1.6. Qarz yuzasidagi asosiy to`lovlar yig’indisini hisoblash.
ОБЩДОХОД funksiyasi. Mazkur funksiya qarz bo`yicha xar bir hisob davrining boshi yoki oxirida to`lanishi lozim bo`lgan asosiy to`lovlar summasini hisoblash uchun xizmat qiladi. Funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
ОБЩДОХОД (stavka, davr_soni, nz, davr_boshi, davr_oxiri, tip). Misol. Aytaylik, 6 yil muddatga yillik 15 % foiz bilan 1000 ming so`m miqdorda ssuda qarzi berilgan bo`lsin. Protsentlar xar bir kvartalda hisoblanadi. 5- chi yil uchun asosiy to`lovlar xajmini aniqlang.
Yechish. Hisob davri uchun protsent stavkasini (15% / 4) xamda jami hisob davrlari sonini (6*4) hisoblaymiz. 17-chidan 20 - chigacha bo`lgan davrlar 5-chi yilni anglatadi. Agar qarz xar bir hisob davrining oxirida bir xil miqdor bilan to`lanishi talab qilingan bo`lsa, u xolda 5 – chi yil uchun to`lov miqdori quyidagicha hisoblanadi:
ОБЩДОХОД(15% / 4, 6*4, 1000, 17, 20, 0) = -201.43 ming so`m.
1.7. Investitsiyalar aylanishi tezligini hisoblash EXCEL muxitida investitsiyalar aylanmasini aniqlashga mo`ljallangan bir qator funksiyalar nazarda tutilgan. Bu funksiyalar yordamida quyidagi ma`lumotlarni hisoblash mumkin:
1) Bir qator ketma-ket tushumlar davri xamda o`zgaruvchan miqdordagi to`lovlar uchun ichki aylanmalar tezligi (ВСД funksiyasi);
2) Muntazam bo`lmagan tushumlar xamda o`zgaruvchan miqdordagi to`lovlar uchun ichki aylanmalar tezligi (ISTVNDOX funksiyasi) ;
3) Davriy tushumlar xamda o`zgaruvchan miqdordagi to`lovlarni hisobga olgan xolda qayta investitsiyalash uchun ichki aylanmalar tezligi (MВСД funksiyasi).
ВСД funksiyasi.Mazkur funksiya bir qator ketma-ket tushumlar davri xamda o`zgaruvchan miqdordagi to`lovlar uchun invesititsiyalarning ichki aylanmalar tezligini (ichki daromadlilik normalarini) hisoblash uchun mo`ljallangan. Funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
ВСД (qiymat, faraz).
Faraz qiymatidan boshlab, ВСД funksiyasi to 0,00001 foizlik aniqlikkacha tsiklik hisoblash ishlarini bajaradi. ВСД funksiyasi 20 martalik urinishdan keyin ko`rsatilgan darajadagi aniqlikka erisha olmasa, yuzaga kelgan xatolik haqida #ЧИСЛО! Ma`lumotini chiqarish bilan xabar beradi.
Ko`pchilik xollarda ВСД funksiyasi bilan ishlash uchun Faraz argumentini ko`rsatishning hojati bo`lmaydi, chunki bu argumentning qiymati EXCEL muhiti toomnidan to`g’ridan-to`g’ri 0,1 (10%) qilib belgilangan. Agar funksiya #ЧИСЛО! Xatoligini bersa yoki natija kutilganidan yiroq bo`lsa, Faraz argumentining boshqa qiymati uchun hisoblashga urinib ko`rish mumkin.
НПС va ВСД funksiyalari o`zaro bog’langan. Masalan, B1:B6 yacheykalaridagi bir xil to`lov va tushum qiymatlari uchun bu funksiyalardan quyidagicha foydalanish mumkin: