20–masala. Suv D500–36 markazdan qochma nasos yordamida suv minorasi hamda gidrokolonkaga 25,a–rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha uzatiladi. Suvni
suv minorasiga ko‘tarishning geometrik balandligi Nvb = 28 m, gidrokolonkaga esa Ng = 22 m. Po‘lat quvurlardan ishlangan so‘rilish liniyasi diametri dvs = 250 mm va uzunligi lvs = 48 m. Cho‘yan quvurlardan ishlangan kuch liniyasi nasosdan to ajralish joyigacha (N nuqtasigacha) qadar diametri dn = 250 mm va uzunligi ln = 500 m, ajralish joyidan keyin esa dn1 = 150 mm va uzunligi ln1 = 240 m; dn2 = 200 mm va uzunligi ln2 = 1000 m. Nasos tavsifi 25,b–rasmda keltirilgan.
Nasosning q, H, ηn va Nn ish parametrlarini, hamda suv minorasi qvb va gidrokolonkaga qg uzatiladigan suv sarfini aniqlash talab etiladi.
Javob: Nasosning ish parametrlari: q = 89,1 l/s, N = 48,5 m; ηn = 0,77; Nn = 55 kVt. Uzatiladigan suv miqdori: suv minorasiga qvb = 37,7 l/s; gidrokolonkaga qg
= 51,4 l/s.
–rasm. Ajralish joyidan uzoqda joylashgan nasos bilan uch rezervuarga suv uzatish tizimi sxemasi (a); D500–36 markazdan qochma nasosining tavsifi (b)
Markazdan qochma nasoslarning parallel ishlashi
Nasos stansiyalarida ko‘pincha bir nechta nasosni birga ishlatish zarurati yuzaga keladi. Asos stansiyasining ish samaradorligini ko‘tarish maqsadida nasoslar parallel ravishda ishlatiladi.
–rasm. Ajralish joyidan uzoqda joylashgan nasos bilan suv minorasi va gidrokolonkaga suv uzatish tizimi sxemasi (a); D500–36 markazdan qochma nasosining tavsifi (b)
Nasoslarning parallel ishi deb bir necha nasosning birgalikdagi umumiy kuch o‘tkazish quvuriga suv uzatib ishlashiga aytiladi. Bu nasoslar tavsifi bir xil va turlicha bo‘lishi mumkin. Parallel ulangan nasoslarning ish parametrlarini aniqlash uchun bir grafikda nasoslar umumiy tavsifini hamda o‘tkazish quvurlari tavsifini birlashtirish zarur bo‘ladi. Bir necha nasoslar parallel ishi umumiy tavsifini qurish ushbu nasoslar bir xil oqim kuchida uzatgan suvni qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Masalan, ikki bir xil nasos parallel ishining umumiy tavsifini ΣQ –H1+2 (26–rasm) qurish uchun bir xil oqim kuchi saqlab, ular uzatadigan suvni ikki barobar ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
Nasoslar ishi nuqtasi (A n.) ularning umumiy tavsifining Σq –H1+2 o‘tkazish quvurlari tizimi tavsifi Q–Htr bilan kesishuv nuqtasi hisoblanadi. A nuqtasiga ko‘ra ikki nasosning amalda uzatgan umumiy suvi Q1+2 va oqim kuchi Q1+2 aniqlanadi. Birgalikda ishlaganida har bir nasosning uzatgan suvi, FIK va quvvatini topish uchun A nuqtasidan har bir nasos tavsifini Q–H1,2 A1,2 nuqtasida kesib o‘tadigan abssissalar o‘qiga parallel chiziq o‘tkazish zarur.
Mazkur nuqta koordinatalari Q1, Q2 va har bir nasosning H1 = H2 oqim kuchini belgilab beradi. Birgalikda ishlayotgan har bir nasosning quvvati, FIK va yo‘l qo‘yiladigan so‘rilish vakuummetrik balandligi mos ravishda η, H va N egri chiziqlarining kesishuv nuqtasi bo‘lgan 1,2 va 3 nuqtalari, hamda A1,2 nuqtasidan tushirilgan perpendikulyar yordamida aniqlanadi.
–rasm. Ikki bir xil markazdan qochma nasoslar parallel ishining tavsifi
Har bir nasosning ular turlicha ishlaganidagi, ya’ni ulardan biri o‘chirilgan, ikkinchisi ishlab turgan holdagi Q1, Q2 va H1, H2 parametrlari A1,2 nuqtasiga ko‘ra topiladi. Alohida ishlayotgan har bir nasosning quvvati, FIK va yo‘l qo‘yiladigan so‘rilish balandligi mos ravishda 1, 2 , 3 nuqtalar bilan aniqlanadi.
Aytish kerakki, parallel ravishda umumiy o‘tkazish quvuriga ishlayotgan nasoslarning umumiy uzatadigan suvi Q1+2 alohida ishlayotgan ana shu nasoslar umumiy uzatadigan suvi summasidan Q1 + Q2 kam, ya’ni Q1+2 < Q1 + Q2. Buni parallel ulangan nasoslar bir nasosga nisbatan kattaroq oqim kuchida ishlashi bilan izohlash mumkin. Elektr dvigatellariga parallel ishlaganida tushadigan kuchlanish ham alohida ishlagan holdagi kuchlanishdan kamroq, ya’ni Nn < Nn.
–rasm. Ikki har xil markazdan qochma nasoslar parallel ishining tavsifi
Turli tavsifli nasoslardan o‘zaro erishadigan oqim kuchi o‘zaro katta farqlanmaydigan nasoslargina parallel ravishda ishlashi mumkin (uzatishning ahamiyati yo‘q). Turli tavsifga ega bo‘lgan nasoslarning parallel ishi parametrlarini aniqlash 27–rasmda ko‘rsatilgan.
Nasoslarning umumiy tavsifi ΣQ –H1+2 har bir nasos bir xil oqim kuchida uzatgan suv miqdorini qo‘shish orqali topiladi. Uzatish Q1+2 va oqim kuchi H1+2 ushbu nasoslarning birga parallel ishlagandagi umumiy amaldagi parametrlaridir. Uzatish Q1 va Q2 va oqim kuchlari H1 va H2 har bir nasosning birgalikdagi ishlashida amaldagi parametrlaridir. Uzatish Q11 va Q12 va oqim kuchlari H11 va H12 esa har bir alohida ishlayotgan nasosning amaldagi parametrlaridir. 11, 12 va 12, 22 nuqtalari bo‘yicha (Q –Hqo‘shvak egri chiziqlari grafikda ko‘rsatilmagan) mos ravishda har bir nasosning ular parallel ishlaganida, 11, 12 va 12, 22 nuqtalari bo‘yicha esa har bir nasos alohida ishlaganidagi FIK va quvvat aniqlanadi.
Markazdan qochma nasoslar umumiy oqim o‘tkazish quvuriga parallel ishlaganida ular bir–birining bevosita yaqinida joylashgan holda qisqa ulanish uchastkalaridagi qarshiliklarni ular kichikligi tufayli hisobga olmaslik mumkin. Nasoslar umumiy oqim o‘tkazish quvuriga parallel ishlaganida o‘zaro uzoq masofada joylashgan holda ulanish uchastkasidagi qarshilikni inkor etib bo‘lmaydi va u hisob–kitob chog‘ida hisobga olinishi kerak.
–rasm. Bir–biridan ancha uzoq masofada joylashgan ikki markazdan qochma nasosning bir tizimga parallel ishlashi tavsifi
Nasoslarning parallel ishiga eng sodda misol 5.28–rasmda taqdim etilgan. Nasoslar parallel ishini to‘g‘ri baholash uchun ular tavsifini bir nuqtaga yig‘ish talab etiladi (28–rasmdagi N nuqtaga). 2–nasos N nuqtasidan yaqin joylashganligi tufayli 2–nasosdan N nuqtasiga qadar uchastkadagi oqim yo‘qotishlarini inkor etish mumkin. Bunda 2–nasosning bu nuqtadagi tavsifi uning zavodda berilgan tavsifi bilan bir xil deb faraz qilinadi.
1–nasos tavsifini N nuqtasiga keltirish uchun ushbu nuqtaga nisbatan uning tavsifini qurish, ya’ni nasosning zavod tavsifi ordinatalaridan 1–nasosdan N nuqtaga qadar bo‘lgan uchastkada oqim yo‘qotishlarini ayirib tashlash zarur. Bu
tavsif 28–rasmda Q–H1n egri chizig‘I bilan namoyish etilgan. 1 va 2–nasoslarning
birgalikdagi parallel ishining umumiy tavsifini qurishda Q–H1n va Q–H2 egri chiziqlarining abssissalarini qo‘shish, ya’ni N nuqtasiga keltirilgan nasoslar tavsiflarini qo‘shish zarur.
Bir–biridan ancha uzoq masofada joylashib, bitta umumiy uzatish kuch quvuriga suyuqlik uzatadigan uchta va undan ortiq nasos tavsifini ham shu tamoyil asosida qurish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |