661. Mavlono Alouddin q. s.
Aning asli Ko‘histondindur. Shahrg‘a tahsil uchun kelib, Mavlono Sa’duddin Qoshg‘ariy q. s.
suhbatig‘a musharraf bo‘lubdur. Va sulukka mashg‘ul bo‘lubdur. Va Hazrat Mavlono irshodi bila anga
ko‘p rushd hosil bo‘lubdur. Va’zu samo’ majlisida xushhol bo‘lub, sayhalar tortar ermish. Base
toliblarg‘a faqr tariqi talqini qilur ermish. Ikki haj tashrifig‘a musharraf bo‘lub, anda Shayx Abdulkabir
degan buzurg suhbatig‘a yetib, ko‘p favoyid topibdur. Yoshi yetmish uchga yetib, sakkiz yuz to‘qson
ikkida olamdin o‘tti. Va qabri o‘zining piri Mavlono Sa’duddin q. s. taxti ustidadur. Favtining tarixi
[«Pir raft»]
1
alfozidin topibdurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |