Tovarlar taqsimoti kanalini tanlash
Tovarlar sotish doirasini tanlashda ishlab chiqaruvchi va savdo firmalari quyidagi taqsimot kanallaridan foydalanadilar:
Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi
Ishlab chiqaruvchi-ulgurji sotib oluvchi-iste’molchi
Ishlab chiqaruvchi-ulgurji sotib oluvchi-mayda ulgurji sotib oluvchi-iste’molchi.
Ko‘rinib turibdiki, taqsimot xar xil ko‘rinishlarda, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “ishlab chiqaruvchi-iste’molchi” dan tortib, ko‘pgina vositachilar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Taqsimot tizimi elementlari soni, ya’ni ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi vositachilar soni qancha kam bo‘lsa, vaqt jihatdan tovarlar sotuvi shuncha tez amalga oshadi. Ammo shu bilan bir vaqtda, ishlab chiqaruvchining tovarlarni saqlash va tovarlarni sotishni ta’minlashdagi xarajatlari ko‘payadi. SHuning uchun tovarlar taqsimotining optimal turini tanlashda har bir variantning samaradorligi hisoblab topilishi va tahlil qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |