Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika psixologiya fakulteti pedagogika-psixologiya yo


Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lida mahalla institutining ahamiyati



Download 89,35 Kb.
bet4/8
Sana07.07.2022
Hajmi89,35 Kb.
#752530
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NASIBA KURS ISHI

1.2. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lida mahalla institutining ahamiyati
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari tom ma’noda demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Zaminimizda qadimdan shakllangan mahalla instituti bugun aholining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan mustahkam jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqei yanada kuchaymoqda. Mahalla nufuzini ko‘tarish nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu – siyosiy, tarbiyaviy, ulkan ma’naviy masaladir. Mahalla ajdodlarimizdan bizga meros jamoaviy turmush shakli sifatida asrlar osha yashab kelayotgan bo‘lsa-da, ana shunday ezgu maqsaddan kelib chiqqan holda istiqlol yillarida bu noyob institut fuqarolik jamiyati poydevori sifatida sayqaltopdi.7 Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta Konstitutsiyamizga “mahalla” tushunchasi kiritildi, faoliyatining mustahkam huquqiy zamini yaratildi. Mamlakatimizda ilk bor 1993-yilda (yeski tahrirdagi) “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2004-yil eski tahrirda va 2013-yil 22-aprelda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari qabul qilindi, mahallaning davlat va jamiyat hayotidagi rolini oshirish maqsadida ular faoliyatining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Ayniqsa, amaldagi vakolatlarini kengaytirish yuzasidan izchil chora-tadbirlar ko‘rildi. Pirovardida, bu yo‘nalishdagi siyosat mahalla institutini rivojlantirishga katta ta’sir qildi.
2013-yil 22-aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) O‘zbekiston Respublikasi Qonunini tahlil qiladigan bo‘lsak, yangi qonun V bob, 33-moddadan tashkil topganligi, eski tahrirdagi qonunga nisabatan 10 dan ziyod o‘zgartirishlar kiritilganligini ko‘rishimiz mumkin. Unga ko‘ra fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish nafaqat oshkoralik va teng saylov huquqi prinsiplari asosida, balki muqobillik prinsipida amalga oshirilishi, ya’ni fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan ko‘p nomzod ko‘rsatgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 2013-yil 22-aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”giqonunga yangi ma’zmundagi norma kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya hisoblanadi. Kengash tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish davriga tuziladi. Senat Kengashi komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
-fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini qonun hujjatlariga to‘la muvofiq holda tashkil etish hamda o‘tkazish;
-fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) -faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
- komissiyalar saylovni samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan ta’minlanishini tashkil etish;
- fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
- fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish; - fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish; - saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli komissiyalar tomonidan taqdim etilgan axborotni umumlashtirish va ko‘rib chiqish, bu axborotni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish. - Senat Kengashining komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joziki, endilikda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar mahalla oqsoqoli tomonidan emas, balki tegishli hududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan ko‘rsatilishi lozimligi o‘rnatildi (“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi).
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, saylov borasidagi islohotlarimiz demokratik islohotlarning tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, yurtimizda saylov qonunchiligining demokratik asoslari mustahkamlandi. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘ladigan saylovlarni muqobil, xalqchil, odil va oshkora o‘tishi uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi va ular xalqaro huquq normalari talablariga to‘la javob beradi. Bu haqda ko‘plab olimlarimiz va tadqiqotchilar «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning ahamiyati xususida ijobiy fikrlarni ilgari surib, unda saylovlarni tartibga solish predmeti va saylovga oid huquqiy jarayonning o‘ziga xos jihatlari belgilab berilganligini ta’kidlaydilar .Yendilikda, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi asosida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshirish imkoniyatlari yaratilishi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etilayotganligi va o‘z navbatida bunday ijobiy natijalar esa rivojlangan huquqiy demokratik davlatning yorqin belgisi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lar edik.
Mahallalarning demokratik jamiyatning asosi sifatidagi o‘rni yildan-yilga yuksalib, mahalla ahlining ijtimoiy fikri tobora demokratlashib bormoqda. 8
2003 yil 16 avgustda umumxalq hashari o‘tkazildi. Bunda obodonlashtirish, mahallalarda sport turlarini rivojlantirish, sport majmualari qurish va ta’mirlash, turli ko‘rik-tanlovlar, «Obod mahalla yili»da gaz quvurlari o‘tkazildi. Qishloqni tabiiy gaz bilan ta’minlash, qishloqqa ichimlik suvi yetkazib berish, telefonlashtirish ishlari šilindi
Mustaqillik davrida o‘zini o‘zi boshqarish organlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida isloh etish o‘zining samaralarini berdi. Mahallalar mamlakatdagi aholini o‘zini o‘zi boshqarish jarayonlarida ishtirok etishlari, qarorlar qabul qilishda fuqarolar xohish va istaklarini e’tiborga olishga imkoniyatlar yaratishi bilan fuqarolik jamiyati institutiga aylanib bormoqda. Shuningdek, hozirgi davrga kelib, davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni belgilash kabi vakolatlari ham deyarli mahallalarga berilgan.9
Shu bilan birga, mahallalardagi tinch va osoyishta hayotni ta’minlash, oilalarni mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rish, yetimlar va yolg‘iz qolgan fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir intilishlarini qondirish kabi serqirra jamoaviy boshqaruv ham mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy yo‘nalishini tashkil etmoqda. Lekin, shu bilan birga o‘zini o‘zi boshqarish organlarini demokratlashtirish jarayonlari bosšichma-bosšich davom etadi. Ayniqsa, aholi huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, siyosiy qarorlar qabul qilishda mahallalarning o‘rnini yuksaltirish, mahallalarni mahalliy davlat hokimiyati organlaridan to‘la mustaqil bo‘lishini ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar yaratish, fuqarolarni mahallalar vositasida qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi umumxalq muhokamalarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy vazifasidir.
“Kuchli davlatdan-ko‘chli jamiyat sari” g‘oyasining mohiyati, mazmuni va uning fuqarolik jamiyatini qurishdagi ahamiyati. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov “Kuchli davlatdan-ko‘chli jamiyat sari” g‘oyasini 1998 yili “Tafakkur” jurnali bosh muxarriri bilan bo‘lgan suhbatda ko‘targan edi. Bu g‘oyaga ko‘ra biz fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib qo‘yganmiz, bu sohada dastlabki qadamlar qo‘yildi. Bugungi o‘tish davri uchun zarur bo‘lgan kuchli davlat funksiyalari va alomatlari asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o‘tishini Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tgan edi. Bu g‘oya mazmuni 1999 yilda Prezidentimizning “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida yana bir bor alohida ta’kidlab o‘tildi. Yurtboshimiz “fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarga o‘z munosabatini bildira turib, bu g‘oyani yanada rivojlantirdi. Aynan shunday yondashuv fuqarolarning o‘zlariga o‘zi hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarolik jamiyati tamoyillariga to‘la mos keladi”.
Bu g‘oyaning ishlab chiqilishi va bu borada dastur qabul qilinishining sababi shundaki, har qanday davlat kuchli bo‘lishi mumkin. Masalan, sobiq SSSR qudratli davlat edi, lekin u XX asr oxiriga kelib xalqdan ajralib qoldi, xalqdan, fuqarolardan uzoqlashdi, hokimiyat organlaridan fuqarolarning ishtiroki cheklandi. Natijada bunday “tizimga” ega bo‘lgan davlat qulashiga olib keldi. Prezidentimiz ta’kidlab aytganidek, biz ko‘dratli kuchli davlat qurishimiz mumkin, lekin u fuqarolar manfaatini ifoda etmasa, fuqarolardan uzoqda bo‘lsa, milliy davlatchiligimiz haqidagi qarashlar amalga oshmaydi. Shu boisdan ham prezidentimizning bu konsepsiyasiga ko‘ra davlat hokimiyati organlarini asta-sekinlik bilan liberallashtirib, uning ayrim funksiyalarini mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazish lozimligini bayon etgan edi. Xaqiqatdan xam bu masala davlat rahbarining dono siyosati tufayli amalga oshirilmoqda.
Bunda hayotimizni erkinlashtirish, ya’ni markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlash zarur degan edi. Haqiqatdan ham ikki palatali parlamentimizning shakllantirilishi bilan birga hokimiyat organlarining ayrim funksiyalari quyi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazilayotganligi uning yaqqol ifodasidir.
Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda, mahallaning roli va ta’siri xususida to‘xtalish albatta o‘rinlidir. Ma’lumki, azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadryatlar maskani bo‘lib keladi. Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitustiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qatiy belgilab qo‘yildi. Ayni paytda u yurtimizda amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” degan tamoyilning amaliy ifodasi bo‘lib, ma’naviy hayotimizni yanada mustahkamlash, yosh avlodimizning ongu tafakkurini zamonaviy asosda shakllantirish borasida muxim axamiyatga



Download 89,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish