4. Birgalik nisbat
Bu nisbatdagi fe‘lda ish-harakat bir necha sub‘ekt tomonidan birgalikda bajariladi.
Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko‗z tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini
bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O‗.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi
fe‘llari anglatgan harakatning bir necha sub‘ekt, ya‘ni ayollar tomonidan birgalikda
bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi fe‘l quyidagicha yasaladi:
a) fe‘l negiziga unlidan so‗ng –sh, undoshdan so‗ng –ish affiksini qo‗shish bilan:
sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;
b) so‗z o‗zagiga –lash (-la+-sh qo‗shma affiksi) affiksini qo‗shish bilan: yordam-
lash(di), bahs-lash(di) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |