Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi


A) 4 ta V) 3 ta S) 7 ta D) 6 ta Ye) 5 ta



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

A) 4 ta V) 3 ta S) 7 ta D) 6 ta Ye) 5 ta 
 
34-mavzu: Gapning uyushgan va ajratilgan bo‟laklari 
Reja:  
1.  Gapning uyushiq bo„laklari 
2.  Gapning ajratilgan bo„laklari 
Gapning uyushiq bo„laklari 
Gapda bir xil so‗roqqa javob bo‗lib, bir xil sintaktik vazifasini bajaradigan, o‗zaro 
teng  aloqaga  kirishgan,  bir  umumiy  bo‗lakka  bog‗lanadigan  gap  bo‗laklari  gapning 
uyushiq  bo‗laklari  deyiladi.  Masalan:  Odamning  eng  shirin,  lazzatli  va  halol  taomi  o‗z 
mehnati, qo‗l kuchi bilan topgan rizqidir. («Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur»). Mazkur gapda 
eng  shirin,  lazzatli  va  halol  hamda  o‗z  mehnati,  qo‗l  kuchi  bilan  guruh  so‗zshakllari 
uyushib kelgan. Bunda birinchi guruhdagi so‗zshakllar bir xil so‗roqqa - qanday? degan 
so‗rog‗iga javob bo‗lib, sifatlovchi vazifasini bajargani holda, taomi umumiy bo‗lagiga – 
egaga  bog‗langan;  ikkinchi  guruhdagi  so‗zshakllar  ham  bir  xil  so‗roqqa  -  qanday? 
so‗rog‗iga  javob  bo‗lib  hol  vazifasida  kelib,  topgan  umumiy  bo‗lagiga  –  sifatlovchiga 
bog‗langan. Har bir guruhdagi so‗zshakllar o‗zaro teng aloqaga kirishgan. 
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo‗lak o‗rnini egallaydi: 
1. Uyushiq ega: Qor-yomg‗ir yog‗ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar suvga 
kelishadi. (P.Qodirov). 
2. Uyushiq kesim: 
a)  uyushiq  fe‘l  kesim:  ...  ufqqacha  cho‗zilgan  lolazor  rang-barang  tovlanmoqda, 
yonmoqda. (J.Abdullaxonov); 
b)  uyushiq  ot  kesim:  qalbi  pok  bo‗lgan  kishining  ishlari  ham  pok  bo‗ladi,  toza 
bo‗ladi. («Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur»). 
3. Uyushiq aniqlovchi: 
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo‗ysunmaydigan, birovdan ruxsat 
ham so‗rab o‗tirmaydigan o‗z qonunlari bor. (O‗.Hoshimov). 
Ba‘zan  ikki va  undan  ortiq sifatlovchilar  sifatlanmishni turli tomondan  aniqlaydi 
va  shuning  uchun  ham  uyushmagan  sanaladi.  Masalan:  Tog‗    tepasida  to‗planayotgan 
qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda sifatlanmish (bulutlar) 
o‗rniga  nisbatan  harakatdagi  belgi  (tog‗    tepasida  to‗planayotgan)  va  rang-tus  (qora) 
jihatdan aniqlangan. 
Uyuushgan  sifatlovchilar  esa  sifatlanmishni  bir  tomondan  aniqlaydi.  Masalan: 
Ular  ichida  sariq,  binafsha  rang  gullar...  asta  silkinib,  o‗zlarini  ko‗z-ko‗z  qilmoqchi 
bo‗lardilar.  (J.Abdullaxonov).  Bu  gapda  sifatlanmish  (gullar)  faqat  rang-tus  (sariq, 
binafsha  rang)  jihatdan  tavsiflangan.  Sifatlovchilarning  uyushganligini  belgilashda 
sanash ohangsi muhim rol o‗ynaydi; 
b)  uyushiq  qaratuvchi:  Hayotda  go‗zallik,  quvvat  va  saodatning  manbai 
soddalikdir. («Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur»). 
v) uyushiq izohlovchi: ...bo‗lajak katta san‘atkor, arxitektura professori Akramjon 
Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. (O.YOqubov). 


151 
 
4. Uyushiq to‗ldiruvchi: 
a)  uyushiq  vositasiz  to‗ldiruvchi:  ...  asrlar  davomida  kasr,  koshona,  machit, 
madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. (A.Aminov); 
b)  uyushiq  vositali  to‗ldiruvchi:  Engil  qor  parchalarining  osmondan  uchib 
tushishida ham, daraxtlarga qo‗nishida ham nafis bir xotirjamlik bor! (P.Qodirov). 
5.  Uyushiq  hol:  Qadimgi  Movarounnahrda  chinorzor  bog‗lar  barpo  etish 
an‘analari  hurmat  ishtiyoq  bilan  davom  ettirilgan.  (A.Aminov).  Mirzo  Ulug‗  bek 
Samarqand,  Kattaqo‗rg‗  on,  Balh  va  SHahrisabzda  ana  shunday  bog‗lar  barpo  etishga 
farmoish bergan. (A.Aminov).  
Uyushiq  bo‗laklar  grammatik  jihatdan  ikki  xil  shakllanadi:  mustaqil  holda  va 
umumlashgan holda. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish