Talabaning mustaqil ishi (TMI)
Talabaning mustaqil ishi O`zR Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining 09.08.2018 yil 19-2018 sonli buyrug`i va institut rektori tomonidan 2018 yil 3 okttyabrda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va nazorat tartibi to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mustaqil ish bo`yicha belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to`plagan talaba fan bo`yicha yakuniy nazoratga qo`yilmaydi.
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro`yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi.
Fanlardan talaba mustaqil ishining kafedra nizomi ishlab chiqiladi. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari, har bir ish turiga soatlarni taqsimlash va aniq nazorat mezonlari ishlab chiqiladi.
TMI ning o`zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 5.
Talabalar ON dan to‘playdigan ballarning namunaviy mezonlari
Talabani ON 20 balli reyting tizimi bo‘yicha bir semestrda ikki marotoba o‘tkaziladi. ON kafedra majlisining qaroriga muvofiq bir semestrda 2 marotaba (o‘quv yilida 4 marta) yozma va test shaklida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |