Saidkamolning onasi: – Vaalaykum assalom, Doniyorning onasini taniyman,
ularning oilasi yaxshi, tinch. Borib kitob o‘qishing, birga dars qilishing mumkin.
Do‘stlar xursand bo‘lishib, kutubxonadan chiqishdi.
4-topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlar asosida suhbatlashing.
3-mashq. Berilgan gaplardagi umumlashtiruvchi so‘zlarni topib, uyushib
kelgan so‘zlarni aniqlang.
1. Daraxtlardagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqa qush-
lar unga jo‘r bo‘ldi. 2. Bog‘da yetilgan olma, anor, uzumlar – hammasidan oldik.
3. Hammasi: olmazor va o‘rikzor, anjirzor va anorzorlar orqada qolmoqda edi.
4. Insonda hamma narsa: yuz, kiyim, qalb go‘zal bo‘lmog‘i lozim. 5. Bog‘imizdagi
mevalar: olma, o‘rik, olxo‘rilar mo‘l hosil qildi. 6. To‘rt narsa ko‘ngildagi orzularni
ro‘yobga chiqaradi: g‘ayrat, shijoat, matonat, himmat.
5-topshiriq. Berilgan hikmatlarni o‘qing va mazmuni yuzasidan suhbat-
lashing. Umumlashtiruvchi so‘zni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |