Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 

ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
malakasini 
xarakterlovchi 
kasbiy-mutaxassislik 
kompetentligi 
sifatida 
qaralishi 
lozim. 
О‘qituvchining kasbiy-mutaxassislik kompetentligi о‘z ichiga turli tarkibiy, jumladan, axborotli 
qismlarni ham oladi. Ma’lumki, innovatsion ta’lim sharoitlarda о‘qituvchining axborot kо‘nikmasi 
uning professional pedagogik kompetentligini aniq belgilaydi. 
Bо‘lajak boshlang‘ich sinflar о‘qituvchisining axborot kо‘nikmalarini shakllantirish uning 
axborot qobiliyatining asosiy komponentlari (turli xil axborot faoliyatini amalga oshirish bilan 
bog‘liq kasbiy yо‘naltirilgan kо‘nikmalar) va maxsus komponentlar bloklari ishlab chiqilishini 
nazarda tutadi, mazkur tadqiqot ishida ular birgalikda maxsus axborot kompetentligi sifatida 
belgilangan. Maxsus axborot salohiyatlarini rivojlantirish masalasini hal etish bо‘lajak 
о‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri va 
samarali foydalanishga qaratilgan о‘ziga xos qobiliyatlari bilan bog‘liq. 
Shubhasiz, agar о‘qituvchilar yetarli darajada mazkur axborot texnologiyalari dasturiy 
mahsulotlarini izlash va tanlash qobiliyatiga ega bо‘lmasa va aniq didaktik vazifalarni hal qilish 
uchun ularni tо‘g‘ri qо‘llash imkoniga ega bо‘lmasalar, boshlang‘ich sinflar о‘qituvchilari ushbu 
texnologiyalarni о‘quv jarayonida qо‘llashda yetarli darajada bilimga ega bо‘lmasa, boshlang‘ich 
sinflarda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish befoyda bо‘ladi. Shu tariqa, о‘qituvchining 
axborot kompetentligi boshlang‘ich sinfda о‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda hal 
qiluvchi omil bо‘lib xizmat qila boshlaydi.
Kompetentli yondashuvning ilmiy asosi mustaqil davlatlar xamdо‘stligi olimlaridan 
O.V. Akulova, YE.S. Zair-Bek, I.A. Zimnyaya, V.A. Kozirev, A.A. Pinskiy, N.F. Radionova, 
M.V. Rijakov, A.P. Tryapitsina, I.D. Frumin, A.V. Xutorskiy, S.YE. Shishov va boshqalar ishlarida 
berilgan. 
О‘qituvchi axborot kompetentligining shakllanishi yoki rivojlanishi muammosi kо‘plab 
olimlar: O.B. Zayseva, N.V. Kisel, A.M. Orobinskiy, M.M. Pshukova, O.G. Smolyaninova 
dissertatsiya tadqiqotlarida kо‘rib chiqilgan. G.G. Brusnitsina, T.V. Dobudko, S.A. Zayseva, 
I.V. Ryaxinova, A.A. Uzdenova va boshqalar tadqiqotlari boshlang‘ich sinflarda kompyuterdan 
foydalanib dars mashg‘ulotlari о‘tishga tayyorlash masalasiga bag‘ishlangan. Ularda boshlang‘ich 
ta’lim nazariyasi va metodikasida informatika kursini о‘qitish yoki bо‘lajak boshlang‘ich sinflar 
о‘qituvchilarini tayyorlashda о‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari 
о‘rganilgan. Biroq bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari axborot kompetentligini rivojlantirish 
masalasi aloxida e’tibor qaratildi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida meyoriy hujjatlar va о‘quv amaliyotini tahlili shuni 
kо‘rsatdiki, boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishlarida informatika sohasida talabalarni tayyorlashda asosiy 
yо‘nalish – elementar boshlang‘ich kompyuter savodxonligini rivojlantirishdan iborat. Talabalar 
turli axborot jarayonlari uchun shaxsiy kompyuter dasturlaridan foydalanish bо‘yicha malaka va 
kо‘nikmalarga ega bо‘ladilar. Shunga qaramay, talabalarga yangi axborot texnologiyalaridan 
foydalanish bо‘yicha maxsus tayyorgarlikning yо‘qligi sababli bо‘lajak о‘qituvchilarni ushbu 
texnologiyalarni о‘quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun boshlang‘ich ta’lim jarayonida 
foydalanishga qodir emasligiga olib keladi. Shunday qilib, bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi 
о‘z kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri foydalanishi malakasini 
shakllantirish kerakdir degan xulosaga keldik.
Bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisini axborot kompetentligini rivojlantirishda quyidagi 
vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz

bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisini kasbiy-mutaxassislik tayyorgarligiga 
zamonaviy talablar va о‘qituvchining professional malakasining eng muhim tarkibiy qismlaridan 
biri sifatida axborot kо‘nikmalarini, shu bilan birga, bо‘lajak boshlang‘ich sinflar о‘qituvchisining 
axborot kompetentligini oshirishning aniq maqsadga yо‘naltirilgan jarayonlarni tashkil etish; 

yangi axborot texnologiyalari sohasidagi taraqqiyot, ularning didaktik imkoniyatlari 
kengayib borayotganligi va о‘qituvchilarni boshlang‘ich ta’lim jarayonida ularni tо‘g‘ri yо‘naltirish. 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish