Odam anatomiyasi



Download 0,71 Mb.
bet23/113
Sana19.01.2023
Hajmi0,71 Mb.
#900533
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
Bog'liq
Odam anatomiyasi

Nazorat savollari

  1. Qo'l suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?

  2. Kurak va o'mrov suyaklari haqida nima bilasiz?

  3. Qo'l panjasi suyaklari qaysi suyaklardan iborat?

  4. Oyoq suyaklari qaysi suyaklardan iborat?

  5. Oyoq kamari suyaklarining tuzilishini aytib bering?

MAVZU №: 4. BOSH SKELETI.
Ma’ruza rejasi:

      1. Bosh skeleti.

      2. Boshning yuz bo’limi – pastki va yuqori jaglar, yonoq, dimog’, ko’z yoshi, burun suyaklari, pastki burun chig’anog’i, til osti suyagi.

      3. Boshning miya bo’limi – ponasimon, g’alvirsimon, tepa, chakka, peshona va ensa suyaklarining tuzilishi, vazifalari.



Tayanch iboralar: Bosh skeleti, miya qism suyaklari, yuz qism suyaklari, ensa suyagi, peshona suyagi, ponasimon suyak, galvirsimon suyak, pastki jag, tepa jag’, til osti suyagi, dimog’ suyagi, burun suyagi, ko’z yosh suyagi, yonoq suyagi, tanglay suyagi, pastki burun chig’anoqlari, sinostoz, sixondroz, sindesmoz.

Bosh skeleti yoki kalla suyaklari bosh miya va u bilan birga boglik bulgan sezgi organlarni tashki muxit ta’siridan ximoyalaydi, yuzni xosil bulishini ta’minlaydi. Kalla skeletining bushligida bosh miya joylashgan. Organizmning muxim sistemalardan bulgan nafas olish, ovkat-xazm kilish sistemalarniing boshlanish joyi xisoblanadi. Kalla skeleti shartli ravishda ikkita bo’limga


1- kallaning miya bo’limi
2- kallaning yuz bo’limiga ajratiladi.
Miya bo’limining bushligida bosh miya joylashgan. Kallaning yuz bo’limi yuzning suyakli asosini xosil kiladi. Anatomik nuktai nazardan ikkala bo’lim yaxlit bulishiga karamasdan, kelib chikishi jixatdan xar xil buladi. Kalla skeleti 23 suyakdan tashkil topgan bulib, undan 8 si juft va 7si tok sonda buladi. Rasm № ,
Kalla bushligi pastki tomondan xar turli teshik va kanallari bulgan kalla tubi bilan chegaralanib turadi.
Kalla qopkogining suyaklari yupka va yassi buladi. Tashki plastinkasi kalin zich moddadan, ichki plastinkasi yupka zich moddadan tuzilgan va orasida govak modda – diploe joylashgan. Diploe tarkibida kizil suyak kumigi, kup sonda kon tomirlari va venalari utadi. Kalla suyaklarni ichki yuzalarida chuqurchalar va barmoksimon botiklar kup mikdorda uchraydi. Bundan tashkari kon tomirlarning izlarini xam ko’zatish mumkin. Boshka sut emizuvchilarga karaganda odamda arterial va venoz egatchalar yaxshi ifodalanadi. Kalla suyagining miya bo’limi - 8 suyakdan tuzilgan, undan 4 tok sonda, ikkitasi juftdan buladi. Tok suyaklarga ensa suyagi, peshona suyagi, ponasimon yoki asosiy suyak va galvirsimon suyaklar kiradi. Juft suyaklarni tepa suyaklari va chakka suyaklari tashkil etadi.
Yukori jag, tanglay suyagi, yonok suyagi, burun suyagi, ko’z yosh suyagi, pastki chiganok juft sonda uchraydi. Dimok suyagi, pastki jag va til osti suyaklari tok sonda buladi.
Kallaning miya bo’limi.
Ensa suyagi – miya qopkogining orqa va pastki tomonini va uning asosini tashkil kilishda katnashadi va oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklari bilan birlashgan. Ensa suyagi katta teshik orqali umurtka kanaliga kushilib turadi. Ensa suyagi aloxida 4 bulakdan iborat. Ensa suyagining bulaklarini aniklashda asosiy orientir – bu katta ensa teshigidir. Katta ensa teshigidan yukorida palla bulagi joylashgan, yen tomonlarida yen bulaklari, old tomonida ensa suyagini tanasi joylashgan.
Yen bulaklarining pastki yuzasida joylashgan bugim dumbokchalari – buyinning birinchi umurtkasining bugim yuzasi bilan birikadi. Dumbokcha orasida esa buyinturuk vena uymasi buladi.
Ensa suyagining pallasi tashki tomonga kabarib, ichki yuzasi botik bulib, yelpigichsimon shakldagi plastinka - palladan iborat. Ensa suyagining tashki yuzasi markazida tashki ensa dumbogi bulib, uning ikkala tomonida kundalang yunalgan gadir-budur chizik kurinadi.
Pallaning ichki yuzasi krestsimon tepa bilan 4 chuqurchaga bulingan. Krestsimon tepani o’rtasida esa ichki ensa dumbogi bulib, uning tepa va ikki yonbosh tomonlarida egatchalar kurinadi. Ikkita yukorigi chuqurchalarda oxirgi miyaning ensa pallalari, pastki chuqurchalarida – miyachaning yarim sharlari joylashgan.
Ensa suyagining tanasi ponasimon suyakning tanasi bilan birikib ketgan. Katta ensa teshigi soxasida ensa suyagining tanasi keng va yupka, old tomonga karagan kismi toraygan va kalinlashgan buladi. Tananing pastki yuzasining o’rtasida xalkum dumbogi joylashgan. Bu dumbokga xalkum orqa yuzasi bilan birikadi.
Ponasimon suyak - juda murakkab tuzilgan bulib, tana va uch juft usimtalardan iborat. Kichik kanotlar yukoriga, katta kanotlar - yenga va lateral tomonga – kanotsimon usimtalar pastga karatilgan buladi. Ponasimon suyakni tanasi kubsimon shaklga ega bulib, xavo saklovchi katakchalardan iborat. Bu katakchalar burun bushligi bilan tutashadi. Ponasimon suyak tanasining kalla bushligiga karagan yukori yuzasining o’rta kismida egarchaga uxshash chuqurcha - turk egari joylashgan, bunda endokrin bezlarning “malikasi” - gipofiz urnashgan. Ponasimon suyak tanasining ikki yonboshida uyku arteriyasi joylashadigan egatcha bor. Ponasimon suyak tanasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Kichik kanot miya bushligini tubini, ko’z kosasi yukori devorini xosil bulishda katnashadi. Xar bir kichik kanotning asosida kuruv kanali joylashgan. Kuruv kanalidan kuruv nervi bilan ko’z arteriyasi utadi. Ponasimon suyakning botik yuzasi kalla suyagining bushligiga, yassi yuzasi - ko’z sokkasiga, bir oz botilgan yuzasi esa chakka chuqurchasiga karatilgan. Katta kanotlarning asosida yumalok, chuzinchok va utkir kirrali teshiklar joylashgan. Yumalok va chuzinchok teshiklardan uch shoxli nerv tarmoklari utsa, utkir kirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya utadi. Katta kanot bilan kichik kanot oraligida yukorigi ko’z yerigi joylashgan. Yukori ko’z yorigidan uch shoxli nervning ikkinchi tarmogi, galtaksimon nerv, olib kochuvchi nerv va ko’z venasi utadi. Ponasimon suyakni kanotsimon usimtalari tanadan tikka ketib, pastga karatilgan. Xar bir usimta ichki medial va tashki lateral plastinkadan iborat.
Peshona suyagi kalla suyagini tomini va asosini xosil bulishida ishtirok etadi. Bu suyak turtta kismga peshona, juft ko’z kismlar, burun kismiga bulinadi. Peshona kismi yarim aylana shaklida bulib, kavarik yuzasi tashkariga, botik kismi ichkariga miya tomon karatilgan. Pastki yuzasida ko’z kosasining ustidagi utkir chekkasi aniklanadi, uni ustida kosh usti ravogini ajratish mumkin. Kosh usti ravogidan teparokda bir juft peshona dumbogi kurinib turadi. Bu dumboklar fakat odamlarga xos bulib, akliy faolyat bilan boglik va xayvonlarda uchramaydi. Ikkita kosh usti ravogi orasida chuqurlik – kanshar utadi. Peshona kismining yukorigi chetida tishsimon chok xosil buladi va tojsimon chok orqali peshona suyagi tepa suyaklari bilan birikadi.
Peshona suyakni gorizontal plastinkasi ikkita ko’z kismi va ular orasida joylashgan tok, burun kismidan iborat. Ko’z kismlari yupka plastinkalardan tashkil topib, pastki yuzasi ko’z kosa bushligiga, yukorigi yuzasi kalla bushligiga karagan. Ko’z kismining lateral chekkasida ko’z yoshi bezining chuqurchasi joylashgan. Peshona suyagining burun kismi galvirsimon uymani old tomondan berkitib turadi. Uning o’rta kismida burun tusigini xosil kilishda ishtirok etadigan utkir kiltanok joylashgan. Burun kismidagi juft teshiklar peshona kavaklariga ochiladi.
Galvirsimon suyak – shakli jixatdan “T” xarfiga uxshash, yengil va yupka suyak, bulib 3 kismdan: perpendikulyar yeki tikka ketgan plastinkadan, gorizontal joylashgan galvirsimon plastinkasidan va perpendikulyar plastinkani ikki yenidan osilib turgan galvir labirintdan iborat. Galvirsimon plastinkada juda kup galvirsimon katakchalar bulib, katakchalar burun bushligiga ochiladi. Galvirsimon katakchalardan xid bilish nervini tolalari burun bushligiga utadi. Plastinkaning o’rtasidan eng yukori uchida xuroz toji joylashgan. Xuroz tojiga bosh miyaning kattik pardasi birikadi. Galvir suyakning perpendikulyar plastinkasi galvisimon plastinkadan tikka pastga karab yunalgan bulib, burun tusigini xosil bulishida ishtirok etadi. Labirintlar juft bulib, xar xil katta-kichiklikda bulgan suyakli va xavo saklovchi katakchalardan tuzilgan. Katakchalar old va orqa tomonlardan peshona suyagining sinusi va ponasimon suyakning sinusi bilan tutashadi. Katakchalar burun bushligidan kayrilgan yupka suyak plastinkalari va yukorigi va o’rta burun chiganoklari bilan yepilgan buladi. Lateral tomonidan galvirsimon suyagining yupka ko’z plastinkasi ko’z sokkasining medial devorini tashkil kiladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish