SINISHLARNI DAVOLASH PRINSIPLARI.
Sinishlarninig davolash asosini suyak siniqlarini joy- joyiga silish va suyak qadog`i hosil bo`lguncha ularni shu vaziyatda tutib turish tashkil etadi. Suyak siniqlarini joyiga solishdan oldin og`riqsizlantiriladi. Suyak siniqlarini to`g`ri vaziyatda ushlab turish uchun:
1) Gips bog`lam qo`yiladi.
2) teri ustidan va skeledann tortish qo`llaniladi.
3) Suyak siniqlarini xirurgik metod bilan fiksatsiya qilinadi.
transport immobilizatsiyasi- suyak sinishlarida va yumshoq to`qimalar anchagina shiakstlanganda gavdaniing shu qismiga orom berish, og`riqni kamaytirish, to`qimalarni keyingi shikastlanishini oldini olish, Shuningdek travmatik shokni profilaktika qilish maqsadida qo`llaniladi. Transport immobilizatsiyasininig qo`yidagi turlari farqlanadi:
1) Oddiy immob-ya - bunda bemor gavdasining sog`lom qismlaridan foydalaniladi.M: oyog`i singanda 2 sog`lom oyog`iga bog`lanadi. Shikastlangan qulini tanasiga bo`glanadi.
2) Mavjud vositalar bilan imm-sh. Tayoq taxta bo`lagi , bir dasta sim, shox- shabbalardan shunday vositalar yordamida ofydalanish mumkin.
3) Zavodda ishlab chiqilgan transport shinalari bilan imm-ya qilish.
Transport shinalari ikkiga:
Fiksatsion va distraksion shinalarga bo`linadi.
Fiksatsion shinalar yordamida gavdaning shikastlangan qismi fiksatsiya qilinadi.
Kramer shinasi yoki narvonsimon shinani yumshoq simdan tayorlanadi. gavdaniing qaysi qismi immob- ya qilinishiga qarab, shina shaklini istagancha uzgartirish mumkin. Tursimon shina ham yumshoq simdan yasalgan turdan iborat. Uni osonlikcha yumoloqlab urash mumkin. Asosan bilak, qo`l va oyoq panjasini immob-ya qilish uchun qo`llaniladi. Faner shinalar aksariyat tarnov shaklida tayorlanadi. Vakuum tibbiyot shinalari – oyoq va qo`llarni immob-ya qilish uchun ishlatiladi.
Distraksion shinalar- bu siniq suyak uchlarini bir- biridan uzoqlashtirib, qon tomir va nerv tolalari shikastlanishini oldini oladi. Bularga- Diterixs shinasi kiradi.
Transport shinalarini qo`ytishda qator qoidalarga amal qilish zarur. Shina shikastlangan zonadan tashqari ikkita qo`shni bo`gimni mahkam ushlab turish zarur. Immob- ya qo`pol manipyulyar qilish yaramaydi. Shikastlangan kishininig kiyim- boshi yechiladi , bog`lam shikastlangan qismigagina bog`lanadi. Shinaga max sus paxta, doka, uraladi.
Narvonsimon shina qo`yish.
Shian gavdaniing qaysi qismiga qo`yilishiga qarab oldindan modellanadi. Elka suyagi singanda shina sog`lom tomondagi kurakning ichki chetidan boshlab quyilishi , yaqinlashtirilgan qulning yarim bukilgan tursak bug`imining tashqi yuzasi bo`ylab borishi va barmoqlar uchidan birmuncha oshirib tugallanishi kerak. Bilak shikastlanganda elkaning uchdan bir o`rta qismi shinaning yuqori sathi, barmoqlarninig uchlari shinaning pastki sathi hisoblanadi. Boldir shikastlanganda uchala tomondan fiksatsiya qilgan yahshi: Bitta shianni boldir va oyoq panjasi barmoqlari uchininig orqa sathidan sonning uchdan bir qismigacha , boshqa ikkitasini boldirning yon tomonlari bo`ylab fiksatsiya qilinadi. Bunda shinalarning oyoq kaftlariga tegib turadigan qismini boldir- panja bug`imini birmuncha mustahkamlash uchun uzangi ko`rinishida qayriladi.
Derixs shinasini qo`yish. Shinaning oyoq kaftiga mos keladigan qismini oyoq panjasininig kaft qismiga bint bilan fiksatsiya qilinadi. Birmuncha uzun tashqi qismini qo`ltiqdan boshlab qo`yiladi va oyoq qismiga metall halqaga kiritilib, undan 8- 10 sm tashqariga chiqarib qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |