ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
453
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Москва, 2011.
SOG’LOM HAYOT TARZI VA TIBBIY MADANIYAT
Raxmonova D.O. –o’qituvchi, NavDPI, O’zbekiston.
Jamiyatda oilaning bolalarni tarbiya qilishdagi o’rni juda katta. Bola bog’chada bo’lishiga,
maktabda o’qishiga qaramay, o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi.
Bola tarbiyasida nimani olmang, ular orasida birorta ham ahamiyatsizi, nomuhimi, nazardan chetda
qoladigani topilmaydi. Lekin bari bir eng muhimi- bola sihat - salomat bo’lib o’sishi kerak.
To’lalik ham, polvonsifatlik ham, yonoqlarning qizilligi ham o’z-o’zicha salomatlik mezoni
bo’la olmaydi. Salomatlikning mohiyati jismoniy va ma’naviy kuchlarning uyg’un, nerv
sistemasining muvozanatda bo’lishi, chidamlilik, turli xildagi zararli ta’sirlarga qarshi bardosh bera
oladigan bo’lishidir.
Hayot bolanin albatta qanday bo’lmasin sinovlarga duchor qiladi. Bu nima bo’lmasin –
haroratning keskin o’zgarishimi yoki infeksiyami, jismoniy zo’riqishmi yoki ruhiy iztirobmi, his-
hayajonmi, bari bir baquvvat organizm unga maqsadga muvofiq reaksiyalar bilan javob beradi, o’zi
uchun kurashadi, nimjoni esa kurashishga ojizlik qilib, mag’lub bo’adi. Shuning uchun ham
jismoniy va ma’naviy kuchlarning uyg’unligi deganda tibbiy madaniyat ko’nikmalarini bolalar va
o’smirlarda shakllantirsh muhim hisoblanadi.
Sog’lom bolani tarbiyalash ancha oson. Buni hamma ham biladi. Barcha zaruriy narsalarga
va malakalarga u tez o’rganib ketadi, sharoitlarning o’zgarishiga yaxshi moslashadi va o’ziga
qo’yilgan talablarni to’g’ri tushunadi. Tibbiy madaniyatli bo’lish- xulq atvorning to’g’ri
shakllanishi, tashabbuskorlik rivojlanishi, mustahkam irodali, iste’dodli va tabiatan qobiliyatli
bo’lish uchun muhim zamindir.
Bolaning sihat-salomat bo’lishi ko’p jihatdan ota-ona sog’ligigga bog’liq bo’ladi.Bundan
tashqari u o’sayotgan va rivojlanayotgan muhit ham ta’sir qiladi. Bola organizmi mayin, yangi
niholdek egiladi, o’zgarib turadi. Ma’lum sharoitlarda yomon tug’ma xususiyatlar yuzaga chiqmay
qolishi va jiddiy kasalliklar manbai bo’lishi ham mumkin.
Odam
yorug’
dunyoga
chidamlilik,
bardoshlilik,
“tayyor”
moslashuvchanil
mexanizmlarining ma’lum jamg’armasi bilan keladi. Buni sehrgar tabiat har bir bo’lajak farzandga
ato etgan tuhfa, deb hisoblash mumkin. Biroq ana shu tabiat in’omini saqlash uchun undan bilib,
oqillik bilan foydalanish kerak. Shuning uchun ham tibbiy madaniyat texnologiyalarini yaratish
muhim masalalardan biridir.
Agar yuklamanini tobora oshira borib, ana shu mexanizmlar tez-tez mashq qildirib turilsa, u
holda ular tobora ishonchliroq, sarkashlik qilmay ishlaydigan bo’lib boraveradi; mabodo bu xildagi
mashq bo’lmasa, ularning “sozligi” sezilarli darajada susayadi. Boshqacha aytganda, agar bola
chiniqtirilsa, u sovqotishga ancha chidamli bo’ladi, agar bola o’rab-chirmalsa, salgina shamol
tegishidan asrab-avaylansa, shamollash kasalliklariga va boshqa xastaliklarga chidamlilik susayadi.
Bolani doimo bir xil vaqtda va o’sha soatda uxlashi, sayrga chiqishi, cho’milishi muhimdir.
Bir maromda ana shunday ish tutish organizm hayot faoliyati uchun eng yaxshi sharoit yaratadi.
Bolaning ishtahasi yaxshi bo’ladi, miriqib, qattiq uxlaydi, ruhi tetik bo’ladi. Oqilona rejim
sharoitida o’sgan bola odatda injiq bo’lmaydi. Uning miyasida, ta’bir joiz bo’lsa, ona suti bilan
kirgandek har bir narsaning o’z vaqti, o’z o’rni, o’z me’yori bor, degan tushuncha shakllanadi.
Xulosa qilib shunday deyish mumkin: bolani nozik-nihol qilib tarbiyalamasdan, balki
chiniqtirish, trenirovka qildirish kerak, o’sayotgan organizmning faolligini oshirish lozim. Sog’lom
hayot tarzi, barqaror atrof- muhit, jismoniy tarbiya va sport, maktabdan tashqari qiziqarli ishlar,
kattalarning bolalarni tushunishga harakat qilishi - o’smirlarning jismoniy, aqliy va ruhiy
shakllanishi asosidir. Inson hayot davomida turli xil faoliyatlarni bajaradi, ularning hajmi
organizmning biologik ehtiyojiga bog’liq bo’lib uning amalga oshirilishi ijtimoiy omillarga bog’liq
bo’ladi. Optimal harakatdagi bola organizmining biologik ehtiyojini qondirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |