CHIQADIGAN KAMQONLIK
4-masala. 38 yoshli L. o‘zida charchashlik, bo‘shashishdik, soch to‘qilishi va og‘iz burchaklarining bichilishi alomatlarini kuzatadi. Kamqonlik bilan kasalxonaga yetgunga qadar temir preparatlari bilan davolangan. Bemor kup yillardan beri hayz ko‘rish paytida ko‘p qon yo‘qotadi. Obyektiv tekshirilganda teri va shillik pardalari rangi oqargan, og‘iz burchaklari bichilgan, tirnoqlarida chiziq bor. Hb—60 g/l, rang ko‘rsatkichi 0,65, qon formulasi uzgarmagan, retikulotsktlar — 20%.
1. Kamqonlikning kelib chiqishiga qanday patologik mexanizmlar ta’sir qilgan?
2. Bemorni davolash choralarini aytib bering?
a) suyak ko‘migini tekshirish kerak;
b) qon zardobidagi temir miqdorini aniqlash zarur;
v) vitamin V12 bilan qo‘shimcha ravishda davolash kerak;
g) temir preparatlari berishni to‘xtatib, vitamin V)2 buyurish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |