Насослар ва насос станциялари


Oqova suvlari uchun qabul rezevuarlarini texnologik uskunalar bilan jihozlash



Download 13,37 Mb.
bet44/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Oqova suvlari uchun qabul rezevuarlarini texnologik uskunalar bilan jihozlash


Nasoslarni biror buyum yoki axlatlardan tiqilib qolishlardan himoyalash maqsadida oqova suvlari uchun qabul rezevuarlarida (yoki ular oldida) quyidagilar ko‘zda tutiladi:



  • yuqori unumdorlikka ega nasos stansiyalarida oqova suvlari bilan tashiladigan yirik o‘lchangan komponentlarni ushlab qolish uchun maxsus qurilmalarni (panjara, suzib oluvchi to‘r va setkalar) o‘rnatish;

  • kichik unumdorlikka ega nasos stansiyalarida qo‘lda tozalanadigan panjara, savatlar va boshqa uskunalarni o‘rnatish;

  • oqova suvlari oqimida yirik buyumlarni maydalash uchun uskuna va mexanizmlarni o‘rnatish.

Nasos stansiyalarini loyihalash uchun tavsiyalar. Suvni mexanik aralashtirgich
yordamida aralashtirish yoki oqova suvlarini qabul rezervuariga qisman quyish
(oqova suvlar retsirkulyasiyasi) hisobiga qabul rezervuarida cho‘kindilar hosil bo‘lishining oldini olish mumkin. Ushlab qolingan maydalangan chiqindilar oqova suvlari oqimiga qayta tashlanadi yoki mos holdagi uskunada quritilishi hamda germetik konteynerlarda poligonga yoki utilizatsiyaga olib boriladi. Maishiy oqova suvlarining nasos stansiyalaridagi mayda bo‘laklarga bo‘lingan chiqindilar muayyan asosga tayangan holda kompostlash usuli yordamida qayta ishlanishi mumkin.
Mashina zali binosida joylashgan qabul rezervuari zaldan suv o‘tkazmaydigan to‘siq bilan chegaralangan bo‘lishi lozim. Agar kanalizatsiya tarmog‘ini suv bosganda, oqova suvlarining mashina zaliga kirishi istisno etilsa, nasos stansiyasi binosining chuqur bo‘lmagan qismi bilan mashina zali va panjaralarga ega xona o‘rtasida eshik o‘rnatilishiga ruxsat etiladi.
Oqova suvlar nasos stansiyasi qabul rezervuarining sig‘imini oqova suvlarning oqib kelish rejimiga va ularning sarfiga bog‘liq ravishda, nasos agregatlari unumdorligiga, nasos agregatlarining yo‘l qo‘yiladigan yoqilish chastotasiga va ularni sovutish sharoitlariga bog‘liq ravishda aniqlaydilar.
Bir sutkada 100 ming m3 dan katta unumdorlikka ega bo‘lgan nasos stansiyalarining qabul rezervuarlarini ikki seksiya (bo‘linma)dan iborat qilib ko‘zda tutish maqsadga muvofiq.
Oldinma-ketin ishlaydigan bir necha nasos stansiyalarini jihozlashda ular qabul rezervuarlarining sig‘imi ana shu nasos stansiyalarining birgalikdagi ishlash rejimlari hisobi asosida aniqlanadi. Ayrim hollarda qabul rezervuarining sig‘imi sharoitdan kelib chiqib ushbu rezervuarga naporli quvur o’tkazgichning bo’shatilishidan aniqlaniladi.
Nasos stansiyasi qabul rezervuarining tindirgichi cho‘kindini haydab chiqarish sig‘imi nasos agregatining 15-daqiqalik uzluksiz uzatish shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda agar bir vaqtning o‘zida nasos agregati bilan cho‘kindini haydash va tindirgichdagi oqova suvlarning gidrostatik bosimi ta’sirida o‘z-o‘zicha
oqib ketkazish texnik imkoniyati mavjud bo‘lsa, qabul rezervuarining sig‘imini kichraytirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Cho‘kindilar nasos stansiyalari qabul rezervuarlari quvurlar yuvilganidan so‘ng qolgan ifloslangan suvni qabul qilish uchun sig‘im sifatida ishlatilishi ham mumkin.


4.5-rasm. Yuqori ishlab chiqarishga ega cho’ktirilgan nasos qurilmalari.



4.6-rasm. Oqova suv bilan to’ldirilgan qabul qilish rezervuaridagi cho’ktirilgan nasos


qurilmalari16.

Nasos stansiyalarining qabul rezervuarlarida cho‘kindini loyqalash (qo‘zg‘atish) va rezervuarni yuvish qurilmalari o‘rnatiladi. Cho‘kindi loyqalash tizimiga suv asosiy nasos agregatlarining dam quvurlaridan olinadi. Loyqalash tizimi orqali ta’mirlanayotgan quvurlarni bo‘shatish mumkin bo‘lishi uchun loyqalash tizimi quvurlari har bir dam suv o‘tkazgichga ulangan bo‘lishi va to‘sqichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Cho‘kindini loyqalatib ko‘tarish quvurlari shartli o‘tishi diametri kamida 50 mm deb qabul qilinadi. Cho‘kindini qabul rezervuarining butun perimetri bo‘ylab loyqalatish mumkin. Rezervuar tubining nasoslarning so‘ruvchi quvurlari montaj qilingan o‘racha tomon qiyaligi kamida 0,1 deb qabul qilinadi. O‘lchamlari rejaga ko‘ra chuqurligi bo‘yicha kichrayib boradigan qabul rezervuarlarida, shuningdek ana shu rezervuarlarda jihozlangan o‘rachalarda, devorlarning ufqqa tomon yotiqligi g‘adir-budur beton yuzalar uchun kamida 60° va tekis yuzalar (plastik, polimer qoplamali beton va b.) uchun kamida 45° deb olinadi.






16 Wastewater collection system modeling and design / T. M. Walski [et al.]. 1st ed. Exton : Bently institute press, 2007. P. 428
Oqova suvlarning bir-biri bilan aralashishi zararli gazlar, cho‘kuvchan yoki toksik moddalar hosil qilishi mumkin bo‘lgan turli tiplari uchun, tegishli tipdagi oqova suvlarni qabul qilish uchun bir necha mustaqil seksiya (bo‘linma)dan iborat bo‘lgan qabul rezervuarlari jihozlanadi.
Ishlab chiqarishning tarkibida yonuvchan, tez alangalanadigan, portlash xavfi bo‘lgan yoki uchuvchan zaharli (toksik) moddalarga ega bo‘lgan oqova suvlari uchun qabul rezervuarlari, nasos stansiyalari bilan qo‘shilgan ana shunday qabul rezervuarlari alohida joylashgan binolarda joylashtirilishi shart.
Ishlab chiqarish oqova suvlari uzluksiz kelish tushgan sharoitda kamida ikkita, oqova suvlar davriy kelib tushishida va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyati ta’minlanganida esa bitta qabul rezervuari quriladi. Ana shu inshootlar sanoat korxonasi maydonida joylashtirilganida quyidagilar ta’minlanadi:

  • qabul rezervuarlari tashqi devoridan nasos stansiyasining binosigacha bo‘lgan masofa — kamida 10 m (qabul rezervuarlari va nasos stansiyasi binosi alohida joylashtirilganida);

  • ayrim qabul rezervuarlari hamda nasos stansiyalari bilan birlashtirilgan qabul rezervuarlari tashqi devoridan ishlab chiqarish binolarigacha bo‘lgan masofa — kamida 20 m, ijtimoiy binolarga qadar — kamida 100 m.

Dam quvurlariga va undan so‘ng tozalash inshootlariga uzatiladigan oqova suvlar sarfini kamaytirish, shuningdek quvurda avariya ro‘y berganida oqova suvlarni jamlash uchun jamlovchi va (yoki) muvofiqlashtiruvchi rezervuarlar (masalan, bunday tipdagi rezervuarlar ko‘pincha shaharlar va sanoat korxonalari yomg‘ir oqova suvlari tizimida ishlatiladi) jihozlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Oqova suvlarning hisobiy sarfining optimal qiymati texnik-iqtisodiy hisob-kitob yordamida aniqlanadi.
Jamlovchi va rostlovchi rezervuarlar haydash uchun mo‘ljallangan nasos agregatlari, oqova suvlarning tozalash inshootlariga muvofiqlashtirilgan sarfi, muallaq moddalarni yig‘ish va chiqarib tashlash (yoki cho‘kishining oldini olish) uskunalari, cho‘kayotgan qumni yuvib tashlash tizimi, shuningdek, ventilyasion
chiqindilarni tozalash qurilmalari bilan jihozlanadilar. Bundan tashqari, bu kabi rezervuarlar konstruksiyasi va ekspluatatsiya rejimi oqova suvlarning po‘panak bosishi (zagnivanie) va cho‘kindi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.


4.7-rasm. Chiqindilarni olib tashlash, suvsizlantirish va ushlash uchun kanalizatsiya nasos stansiyasiga avtomatlashtirilgan qurilmani joylashtirish.



4.8-rasm. Oqova suvlarni mexanik aralashtirish uchun rezervuar.


Oqova suvlar nasos stansiyalarining tarkibidagi statsionar nasos agregatlari yoki nasos agregatlarining so‘ruvchi patrubkalari o‘rnatilgan qabul, jamlovchi va rostlovchi rezervuarlari konstruksiyasi va gabaritlari haydalayotgan oqova suvlarning yuzasida turg‘un depression voronkalar hosil bo‘lishi oldi olishini ta’minlashlari kerak. So‘ruvchi patrubkaning urovnya oqova suvlarning minimal sathiga nisbatan uning kamida ikkita shartli o‘tishi diametriga, ammo nasos uskunasi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan talab etilgan kavitatsiya zaxirasining qiymatidan katta bo‘lmagan darajada chuqurlashtirilishi belgilanadi. So‘ruvchi patrubka tavaqasidan oqova suvlarning bo‘lmaga kirish nuqtasigacha bo‘lgan masofa patrubka shartli o‘tishining kamida beshta diametriga teng bo‘lishi shart. Har birining uzatishi315 l/s dan katta bo‘lgan nasos guruhlari parallel ishlaganida oqimni yo‘naltirish to‘siqlar ko‘zda tutiladi.

    1. Download 13,37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish