N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish



Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/143
Sana12.06.2022
Hajmi8,13 Mb.
#658205
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Videoadapter va monitor. 
Kompyuterni yig‘ishda video-
adapter va monitor albatta kerak bo‘ladi. Alohida e’tiborni 
monitor tanlashga qaratish kerak. Bu qurilma foydalanuvchining 
tizim bilan muloqatini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. 
Kompyuterda ishlash maroqli yoki azob bo‘lishi monitorning 
sifatiga bog‘liq. Odatda, kichik tasvirlar bilan ishlash uchun 
kamida 17 dyuymli (ekran) monitordan foydalanish tavsiya 
etiladi, chunki undan kichik o‘lchamdagi monitorlar tasvirning 
kichik detallarini sifatli (1024×778 da) aks ettirib bera olmaydi 
va 800×600 ish tartibiga o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Nuqtalarning joylashish qadami kichik bo‘lgan elektron 
nurli monitorlarga e’tibor bering (0,28 nuqta 1 dyuymda va 
undan kichik). Bu ENT soyali niqobida nuqtalar o‘lchamini va 
orasidagi masofani belgilab beradi. Nuqtalar orasidagi masofa 
qancha kichik bo‘lsa, ekranning ruxsat berish xususiyati va tasvir 
sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Agar ishchi stoldagi monitorga ajratilgan joy cheklangan bo‘lsa, 
yassi panelli suyuq kristalli (LCD) monitorlarga e’tibor bering. 
Ko‘rinish sohasi bo‘yicha 15 dyuymli suyuq kristalli displey ekrani 


186
17 dyuymli ENT monitoriga ekvivalentdir. Ko‘p hollarda monitorlar 
oddiy VGA analogli portga ulanadi, biroq zamonaviy modellar 
yangi videoadapterlar ichiga joylashtirilgan DVI razyomlari 
bilangina ishlaydi. Agar siz doim monitorning belgilangan ruxsat 
berish xususiyatidan (bu odatda 1024×768) foydalansangiz, u 
holda suyuq kristalli (LCD) monitordan foydalanishingiz qulay va 
mavqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda ekran ruxsat berish xususiyatini 
doimo o‘zgartirib turishga to‘g‘ri kelsa (masalan, kompyuter 
o‘yinlari yoki Web-sahifalarini ko‘rish uchun), u holda ENT 
monitorlardan foydalanganingiz ma’qul bo‘ladi.
Videoadapter va monitor regeneratsiyalash chastotasi bo‘yicha 
bir-birlariga mos kelishi kerak. Tasvir miltillamasligi uchun 
kadrlar chastotasi 72 Hz dan kam (qancha yuqori bo‘lsa, shuncha 
yaxshi) bo‘lmasligi kerak. Agar yangi videoadapter 16 mln. rangni 
1024×769 ruxsat berish xususiyatida aks ettirsa va ekranning 
yangilanish chastotasi 76 Hz bo‘lsa, monitor esa bu ruxsat berish 
xususiyatida faqatgina 56 Hz ni quvvatlasa, videoadapterning 
imkoniyatlari to‘liq amalga oshmay qoladi. Monitor qo‘llay 
olmaydigan signallarni uzatish uchun videoadapterni sozlash uni 
jismoniy jihatdan nosozlikka olib keladi.
Videoadapterlarni ishlab chiqaruvchilarning barchasi PCI-
Express standartiga o‘tgan, ayrimlari bir vaqtning o‘zida ikkita 
monitordan foydalanish imkoniyatini beruvchi PCI videoadapter-
larini ham ishlab chiqarishmoqda. Ma’lum ilovalar uchun juda 
foydali bo‘lgan bu funksiya Windows 2000/XP operatsion tizi-
mida quvvatlanadi. Hozirgi paytda oddiy videoadapterni ikki 
kallakli grafik plataga almashtirish optimal qaror hisoblanadi, 
chunki ko‘pgina turli tavsiflarga ega zamo naviy videoadapterlar 
ikki va undan ortiq monitorlarni quvvatlaydi. Bu bir tizimga ikki 
videoadapterni o‘rnatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan appa ratli, 
drayverli va BIOS mojarolaridan halos bo‘lish imkonini beradi.
Videoadapterni tanlashda videoadapter mikrosxemalari 
to‘plamiga va grafik protsessorning tipiga e’tibor bering. Eski 


187
deb, belgilab qo‘yilgan grafik mikrosxemalar to‘plamidan 
cheklaning, chunki ular kerakli tezkorlikni bermaydi va Windows 
ning oxirgi versiyalaridagi funksiyalarni (amallarni) qo‘llay 
olmasligi mumkin.

Download 8,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish