ُﻬَﺗﻮُﺣ ﺎَﻴِﺴَﻧ ﺎَﻤِﻬِﻨْﻴَﺑ َﻊَﻤْﺠَﻣ ﺎَﻐَﻠَﺑ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ ﺎًﺑَﺮَﺳ ِﺮْﺤَﺒْﻟا ﻲِﻓ ُﻪَﻠﻴِﺒَﺳ َﺬَﺨﱠﺗﺎَﻓ ﺎَﻤ ) ٦١ ( «Qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qo‘shiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq) dengiz qa’riga yo‘l oldi».(Kahf, 61.) Yusha’ bu voqe’aga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lsalar-da, Muso (a.s.)ni uyg‘otishga xijolat bo‘lib,
uyg‘onganlaridan so‘ng aytishni dillariga tugib qo‘ydilar. Ammo Muso (a.s.) uyqudan turganlarida esa u kishiga
bo‘lgan voqeani aytish Yusha’ning yodlaridan ko‘tarildi va ikkovlari yo‘lga tushdilar. Yarim kun yo‘l
yurganlaridan so‘ng charchab dam olishga to‘xtadilar.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)