Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

To„ldiruvchi 
Ko‗pincha  fe‘l  bilan  ifodalangan,  ba‘zan  fe‘ldan  boshqa  ayrim  so‗zlar  bilan 
ifodalangan  bo‗lakka  boshqaruv  yo‗li  bilan  bog‗lanib,  uning  ma‘nosini  to‗ldirib 
keladigan ikkinchi darajali bo‗lak to‗ldiruvchi deyiladi. 
To‗ldiruvchi  boshqaruvchi  so‗zning  talabiga  ko‗ra  kelishik  affikslari  (qaratqich 
kelishigidan  tashqari)  yoki  ko‗makchilar  orqali  shakllanadi.  Masalan:  Aql  va  idrok 
quyoshga o‗xshaydi, ular dog‗larni bekitadi. («Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur»). To‗g‗ rilik 
bilan  xiyonat,  yolg‗  onchilik  bilan  diyonat  chiqisha  olmaydi.  («Oz-oz  o‗rganib  dono 
bo‗lur»). 
To‗ldiruvchi  o‗zi  bog‗lanib  kelgan  so‗z  bilan  (fe‘l,  sifat,  ravish,  ot,  modal  so‗z 
bilan) «to‗ldiruvchi-to‗ldirilmish» sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi. 
To‗ldiruvchi  ifoda  materialiga  ko‗ra  egaga  hamda  qaratuvchiga  o‗xshaydi,  faqat 
grammatik shakl jihatdan ulardan farq qiladi. 
To‗ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi: 
1.  Ot  bilan:  Nodon  kishi  o‗zining  nasl-nasabiga,  olim  kishi  esa  o‗zining  ilm  va 
adabiga  tayanadi.  («Oz-oz  o‗rganib  dono  bo‗lur»).  Oy  to‗lmagan  bo‗lmasa  ham,  juda 
yorug‗  ,  shabadada  silkinayotgan  terak  barglarini  bitta-bitta  sanab  chiqish  mumkin. 
(P.Qodirov). 
2. Olmosh bilan: SHaharliklar... o‗zlarini tog‗ da yashayotganday his qilishadimi? 
(SH.Xolmirzaev). O‗g‗il ham otaga shunchalik o‗rgandiki, u bilan birga yotadigan bo‗ldi. 
(SH.Xolmirzaev). 
3.  Harakat  nomi  bilan:  Xalqning  hurmat  qilishini  tilasangiz,  avval  o‗zingiz 
hammani  hurmat  qiling.  («Oz-oz  o‗rganib  dono  bo‗lur»).  Olim  kishi...  maqtashlar  va 
olqishlarga uchib, o‗zini yuqori tutmaydi, kamtar bo‗ladi («Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur»). 
Erali maqtovlarni eshitib erib ketgan ekan... (S.Ahmad). 
4.  Otlashgan  sifat  bilan:  YOmondan  qoch,  yaxshiga  quloch  och.  (Maqol).  Aziz 
o‗g‗lim,  yomonlar  bilan  suhbatdosh  bo‗lma,  ulardan  arslondan  qochganday  qoch, 
hammaga  rahm  va  shafqat  ko‗zi  bilan  qara.  («Oz-oz  o‗rganib  dono  bo‗lur»).  Botirdan 
yaxshi ish qolar, donodan – yaxshi so‗z. (Maqol). 


145 
 
5.  Otlashgan  son  bilan:  CHiqmasa...  bittasini  menga  ber,  bir-ikki  oy  boqay... 
(P.Qodirov). Ikkovga birov botolmas, otliqqa yayov etolmas. (Maqol). 
6.  Otlashgan  olmosh  bilan:  Manmanlik  yaramas  odat  ekanini  anglang,  hamisha 
buni yodingizda tuting. («Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur»). Katami, kichikmi - har qaysisini 
hurmatlab, yoshi va martabasiga ko‗ra muomala qiling. («Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur»). 
Vositali  to‗ldiruvchi  bosh,  qaratqich,  tushum  kelishiklaridan  boshqa  kelishikdagi 
birliklar  bilan  hamda  ko‗makchili  ishlatilgan  birliklar  bilan  ifodalanadi.  Vositali 
to‗ldiruvchilarning ma‘nolari va so‗roqlari turlichadir. Mazkur to‗ldiruvchilarni jo‗nalish, 
o‗rin-payt,  chiqish  kelishiklari  affikslari  hamda  «bilan»,  «uchun»,  «to‗g‗  risida», 
«haqida» kabi ko‗makchilar shakllantirib, ular kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? 
nimadan?  kim  bilan?  nima  bilan?  kim  uchun?  kim  to‗g‗  risida?  nima  xususida?  kabi 
so‗roqlaridan  biriga  javob  bo‗ladi.  Masalan:  inson  bilimga  intiladi  va  qachonki  unda 
bilimga  tashnalik  so‗nsa,  u  insoniylikdan  mahrum  bo‗ladi.  («Tafakkur  gulshani»). 
Do‗sting  bilan  sirdosh  bo‗l  (Maqol).  Mineral  tuz,  bosh  miya  uchun  zarur  bo‗lgan  efir 
moyi  aksar  yong‗  oqning  mag‗zidan  olinadi.  (J.Abdullaxonov).  G‗  oyib  endi 
«studentlikning oltin davri» haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. (J.Abdullaxonov). 
Manna endi uning yaxshi xislatlari to‗g‗ risida gap ketyapti. (J.Abdullaxonov). 
Vositali to‗ldiruvchi ko‗pincha fe‘l bilan ifodalangan bo‗laklarga, ba‘zan esa sifat, 
ravish, ot, modal so‗z bilan ifodalangan bo‗laklarga ham bog‗lanib keladi. Masalan: Bu – 
professor  Jamolovning  saxiyligi,  yoshlarga  mehr-muhabbatining  mevasi,  albatta. 
(J.Abdullaxonov). Temirjon gamma nurlarini hayot uchun faqat ofat manbai deb bilardi. 
(J.Abdullaxonov).  Temirjon  uning  bu  uyda  xizmat  qilishidan  bexabar  edi. 
(J.Abdullaxonov).  Uning  tashqi  ko‗rinishi  sokin  tuyulsa-da,  ichki  dunyosi  olam-olam 
orzularga  boy... (J.Abdullaxonov). 
  Hol 
Odatda  fe‘l  bilan  ifodalangan  bo‗lakka  bitishuv  yoki  boshqaruv  yo‗li  bilan 
bog‗lanib,  undan  anglashilgan  ish-harakatning  belgisini  bildiradigan  ikkinchi  darajali 
bo‗lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi bilan 
bog‗liq bo‗lgan o‗rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni bildiradi. Hol ravish, 
jo‗nalish,  o‗rin-payt,  chiqish  kelishiklari  shakllaridagi  ot  yoki  ko‗makchili  ishlatilgan 
so‗zlar, sifat, son, fe‘l shakllari, taqlid so‗z hamda so‗z birikmasi orqali ifodalanadi. 
Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so‗z turkumidir. Masalan: Faqat 
idora  yaqinidagi  MTS  tomonidan  yakka  traktorning  o‗qtin-o‗qtin  gurillagani  eshitildi. 
(O‗.Hoshimov).  Asta  esa  boshlagan  shamol  tumanni  pastliklarga  olib  ketdi. 
(J.Abdullaxonov). 
Gapda  hol  bo‗lib  kelish  fe‘lning  ravishdosh  shaklining  ham  asosiy 
vazifalaridandir.  Masalan:  Tomchilarning  derazaga  chirsillab  urilishi  aniq  eshitila 
boshladi. (O‗.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida maqtana-
maqtana aytib berdi. (S.Ahmad). 
Ot  jo‗nalish,  o‗rin-payt,  chiqish  kelishigida  kelib  yoki  ko‗makchi  bilan  birga 
ishlatilib  hol  vazifasini  bajarishi  mumkin:  Toshkentga  butun  mamlakatdan  katta  geolog 
olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog‗  yo‗lidan uchib ketdi. 
(O‗.Hoshimov). 
Harakat nomi gapda hol bo‗lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi: Mehmonlarni 
kutish uchun boqqa dasturxon tayyorlatib qo‗yishgan edi. (S.Ahmad). 
Taqlid  so‗z  ham  gapda  hol  vazifasida  kela  oladi:  Toshlar  havoni  g‗iz-g‗iz  yorib 
o‗tadi.  (Oybek).  Ko‗chadan  dupur-dupur  o‗ynoqlab  bir  gala  otlar  o‗tadi. 
(J.Abdullaxonov). 


146 
 
Ba‘zan hol so‗z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar paydar-pay 
sayraydi.  (S.Ahmad).  Aqlni  o‗stirmoq  uchun  hadeb  o‗qiyvermasdan  ko‗proq  fikrlash 
kerak. («Tafakkur gulshani»). 
Hol  o‗zi  bog‗lanib  kelgan  so‗z  bilan  «hol-hollanmish»  sintaktik  munosabatini 
yuzaga keltiradi. 
Hollar ma‘nolariga ko‗ra bir necha turga bo‗linadi. 
Ravish  holi  ish-harakatning  qay  tarzda  bajarilganligini  bildirib,  qanday?  qanday 
qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‗roqlarning biriga javob bo‗ladi. 
U quyidagicha ifodalanadi: 
1.  Holat  ravishi  bilan:  Qiz  unga  pianino  chalib  berar,  unda  muzikaga  mehr  uyg‗ 
otish  ishtiyoqi  borday  ko‗rinardi.  (J.Abdullaxonov).  Sahnada  hozir  biron  yangilik  yuz 
berishi kerakday, hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala 
boshladilar. (J.Abdullaxonov).  
2.  Ravishdosh  bilan:  To‗rg‗aylar  bir  nuqta  ustida  qanot  qoqib  g‗ujurlashadi. 
(P.Qodirov).  Temirjon  ularning  kuyib-pishib  bir-birlariga  gap  uqtirishlarini  ko‗rib, 
o‗qituvchilarning  muvaffaqiyatidan  qanchalik  faxrlanishlarini  his  qila  boshladi. 
(J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab 
turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‗ylay-o‗ylay o‗yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov).  
3.  Sifatdosh+  «holda»  ko‗makchi  so‗zi  bilan:  Bu  payt  YUlduzning  dugonalari 
o‗zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov). 
4.  Bosh  kelishikdagi  ot  yoki  ko‗makchili  ishlatilgan  ot  bilan:  U  qator  o‗sgan 
chinorlar  kavagidan  bittadan  ettita  xum  olib  ularga  beribdi.  (S.Ahmad).  Turmushning 
yaxshi o‗tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka  yo‗l qo‗yma. («Oz-oz 
o‗rganib dono bo‗lur»). 
5.  Sifat  bilan:  Qiyshiq  o‗tirsang  ham,  to‗g‗  ri  gapir.  (Maqol).  Albatta,  mendan 
ko‗ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). 
6.  Taqlid  so‗z  bilan:  Ufqqa  yonboshlagan  quyoshning  so‗nggi  nurlaridan 
yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‗chdi. (J.Abdullaxonov). Ba‘zilar negadir 
hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‗z qotishardi. (J.Abdullaxonov). 
7.  Frazeologik  ibora  bilan:  U  tarvuzi  qo‗ltig‗idan  tushib  ko‗chaga  chiqdi. 
(F.Musajonov). 
Payt  holi  ish-harakatning  bajarilish  paytini,  uning  chegarasini  bildirib,  qachon? 
qachongacha? qachondan beri? kabi so‗roqlardan biriga javob bo‗ladi. 
Payt  holi  payt  ravishi,  ravishdosh,  jo‗nalish,  o‗rin-payt,  chiqish  kelishigidagi 
so‗zlar  bilan,  ko‗makchili  ishlatilgan  so‗zlar  bilan,  so‗z  birikmasi  bilan  ifodalanadi. 
Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab bolalar 
uchun  olgan  suvlaridan  ozgina  qolgan  edi.  (P.Qodirov).  Hech  qachon  o‗z  aybingni 
birovga yuklashni o‗rganma!.. (J.Abdullaxonov). YOshligingda  odat qilsang, qariguncha 
ko‗nikasan,  qariganingda  odat  qilsang,  ko‗nikkuncha  ko‗milasan.  (Maqol).  O‗ttizida  er 
atangan,  qirqida  SHer  atanar.  (Maqol).  Kuni  bilan  jiyanlarini  erkalatib,  soy  bo‗ylarida 
aylandi.  (J.Abdullaxonov).  Biz  dam  olish  kuni  shahardan  tashqariga,  Bo‗zsuv  bo‗yiga 
chiqdik. (O.YOqubov). 
Payt  holi  harakatning  bajarilish  paytini  bildiradi:  SHunday  diqqat  bo‗lgan 
kunlarning  birida  Tolibjon  kechasi  xontaxtaga  bag‗  rini  berib...  xat  yozdi.  (S.Ahmad). 
Temirjonning  ongi  hech  qachon  bunchalik  yangiliklar  bilan  boyimagan  edi. 
(J.Abdullaxonov). 
Payt  holi  harakatning  bajarilishidagi  chegarani  bildiradi:  YAngi  yilgacha 
yog‗ingarchilik kam bo‗ldi... (J.Abdullaxonov). Ertalabdan  to qorong‗i tushgunga qadar 


147 
 
barcha  qatori  dala  qoshidan  nari  ketmasdi.  (J.Abdullaxonov).  Temirjon  allamahalgacha 
uyqusi  qochib,  Usmonali  otaning  Hilol  aka  haqidagi  gaplarini  eslab  yotdi. 
(J.Abdullaxonov). Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman. (J.Abdullaxonov).  
O‗rin  holi  ish-harakatning  bo‗lish,  boshlanish,  yo‗nalish  o‗rnini  bildirib,  qaerda? 
qaerdan? qaerga? qaergacha? kabi so‗roqlarning biriga javob bo‗ladi. 
O‗rin  holi  o‗rin  ravishi,  jo‗nalish,  o‗rin-payt,  chiqish  kelishigidagi  otlar  hamda 
ko‗makchili ishlatilgan otlar, so‗z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Unda yuqoridan 
shitob  bilan  quyilib  kelayotgan  tiniq  suv  toshlarga  urilib,  qirg‗  oqqa  sapchib  oqardi. 
(S.Ahmad).  Afsus,  oyoqlar  ostida  tuzoqlar  ko‗p.  (T.Malik).  Osmoni  falakka  burgut 
qanotini tarang yozib uchadi. (S.Ahmad). 
O‗rin holi ma‘nosiga ko‗ra uch xil: 
1.  Ish-harakatning  bo‗lish  o‗rnini  bildirib,  qaerda?  so‗rog‗iga  javob  bo‗ladi.  U 
o‗rin ravishi, o‗rin-payt kelishigidagi so‗zlar hamda ko‗makchili ishlatilgan so‗zlar bilan 
ifodalanadi:  Bostirmada  g‗ildiraklari  olingan...  «Volga»  mashinasi  turibdi.  (P.Qodirov). 
YUqorida  ...  bola  shatirlashni  eshitgan  zahoti  bu  tomonga  qarab  chopgan  edi. 
(P.Qodirov).  Ular  yuqoridan  shildirab  tushayotgan  suv  bo‗yida  archa  bilan  ayqashib 
o‗sgan zirk tagida o‗tirib ovqatlanishadi. (P.Qodirov). 
2.  Ish-harakatning  yo‗nalish  o‗rnini  yoki  harakatning  bo‗lishidagi  eng  so‗nggi 
chegarani  bildirib,    qaerga?  qaergacha?  so‗rog‗idan  biriga  javob  bo‗ladi:  U  Tolibjonga 
ro‗para  kelishdan  qo‗rqib,  so‗qmoqdan  o‗ngga  burildi...  (S.Ahmad).  Ishkomlar  tunnel 
singari  bir  tekis  olis-olislarga  cho‗zilgan.  (J.Abdullaxonov).  Qo‗rg‗  oshindek  qora 
bulutlar Oyqor tog‗lari tomon o‗tib ketdi. (S.Ahmad). – Kelib turing, xolla,- eshikkacha 
kuzatib qo‗ymoqchi bo‗ldi Qunduz. (J.Abdullaxonov). 
3. Ish-harakatning boshlanish o‗rnini ifodalab, qaerdan? so‗rog‗iga  javob bo‗ladi: 
Ministrlikdan  telefon  qilishardi.  (J.Abdullaxonov).  Ammo  qayoqdandir  hoshiya  tortib 
kelayotgan  qora  bulut  uning  yuzini  sholday  bir  nafas  o‗rab  turdi...  .  (J.Abdullaxonov). 
Temirjon  haligina  kutubxonadan  olib  kelib,  divanga  betartib  sochib  qo‗ygan  kitoblariga 
qaradi. (J.Abdullaxonov). 
Sabab  holi  ish-harakatning  bajarilish  sababini  anglatib,  nimaga?  nima  uchun? 
nima sababdan? kabi so‗roqlarning biriga javob bo‗ladi. 
Sabab  holini  ko‗pincha  «uchun»,  «sabali»,  «tufayli»,  «bois»  kabi  ko‗makchilari 
yoki chiqish kelishigi –dan affiksi shakllantiradi.  
Sabab holi ravish, ot, olmosh, sifatdosh, so‗z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: 
U tortinchoqligi, parishonholligi tufayli ayrimlarga g‗alatiroq ko‗rinayotganini ham seza 
boshladi.  (J.Abdullaxonov).  Samolyot  yomg‗irdan  qorayib  yotgan  beton  yo‗lkadan 
shiddat  bilan  yugurgilab  bordi.  (O‗.Hoshimov).  Muvaffaqiyatsizliklardan  ranjishlar 
yo‗llariga  g‗ ov bo‗lmas. (J.Abdullaxonov).  Negadir  birdan  zildek  bo‗lib ketgan  qo‗lini 
arang  ko‗tarib,  qo‗ng‗iroq  tugmasini  bordi.  (F.Musajonov).  Hozirgina  savdosi  yaxshi 
bo‗lganidan Azizbekning ko‗ngli vayron bo‗ldi. (S.Ahmad). 
Maqsad  holi  ish-harakatning  bajarilishidagi  maqsadni  anglatib,  nima  uchun? 
nimaga? nima maqsadda? degan so‗roqlardan biriga javob bo‗ladi. 
Maqsad  holini  ko‗pincha  «uchun»,  «maqsadida»,  «niyatida»  yordamchi  so‗zlari, 
shuningdek jo‗nalish kelishigi –ga affiksi shakllantiradi. 
Maqsad holi ravish, ravishdosh, ot, frazeologik ibora, harakat nomi, so‗z birikmasi 
bilan  ifodalanishi  mumkin.  Masalan:  Qadamimni  ataylab  dadil-dadil  bosaman. 
(P.Qodirov).  Ular  baliqlarni  tomosha  qilgani  pastga  tushishdi.  (S.Ahmad).  ...  Votti 
kennoyi andak ko‗nglini yozib ketish uchun kelgan ko‗rinadi. (J.Abdullaxonov).  
Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab, qancha? 


148 
 
necha marta? qanchalab? kabi so‗roqlaridan biriga javob bo‗ladi. 
Miqdor-daraja holi ko‗pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi: Gapni oz 
so‗zla,  ishni  ko‗p  ko‗zla.  (Maqol).  Dodamat  akaning  qotma  va  abjir  gavdasiga  mos 
qoramag‗iz  basharasi  Ahmadga  borgan  sari  ko‗proq  yoqardi.  (F.Musajonov).  Bular 
dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron qulay joyda soatlab... poylab 
etishadi.  (A.Qahhor).  Elkasiga  charm  xalta  osgan  yigit  tarjimon  bilan  xiyla  tortishib 
qoldi. (J.Abdullaxonov). 
Miqdor-daraja  holi  son  bilan  ifodalanadi.  Bunda  son  yakka  o‗zi  yoki  «marta», 
«karra» so‗zlari  bilan  kelib  miqdor-daraja  holi vazifasini bajaradi:  Etti o‗lchab,  bir kes. 
(Maqol).  Ana  shunaqa,  azizlar,  fan  yana  bir  karra  g‗alaba  qozondi.  (J.Abdullaxonov). 
Ortiq ham ayiq ovini bir marta ko‗rgan. (P.Qodirov).  
So‗z  birikmasi  ham  miqdor-daraja  holi  vazifasini  bajarishi  mumkin.  Masalan: 
Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. (J.Abdullaxonov). 
1-ilova 
- Ikkinchi darajali bo`laklarni ayting. 
- To`ldiruvchi, uning turlarini ayting .  
- Vositsiz to`ldiruvchi haqida gapiring. 
- Vositali to`ldiruvchi haqida gapiring. 
-To`ldiruvchi va uning trlariga visollar keltiring 
2-ilova 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish