Lingvistik birliklar ortasidagi munosabatlar. Bir sathta mansub birliklar munosabati. Til sistemasidagi har bir sath birligi-fonema, morfema, leksema, soz shakl, sintaksema, matn lingvistik birliklar sanaladi.
Lingvistik birliklar sistema tarkibida malum munosabatda boladi. Ularni dastlab ikki guruhga ajratish mumkin: 1) bir sathga mansub bolgan birliklar munosabati; 2) turli sathga mansub bolgan birliklar munosabati, yani sathlararo munosabat.
Bir sathga mansub bolgan birliklar ozaro ikki xil munosabatga kirishadi: 1) paradigmatik (uyadoshlik) munosabat; 2) sintagmatik (ketma-ketlik) munosabat.
Bir sathga mansub bolgan, qimmat jihatdan bir xil birliklarning malum umumiy belgi asosida bir guruhga (uyaga) birlashuvi paradigmatik munosabat sanaladi. Paradigmatik munosabatda bolgan birliklar uchun umumiy belgi sifatida shu birliklarning manosi ham, shakli ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, ishchi, ishla leksemalari ozakning umumiyligi bilan ozaro birlashsa, qoshimchalari bilan farqlanadi. Yoki aksincha, ishla, angla, sozla singari leksemalar qoshimchaning umumiyligi bilan birlashib, ozakning xilma-xilligi bilan farqlanadi. Leksik sathda ayrim leksemalar shakliy oxshashlik umumiy belgisi asosida bir uyani, sinfni tashkil etadi. Bunday leksemalar munosabati leksik omonimlarni hosil qiladi yoki bazi leksemalar mano umu-miyligi asosida bir sinfga birlashadi. Bunday munosabatda bolgan leksemalar leksik sinonimlarni tashkil etadi. Xuddi shunday xususiyat fonologik sathdan yuqori bolgan barcha sath birliklari uchun xosdir. Masa-lan, umumiy egalik manosi asosida barcha egalik shakllari bir uyaga birlashadi. Zamon manosi asosida barcha zamon bildiruvchi fel shakllari bir paradigmani hosil qiladi. Shu bilan birga, paradigma ichida xuddi shunday umumiy mano asosida yana kichik paradigmalarga birlashishi mumkin. Jumladan, otgan zamon shakllari, kelasi zamon shakllari kabi.
Shunday kilib, malum paradigma oz ichida kichik uyalarga bolinib, uyalar darajalanishini hosil qiladi. Masalan, a, e, o, o, u, i unlilari munosabati unlilar sistemasini (paradigmasini) tashkil etish bilan birga, bu unlilarning har qaysisi bevosita kuzatishda bir qancha variantlar orqali yuzaga chiqadi va variantlar paradigmasini (sistemasini) tashkil etadi.
Lingvistik birliklarning uyadoshlik munosabatini belgilashda koproq mano umumiyligi belgisi xizmat kiladi.
Shuni takidlash kerakki, bir paradigmaga birlashtirish uchun asos bolib xizmat qilgan umumiy mano har bir paradigma azosida takrorlanishi lozim. Ana shu takrorlanuvchi mano (sema) har bir azoni ayni shu uyaga (paradigmaga) birlashtirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga, uyaning har qaysi azosi boshqa azodan malum belgilariga kora farklanish xususiyatiga ham ega. Ana shu farq-lanish belgisi bilan uyaning alohida birligi ekanligini sakdab turadi. Demak, har bir azo birlashtiruvchi va farqlovchi semalar birligidan tashkil topadi. Birlashtiruvchi sema har bir azoni malum mazmuniy uyaga (paradigmaga) birlashishini, farqlovchi sema esa uya tarkibidagi har bir | azoning oziga xosligini, alohidaligini korsatib turadi va ularni alohida til birligi sifatida til sistemasida yashashiga imkon beradi. Anglashiladiki, paradigmaning har bir azosida umumiylik va oziga xoslik dialektikasi amal qiladi. Masalan, -gan, -di shakllari otgan zamon semasi bilan bir paradigmaga kiradi. Shu bilan birga, ularning har ikkisi oziga xos farqlanish belgisiga ham ega. Ular otgan zamonning nutq jarayoniga nisbatan uzoq yoki yaqinligini ifodalash jihatidan bir-biridan farqlanadi. Birinchisi nisbatan uzoq otgan zamonni, ikkinchisi esa yaqin otgan zamonni bildiradi.
Har bir paradigma sistema sanaladi. Shunday ekan, til sistemasi ozaro munosabatda bolgan bir qancha paradigmalarning birligidan iboratdir.
Har bir paradigma azolari bir-biri bilan zidlanish xususiyatiga ega. Zidlanish har qanday narsa va hodisaning ichki taraqqiyot negizidir. Shunday ekan, davrlar otishi bilan paradigma azolari ortasida miqdoriy ozgarish roy berishi mumkin. Ayrim azolar eskirib, istemoldan chiqishi, yangisi kirib kelishi mumkin. Bu esa til sistemasining ochiq sistema ekanligini korsatadi.
Paradigmatik munosabat azolari imkoniyat tarzida til egalari ongida mavjud boladi. Har bir paradigma azosi bevosita kuzatishda, yani nutq jarayonida turli nusxalarda, gurli xil variantlarda namoyon boladi. Demak, har bir paradigma azosi bevosita nutq jarayonida namoyon boladigan turli xil variantlarning umumlashmasi - invarianti sanaladi.
Paradigma azolari nutq jarayonida har qaysi tilning muayyan qonun-qoidasi asosida hamda paradigma azosining manosi doirasida boshqa paradigma azosining varianti bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Sintagmatik munosabatda munosabatga kirishuvchi lingvistik birliklar tanlanish xususiyatiga ega boladi, yani har qanday qimmat jihatidan bir xil bolgan lingvistik birliklar emas, balki mazmuniy muvofiqlashgan, mano taqozo etgan ikki paradigma azosi variantlarigina sintagmatik munosabatga kirishadi. Sintagmatik munosabatga paradigma tarkibidagi invariant ozining barcha variantlari orqali emas, balki bitta varianti orqali munosabatga kirishadi. Masalan, gapirmoq leksemasi "biron fikrni boshqasiga tovushlar orqali ifoda qilmoq" semasi orqali faqat "shaxs" semasiga ega bolgan predmet bilangina sintagmatik munosabatga kirishadi. Chaynamoq leksemasi: "malum bir emishni tish orqali maydalash" yoki "rezinani tish orqali ezgilash";"yomonlamoq";"ezmalanmoq"; "muayyan bir moddani oramoq" singari leksik-semantik variantlar umumlashmasi -invarianti sanaladi. Bu leksik-semantik variantlar alohida-alohida tarzda sintagmatik munosabatga kirishadilar va har qaysi leksik-semantik variantlarning, bir necha paradigma azolarining varianti bolib kelishi mumkin.
Birinchi semasi bilan emoq, gajimoq, kavshanmoq leksemalari bilan; ikkinchi semasi bilan yomonlamoq, giybat qilmoq leksemalari bilan; uchinchi semasi bilan ezmalanmoq, mingirlamoq singari leksemalar bilan; tortinchi semasi bilan burstoq, yonalmoq leksemalari bilan bir paradigmani hosil qiladi va har qaysi variant alohida-alohida subekt valentligiga egadir.
Birinchisi, chaynab oziqlanuvchi subekt - odam yoki hayvon; ikkinchisi - odam; uchinchisi - odam; tortinchisi -mashina kabi subekt valentligiga ega. Nutqiy jarayonda ana shu valentliklarga ega bolgan leksemalar bilan toldi-riladi.
Shundoq qilib, umumlashma, invariant holatidagi lingvistik birliklar har qaysi semasi orqali boshqa paradigma azosi bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, ozbek tili birliklarini sistema sifatida organishda har qaysi paradigma azo-sining vakabulada, yani til sistemasida, paradigmada ozaro pardigmatik munosabatini organish bilan birgalikda, har bir paradigma azosining nutq jarayonida qanday voqelanishi, yani sintagmatik munosabatini ham organishga etibor qaratilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |