hali balog’atga yetmagan o’glidan pulini ayamas, u bilan gaplashganda faqat boylik, pul topish yollarini o’rgatar ekan. Oiladagi muhitni ko’rish maqsadida shu oila bilan uchrashgani bordik va bizni mehmonxonaga taklif qildi, birdan erkatoy o’g’li ruxsatsiz, salomsiz kirib kelib qoldi. Xijolat bo’lgan ota o’g’liga: “Ie, mehmonlarga salom qani, o’g’lim”, -dedi. O’gli: “Mehmonlaringiz o’zingizga o’xshagan boy beznesmenlarmi? 25 so’mlik salom beraymi, 50 so’mlik salom beraymi yoki 100 so’mlikmi?” . Ota bizning oldimizda o’g’lining bunday savollaridan juda uyalib, yer yorilsa-yu, yerga kirib ketgudek izza bo’ldi.
Oila a’zolarining o’g’lining qilgan hurmatsizligiga munosabati:
Dadasi: O’g’lim sen mehmonlarni oldida meni izza qilding. Endi senga hech ham pul bermayman.
Ayasi: Eh, dadasi bolada, bunday demang bola o’rtoqlaridan kam bo’lib yursinmi?
Buvisi: Bolam senga necha bor aytdim, “o’g’lingni pulga ko’p o’rgatma” –deb. Bolam “salom” xudoning farzi. Kishilarga salom berganda hech qachon pul olmaydi, gunoh bo’ladi.
“Qush uyasida ko’rganini qiladi!”
2-masala. Po’latning yolg’iz o’g’ilchasining tili chiqqan- biram shuirin-ki! Po’lat o’zi bolaligidan sho’x o’sgan, uning ustiga otasiz katta bo’lgan bo’lib, ba’zi mahalla bolalariga qo’shilib tarbiyasi buzildi. Shu sabab uylanganidan keyin ham bosilmadi. Ba’zan xotini bilan san-manga borib qolganda og’zidan bodi kirib shodi chiqar, hech kimni pisand qilmas, birovga quloq solmas edi. Po’latning qo’shnisi ergashvoy bilan kelishmay qolganini va bunga hali tili ham chiqmagan o’g’ilchasining sabab bo’lganini eshitdik. Biz hovlida o’tirgaimizda birdan o’g’ilchasi ko’chada qo’shnilarning bolalaridan biri bilan urishib qoldi. Jazavaga tushgan o’g’li Po’latning qo’y-qo’yiga qaramasdan haligi bolani urar, tili endi chaqqan bo’lishiga qaramasdan oldi-orqasiga qaramasdan so’kar, muomilaga kunmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |