13-bob Tahorat suvi yetgan joygacha ziynatning yetishi haqida
457/1. Abu Hozim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Abu Hurayra roziyallohu anhu
namoz o‘qish uchun tahorat olayotganlarida men orqalarida edim. U zot qo‘llarini
cho‘zgandilar, hatto qo‘ltiqlarigacha yetib bordi. Men: «Ey
Abu
Hurayra!
Bu
qanaqa
tahorat?»
degan
edim,
Abu
Hurayra roziyallohu anhu: «Ey Farruh bolalari! Sizlar bu
yerda ekansizlar-da, agar bu yerda ekanligingizni bilganimda bu kabi tahorat qilmas
edim. Men do‘stim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Tahorat suvi yetgan
joygacha mo‘minning ziynati yetadi», deganlarini eshitganman», dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |