muzey) bilan bir qatorda “in situ” deb ataluvchi muzeylar paydo
bo‘ldi, to‘g‘rirog‘i inshootni joylashgan joyida saqlash. Bu ikkala
muzeyni bir vaqtda namoyon qiluvchi qo‘shma muzeylar yaratildi,
bularda ikki turdagi: obyektlar qayerda yaratilgan bo‘lsa, shu yerda
joylashdi va ko‘chirilgan ob’ektlar joylashtirildi.
Birinchi navbatda, ochiq osmon ostidagi muzeylar an’anaviy
madaniyat va qishloq turmush tarzini o‘zida namoyon qilardi.
134
Lekin shaharlar timsoli juda tez o‘zgara bordi va 1914-yilda
Daniyadagi orxus shahrida birinchi an’anaviy shahar madaniyatiga
bag‘ishlangan “eski shahar” ochiq osmon ostidagi muzeyi ochildi.
keyingi yillarda bu yerda 50 dan oshiq obyektlar paydo bo‘ldi —
ikki va uch qavatli uylar, hunarmand ustaxonalari, savdo binolari,
katta bo‘lmagan hududda bozor bilan birgalikda tosh ayollar qurildi.
Muzeyda XVIII-XIX asrdagi Daniya shahar qurilishini tasvirlovchi
surat yaratildi. Unda dorixonachi va rassom uyi, kemasozlik ustaxona-
si, oynakchi, bochka ustaxonasi, XVIII asrdagi maktab, 1817-yildagi
teatr ko‘rinishi tasvirlangan. Shu usulga muvofiq ravishda uylar in-
teryerlari, ustaxonalarda esa badiiy hunarmandchilikka bag‘ishlangan
tematik ko‘rgazmalar yaratildi.
Umumiy tematik muzeylar bilan bir qatorda, shahar va qishloq
madaniyatidan xabar beruvchi maxsus muzeylar paydo bo‘la
boshladi. Ularning ba’zilari xo‘jalikning alohida jabhalariga
bag‘ishlangan edi – cho‘ponchilik, tomorqa, uy hayvonlarini boq-
ish. Boshqalari esa qishloq yoki shahar hunarmandchiligini ifo-
dalagan. Masalan: 1937-yilda Finlyandiya shahri Turkudagi mash-
hur muzey. Bu “in situ” muzeyi 1770 — 1820-yillarda qurilgan
kompleks binolar ichida joylashgan. Bunda 30 dan ortiq ustachilik
interyerlari namoyish etilgan
67
.
Texnika yodgorliklari va ko‘chmas arxeologik obyektlarga asos-
langan muzeylar yaratila boshladi. Qiziqarli va g‘ayrioddiy ochiq
osmon ostidagi muzey 1983-yilda Buyuk Britaniyada — Irvina shah-
rida shotland dengiz muzeyi ochildi. o‘tmishda bu ulkan port vaqtlar
o‘tib kemasozlik va dengiz savdosi markazi maqomini yo‘qotdi. Bu
muzeyga aylangan portda XVII asr oxiridan XX asr boshigacha ingliz
dengizchilik va dengiz savdosi rivojini tasvirlovchi langari tashlangan
uzun va ulkan kemalar va qayiqlar eksponati, kemalarning arqonlari,
asbob-anjomlarini bir paytda bir butun umumiy holda ko‘rsatuvchi
eksponatlar yaratilgan.
67
Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 392 p.
135
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, ochiq osmon ostidagi muzey-
lar shiddat bilan rivojlanayotgan muzeylar guruhiga aylandi. Yevropa
chegaralarini oshib o‘tib, bu guruhdagi muzeylar AQsh, kanada,
osiyo va Afrikaning alohida mamlakatlariga keng tarqalib rivoj top-
di. Biroq 1990-yillarning ma’lumotiga ko‘ra, bu muzeylarning ko‘p
qismi, ya’ni 2000 dan ortig‘i hali hamon Yevropa mamlakatlarida
jamlangan edi. har bir mamlakatda ochiq osmon ostidagi muzeylar-
ni yaratish g‘oyalarini amalga oshirish mahalliy sharoitlar va ilmiy
muammolarning yechimiga bog‘liq.
Rossiyada ochiq osmon ostidagi muzeylarni ochilishi 1950-yillar-
da boshlandi va 1990-yildagi hisob — kitoblarga ko‘ra, 100 ta muzey
tashkil etildi. shunga ko‘ra, milliy madaniyatni butunlay ko‘rsatuvchi
yoki uning alohida qismlarini tasvirlovchi: hunarmandchilik, kasb-
korlik, xo‘jalikning turli jabhalarini ko‘rsatuvchi regional muzey-
lar keng tarqaldi. Masalan, 1973-yilda kichik korella qishlog‘idagi
yog‘och me’morchiligi va xalq san’atini tasvirlovchi Arxangelskiy
muzeyi juda mashhur bo‘lgan. Bunda Rossiyaning shimoliy oltita
regioni hayoti va turmush tarzini bir paytda umumlashtirgan, 140
gektardan iborat muzeyda shu hududda joylashgan yashash uylari,
xo‘jalik inshootlari, cherkov, qo‘ng‘iroqxonalar, budxonalardan ibo-
rat bo‘lgan.
Onejskiy ko‘li sohili bilan uning atrofida yotuvchi orollar bilan
qo‘shni bo‘lgan kiji orolida 1969-yilda tarixiy-me’morchilik va
etnografik “KIJI” deb nomlangan qo‘riqxona muzeyi Rossiya xalqi
madaniyatini yoritishdagi qadrli va muhim rol egallagan. Muzey
karelining turli hududlaridan keltirilgan xalq yog‘och me’morchiligi
ga oid 70 dan ortiq yodgorliklarni o‘z ichiga oladi. Ularga 1714-yilda-
gi g‘aroyib yog‘ochda ishlangan qavat-qavat piramida shaklidagi 22
ta boshli Preobrajenskaya cherkovi; XVIII asr o‘rtalaridagi 4 qavatli
budlar ham kiradi. Muzeyning me’morchilik va etnografik ekspoz-
itsiyalari ruslar va karellar qishlog‘i va o‘sha aholining hayot tarzini,
ular siymosini yaqqol ko‘rsatib beradi. Bu cherkovda budlar, cherkov
136
shiftlarida “osmon”, xalq cholg‘u asboblari, xo‘jalik buyumlari,
xalq kiyimlari, kashtado‘zlik namunalari, naqqoshliklar tasvirlan-
gan. ochiq osmon ostidagi muzeylar tarmog‘idagi yana bir inshoot
1961-yilda ochilgan Qora dengizdagi ellin mustamlakasining eng
shimoliy nuqtasidagi qadimiy grek shahri hududida “Tanais” muzey
qo‘riqxonasi arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Yuqori paleolit
davrini anglatuvchi g‘aroyib tik turgan qadimiy odam tasvirlangan
“kostenka” muzey-qo‘riqxonasiga 1968-yilda Voronej viloyatida
asos solingan.
Tarixiy manzarali muzeylar ichida Moskva viloyati Mojay hudu-
didagi Borodinskiy harbiy-tarixiy muzey qo‘riqxonasi mashhurligi
bilan ajralib turadi. Bu muzey 1839-yilda imperator nikolay II qa-
rori bilan 1812-yildagi yirik Vatan urushi janggohlaridan qolgan
memorial madaniy yodgorlik. keyinchalik, bu o‘zining zamonaviy
nomini olgan va bu muzeyning qo‘riqlanayotgan 110 km
2
hududi-
da 300 dan ortiq tarixiy yodgorliklar joylashgan. Bular cherkovlar,
harbiy-muhandislik inshootlari, rus harbiy qo‘mondonlari va rus
askarlarining qabrlari, spaso-Bodinskiy ayollar monastir ansambli,
XVI-XIX asrlardagi Mojayskiy arxitektura yodgorligi, qo‘shin qab-
ristonida joylashgan yodgorliklardan iborat.
Etnografik yodgorliklar kam saqlanib qolgan Buyuk Britaniya-
da esa, o‘lkashunoslik xarakteridagi muzeylar yoki texnika tari-xi
va sanoati ko‘p bo‘lgan. Bu yerda Darem grafligida birinchi bo‘lib
ochiq osmon ostidagi muzeylardan biri “Bimish” yoki “shimo-
li-sharqiy Angliyaning sanoati va odam muzeyi” paydo bo‘lgan.
Uning asoschisi Frenk Atkinsonning g‘oyasiga ko‘ra, muzey odd-
iy odamlarni turmush tarzi, odatlari, qonunlarini yorqin ko‘rsatib
berishi kerak edi. Bu urinish “tirik, jonli” tarixni yoki o‘sha joy-
ni maksimal bor imkoniyatlar bilan mayda detallarigacha aniq
ko‘rsatishi kerak edi. Muzey XX asr boshlaridagi shimoli-sharqiy
Angliyaning region sanoatini eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan va
rivojlangan hayot tarzini ko‘rsatgan. 1971-yilda tomoshabinlar
137
uchun ochilgan muzey o‘sha davrning ulkan rejalarini o‘z ichiga
olgan. Agar boshidanoq tomoshabinlar Bimish-Xoll uylaridagi
qulayliklari ekspozitsiyasi bilan tanishgan bo‘lsa, keyinchalik ular
tashlandiq shaxtalar va vintilatsiya uskunalari bilan tanishish im-
koniyatiga ega bo‘ldi. Mebel interyerlari va bog‘larga ega bo‘lgan
uylardan qishloq paydo bo‘ldi, tramvay va temir yo‘llari o‘tkazildi,
temir yo‘l stansiyalari, ogohlantiruvchi postlar qurildi. shaharn-
ing yashash qismi qayta qurildi: uy-joylar, do‘konlar, pivoxona,
tish-doktori va hattoki, buzilgan park orkestr uchun ta’mirlandi.
skansendan farqli ravishda, “Bimish” muzeyida sanoatlashgan
jamiyatga qadar kichik assotsiatsiyalar va dehqon xo‘jaligi kam
bo‘lgan, shuning uchun bayram kunlari bu yerda folklor ansam-
billari va xalq kashtachiligini chiqishi o‘rniga, madaniy musiqa
konsertlari bo‘lgan va bolalarni parovozlarga ulangan vagonlarda
uchirishgan.
Agar “Bimish” muzeyi o‘zida ko‘chirib olib kelingan obyek-
tlarni namoyish qilgan bo‘lsa, 1968-yilda ochilgan “ Ayronbridj
Do'stlaringiz bilan baham: |