Foyaviy bo‘shliqqa olib keluvchi sabablar quyidagilardan iborat:
-
Boshqa mafkuralarni tan olmaslik.
-
Yakka hokimlik (kommunistik) g‘oyasining mutlaq hukmronligi va targ‘iboti
-
«Yo‘lboshchi sinf» mafkurasi nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi ekanligi.
-
Kommunistik mafkuraning odamlar vijdon erkinligini cheklab qo‘yishi, kim unga jur'at qilsa «xalq dushmani»ga aylantirilishi.
-
Milliylikdan, qadriyatlardan butunlay xoli bo‘lish.
-
Milliy tarix, O‘zbekiston tarixi, o‘tmishini tan olmaslik.
-
Xalqning diniga, diniy merosga, diniy qadriyatlarga mutlaqo noto‘g‘ri munosabat va h.k.
XX asr 90-yillarning boshlarida bunday mafkuraviy bo‘shliq O‘zbekistonda ham namoyon bo‘ldi. Ya'ni deideologizatsiya siyosatiga olib keldi. Ana shu g‘oyaviy bo‘shliqning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
-
Kommunistik mafkura tanazzulga uchrab uning o‘rni bo‘sh qoldi.
-
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topsada, uning mafkurasi ham shakllanmagan edi.
-
O‘tish davrida yangicha qarashlar mustahkam e'tiqodga aylanib ulgirmasdan boshqa yot va begona mafkuralarning xuruji.
-
Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekstremistik kuchlar, terrorchi to‘dalarning mafkuraviy kurashni avj oldirishi va boshqa.
Bu sabablar natijasida mustaqillik yillarida, ayniqsa 1991-2005 yillar davrida mamlakatimizda ekstremistik kuchlar va terrorchi to‘dalar tomonidan amalga oshirilgan buzg‘unchilik, vayronchilik ishlarini misol qilib keltirish mumkin.
XX asr 90-yillarining boshlarida ayrim yoshlar, yurtdoshlarimizning zararli g‘oya va mafkuralar ta'siriga tushib qolish sabablarini Preziden-timiz Islom Karimov asarlari asosida quyidagicha izohlab berish mumkin:
-
Dastlabki yillarda milliy g‘oya, milliy mafkura to‘liq shakllanib, odamlar qalbi va ongiga singib ulgurmagani.
-
O‘zbekiston eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bir qator tabiiy qiyinchiliklarga duch kelishi.
-
Bugungi kunda barcha yoshlarning serdaromad ish bilan ta'minlanmaganligi.
-
Yosh ayrim soddadil yoshlarning ishonuvchanligi tufayli diniy qadriyat-larga intilish tuyg‘usidan ustalik bilan foydalanishi tufayli.
-
Targ‘ibot-tashviqot ishlarining yetarli olib borilmaganligi (bugun bu ishni siyosiy partiyalar «Ma'naviyat va ma'rifat» markazlari, «Kamolot» ijtimoiy yoshlar tashkilotlari va h.k. olib bormoqda).
Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega. Zero, ko‘zlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilishlarni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo‘lmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emas. «Men, - deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk ma'rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir» (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 93-94-betlar).
Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakl-larining xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, ularga g‘oya va ma'rifat bilan qarshi kurashish lozim. Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni saqlab qolish va rivojlantirish yo‘li bilangina qo‘lga kiritilgan istiqlolni himoya qilamiz. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan tarix taqozosi bilan aloqalar kuchli rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, izzat-ikromli munosabat, o‘zaro manfaatli aloqalar esa mustaqillikni mustahkamlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Ana shundagina mintaqamiz hyech qachon sivilizatsiyalar to‘qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ta'sir etib, bir-birini boyitishning ibratli namunasini beradigan makonga aylanadi.
Mafkuraviy ta'sir va tahdidlar haqida gap ketar ekan, ularni aniqlash, baholash, xususiyatlarini yaqqol ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilmiy muomalaga bir qator tushunchalar kiritilganligini qayd etish lozim. Ular qatorida «mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy profilaktika» kabilardir. Ana shu tushuncha-larning mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning xarakterini yanada yaqqolroq tasavvur qilish imkoni tug‘iladi.
Mafkuraviy immunitetni hosil qilish. Mafkuraviy immunitet - ma'naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg‘unchi xarakterdagi g‘oyaviy tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo‘l keladi»22. «Mafkuraviy immunitet» tushunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta'rif bergan (2000 y. 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muhbiri savollariga javoblarida «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» nomli suhbatida): «Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur» (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 494-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |