bo‘lmadi. (Alloh) aytdi: «Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone’lik qildi?» U dedi: «Men
undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding». Alloh aytdi: «Undan
(jannatdan) chiq! Jannatda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! Albatta, sen
haqirlardandirsan». U (Iblis) dedi: «Menga insonlar tiriltiriladigan kungacha muhlat ber!» Alloh dedi:
«Albatta, sen muhlat berilganlardansan». U (Iblis alamidan) dedi: «Qasamyod etamanki, meni
yanglishtirganing tufayli Sening to‘g‘ri yo‘ling (islom dini) uzra odamlarni chalg‘itish uchun o‘tiraman.
So‘ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o‘ng tomonlaridan va so‘l tomonlaridan (chalg‘itish uchun)
kelaman. Natijada ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan». (Alloh) aytdi: «Jannatdan
ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki senga ergashsa, sizlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |