33
13-mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
Reja:
1. Asosli muhokama yuritish shartlari. Isbotlash va
rad etishning umumiy tavsifi
2. Isbotlash
va rad etishning turlari
3. Paralogizm, sofizm va paradokslar
haqida tushuncha
4. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza va nazariya
Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar yordamida
asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis,
argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstrastiya.
Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi
hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning
o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish
natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat
bo‘ladi.
Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo‘lib
faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa
empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta,
o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.
Ta’riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan,
«Harakat – bu har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir.
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir.
Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan
argument qilib olish mumkin.
Isbotlash usuli – demonstrastiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan
iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan
keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda
tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan
hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir
umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi.
Masalan, «O‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi «O‘zbekistonning
mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar
yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan hukmning (antitezisning)
xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab
apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis
(
a
) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan
hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya harakatsiz mavjud», degan hukm
olinadi.
Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va
undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi
ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz
mavjud», degan hukm chin bo‘lsa, «Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr
(antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar
tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak,
34
«Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz mavjud emas»,
degan fikrning chinligi asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz’yunkstiyaning) bir a’zosi
bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi.
Masalan, “Jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V
shaxs ham, S shaxs ham sodir etmagan”ligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir
qilgan», degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi – qat’iy
sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan.Ayiruvchi isbotlashda barcha
muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi,ya’ni tezis isbotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: