Struktur metod va uning yonalishlari. Tilshunoslik tarixida strukturalizm XX asrning 70-yillaridan boshlab hukm surgan yosh grammatikachilarning pozitivistik qarashlariga qarshi maydonga chiqa boshladi. Har qanday ilmiy oqim kabi strukturalizm xam goyaviy asoslariga ega ekan, uning dunyoga kelishi tilshunoslik tarixida yangi davrning boshlanishiga olib keldi, deydi. Bundan tashqari, struktur tilshunoslikning paydo bolishiga XX asrda tabiiy fanlar kolga kiritgan yutuqlar ham sabab boldi. Xususan, XX asrning birinchi choragida fizika fanida eng kichik zarrachalar kashf etildi. Buning natijasida bevosita sezgi azolarimiz tasiriga beriladigan har qanday hodisalar oz ichida ichki tarkibiy qismlardan tashkil topishi va bu tarkibiy qismlarning ozaro munosabati strukturani hosil kilishi haqida fikr yuritildi. Shunday qilib, struktura atamasi ostida muayyan butunlik tarkibida ishtirok etgan elementlar ortasidagi munosabatlar usuli, xarakteri, qonuni tushunila boshlandi.
Agar XIX asrdagi ishmiy tadqiqotlar bevosita tajriba asosida faktlarni kuzatish va ularni royxatga olish bilan cheklangan bolsa, XX asrga kelib, bu faktlar ostida yashirinib yotgan mohiyatni ochishga, ularning ichki uzvlari ortasidagi munosabatlarni, ozaro tasirini yoritishga qaratildi.
Barcha fanlar struktura va uni tashkil etgan elementlarning ozaro munosabatini organishga asosiy etibor bera boshladi. Natijada fizikada nafaqat kristall va atomning strukturaga ega ekanligi, balki nur ham muayyan strukturadan tashkil topganligi malum boldi. Fiziologiyada I.P.Pavlovning oliy asab sistemasi haqidagi talimotining vujudga kelishi, matematikada 30-yillarda matematik struktura nazariyasining, psixologiyada struktura psixologiyaning maydonga kelishi obektga struktura sifatida yondashuvning natijasi boldi. Bu davrda struktura tushunchasi barcha fanlar uchun ommaviy tushunchaga aylandi. Bundan tilshunoslik ham istisno emas. Ana shunday umumiy tendensiya tasirida sistemaviy-struktur tilshunoslik maydonga keldi.
Barcha fanlarda struktura atamasi keng qollanayotgan bolsa ham, lekin bu atama talqinida xilma-xillik vujudga keldi. Ana shunday xilma-xillik tilshunoslikka ham oz tasirini korsatdi. Tilshunoslikda struktura atamasi turli manoda talqin qilinadi. Ulardan keng tarqalgani ikki xildir. Birinchisida struktura deb ozaro boglangan va shartlangan munosabatda bolgan elementlardan tashkil topuvchi butunlik tushuniladi. Strukturaga bunday yondashuv organilayotgan obektni uni tashkil etgan elementlar ortasidagi ichki aloqa va bogliqlikni yoritishni talab etadi. Ikkinchi yonalishda esa struktura sof shakllar va sof munosabatlar sifatida tushuniladi. Shakl esa konkret qollanilishdan uzilgan holda talqin qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda struktur tilshunoslikning turli tarmoqlari dunyoga keldi. Ular funksional lingvistika, glossematika va deskriptiv lingvistika yonalishlaridir.
Glossematika Struktur lingvistikaning muhim tarmogi glossematikadir. Bu yonalish F.de Sossyur konsepsiyasi asosida, lekin uning qarashlariga bir tomonlama yondashgan holda maydonga keldi. Glossematika yunoncha g1ossa "til" sozidan olingan bolib, bu yonalish tarafdorlarining etirof etishiga kora, obektni organishda ota subektivizmga yol qoygan va shuning uchun noilmiy bolgan ananaviy tilshunoslikka qarama-qarshi ravishda paydo boldi.
Glossematikaning asosiy tamoyillari V.Brendalning "Struktural lingvistika", L.Elmslevning "Til nazariyasi tezislari", "Boshqaruv tushunchasi", "Lingvistikada struktur tahlil metodi", "Til va nutq" singari bir qator asarlarida bayon qilingan.
V.Brendal yuqorida korsatilgan asarida struktural lingvistikaning paydo bolish sabablari haqida yozar ekan, bu yonalish maydonga kelgunga qadar bolgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, yosh grammatikachilar qollagai tekshirish metodlariga baho beradi. Adabiy oqimlarning naturalizm va realizm davriga xos eng kichik faktlarni aniq va sinchkovlik bilan tahlil etish tamoyilidan ilhomlangan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sof pozitivistik xususiyatga ega bolgani, u bevosita kuzatishga beriluvchi hodi-salarni, yani tovushli nutqni organish bilan cheklanganligiga tanqidiy baho beradi.
XX asrda kozga koringan gnoseologlar pozitivistik nuqtai nazarning kuchsiz tomonlarini ochib tashladi. Bunday konsepsiya hozirgi fanning ravnaqi uchun endi xizmat qilolmasligi aniq bolib qoldi. Natijada barcha fanlarda, shuningdek, lingvistikada ham antipozitivistik ruh kuchaydi. 2 Ana shunday sharoitda struktur tilshunoslik paydo boldi. Strukturalizm nomi bilan malum bolgan yangi nuqtai nazarning xarakterli belgisi, uning fikricha, butunlik tushunchasiga takid berishdir. Glossematikaning asosiy tamoyillari uning yirik; vakili bolgan L.Yelmslev asarlarida yorqin tarzda oz ifodasini topgan.
"Boshqaruv tushunchasi" asarida struktural lingvistika endigina shakllanayotgani, hozirgi kunda u amal qiladigan dastur haqida gapirishga hali erta ekanligini takidlagan holda, bu tilshunoslikning muhim jihati tilga | struktura sifatida yondashuv ekanligini bayon qiladi".
Uning fikricha, struktura oz ichki tartibiga asoslangan ierarxiya ekanligi va yagona tayanch nuktaga egaligi bilan xarakterlanadi. Bu ierarxiyani faqat deduktiv yol| bilan yoritish mumkin. Xuddi shunday ierarxiyani organishga moljallangan deduktiv metodni esa empirik yoki immanent-semiologik metod deb hisoblaydi.
Empirik yoki immanent-semiologik metod belgilar funksiyasini lingvistik tadqiqotlarning asosiy predmeti deb hisoblaydi. Bu metod, L.Yelmslev tabiri bilan aytganda, semiologik hodisalar bilan semiologik bolmagan hodisalarni farqlamasdan, ularni aralashgan holda organuvchi har qanday metoddan afzallikka ega. Empirik metod bu soddalik tamoyiliga asoslangan metoddir.
Struktural lingvistika tilshunoslikda yangi yonalish sanalib, uning metodi bir vaktning ozida deduktivlik va empirik tamoyilga asoslanishini bayon qiladi. "Tilshunoslik va struktur tahlil metodi" asarida hozirgi tilshunoslikning asoschisi kop jihatdan F.de Sossyur hisoblanishi, chunki u birinchilardan bolib tilni struktur organishga, yani til birliklarini bevosita nutq jarayonida qanday voqelanishidan qati nazar, ular ortasidagi munosabatni orgaynadga davat etganini bayon qiladi. shundan kelib chiqqan holda, u real til birliklari tovush yoki harf va manolar emas, balki tovush yoki harf va manolar yordamida gavdalangan munosabat elementlaridar, degan xulosaga keladi. Muhim narsa tovush yoki harflardan iborat emas, balki nutq zanjirida va grammatikadagi paradigmalarda mavjud bolgan munosabatlardir. Xuddi ana shu munosabat til sistemasini tashkil etadi, ana shu ichki sistema malum bir tilni boshqa bir tildan farqlab turuvchi xarakterli belgi sanaladi.
Shuning uchun munosabatlar tugunini organish lingvistikaning bosh maqsadi bolishi kerakligini, bu munosabatlar tugunining konkret namoyon bolishi til uchun muhim emasligini bayon qiladi. Uning fikricha, malum bir qiymat turli moneta, qogoz pul, cheklar orqali namoyon bolishi mumkin. Lekin ular qanday gavdalanishidan qati nazar qiymat ozgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |