574. Shayx Abu Madyan Mag‘ribiy q. t. s.
Oti Shu’ayb b. Hasan, yo Husayndur. Bu toifaning akobiridindur. Va mashoyixdin ko‘p aning suhbatu
xidmatida tarbiyat topibdurlar. Va alardin biri Hazrat Shayx Muhyiddin Arabiydur. Va musannafotida
aning zikrin ko‘p qilur va haqoyiqu maorifin ko‘p kelturur. Va Imom Yofi’iy debdurki, Yamanning
aksar shuyuxining Shayx Abdulqodirg‘a nisbatlari bor va ba’zining Shayx Abu Madyang‘a nisbatlari
bor. Bu biri Mag‘rib shayxidur va ul biri, ya’ni Shayx Abdulqodir, Mashriq shayxi r. a. va n. b. Hazrat
Maxdum n. m. n. «Futuhot»din naql qilibdurlarki, sohibe debdurki, avliyoning biridin eshittimki,
dediki, bu toifadin biri shaytonni tush ko‘rub, so‘rubdurki, sening holing Shayx Abu Madyan bilaki,
tavhidu tavakkulda imomdur, nechukdur? Dediki, qachon tilasamki, aning ko‘ngliga bir nima
solg‘aymen, anga o‘xsharki, birav muhit daryosig‘a bavl qilg‘ayki, ul nopok bo‘lg‘ay. Ham
«Futuhot»dadurki, xaloyiq iliglarin Shayx Abu Madyang‘a surtub, tabarruk tayammum jihatidin
yuzlariga surtarlar erdi. Shayxdin so‘rdilarki, bu jihatdin o‘z nafsingda hech asar toparsen? Dedi: buki,
Hajar ul-asvadni xaloyiq tabarruk jihatidin o‘parlar, ul o‘zida ne miqdor asar toparki, ani hajariyatdin
chiqarg‘ay, ulki ani avliyoyu anbiyo o‘parlar, men dag‘i o‘shancha asar o‘z nafsimda toparmen va
menda ham ul hukm bor.
Bir kun Shayx Abu Madyan Mag‘rib diyoridin bo‘ynini past qildi va anttikim, [ey Allohim, men
eshitganim va itoat qilganimga seni va farishtalaringni guvoh qilamang]
1
. Ashobe so‘rdilarki, bu
so‘zning sababi ne erdi? Dediki, Shayx Abdulqodir bu kun Bag‘dodda dediki, [bu oyoqlarim har bir
Alloh valiysining bo‘ynidadir]
2
.
Andin so‘ngra, ba’zi ashobi Shayx Abdulqodirning Bag‘doddii keldilar va xabar berdilar. Shayx ul
so‘zni ham ul kun Bag‘dodda dedi. Har qachon Shayx Abu Madyan bu oyatni eshitsa erdiki, [Sizlarga
juda oz ilm berilgandir]
3
, der erdiki, bu oz ilmki, Haq taolo bizga beribdur, bizing emasdur, balki
oriyatdur bizda. Va andin ko‘piga yetishmaydurbiz. Pas, biz johillarbiz, alad-davom.
Bir qatla Shayx Abu Madyan daryo qirog‘ida borur erdi. Jamoate kuffordin ani asir qildilar va
kemalarig‘a kivurdilarki, anda jamoate musulmonlarni asir qilib kivurur erdilar. Va bodbonlar
torttilarkim, mulklarig‘a azimat qilg‘aylar. Kema yeridin qipranmadi, bovujude ulki, azim yel dag‘i
borur erdi. Har necha jahd qildilar, foyda qilmadi. Dedilarki, hamono bu musulmon jihatidindurki, hali
asir qilibbiz, shoyad sohibi botin kishi erkin. Shayxqa ijozat berdilarki, chiq va bor! Shayx dedi: to
barcha musulmonlarni qo‘ymassiz, men ham chiqmasmep! Hech chora topmadilar barchani
qo‘ymoqdin o‘zga va barini Shayxning muborak himmati barakotidin asirlikdin ozod qildilar, filhol
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
185
kemalari ravon bo‘ldi. Ul debdurki, [Haq oshkor bo‘lgan vaqtda undan boshqasi qolmaydi]
4
. Va ham
aning so‘zidurkim, [ko‘ngilning faqat bir qiblasi bordir. Har bir qiblaga yuzlanaversa, boshqasidan
quruq qoladi]
5
. Va ham ul debdurki, [kimning nafsidan bir miqdor qolgan bo‘lsa ham haqiqiy
hurriyatga erisholmaydi]
6
.
Sh ye ‘ r:
[O‘z ra’yingcha botilni inkor ztma, chunki u ham Haq zuhurotlaridan. Xudoning isbotini to‘la anglash
uchun botilni o‘z andozasida tani!]
7
.
Besh yuz to‘qsonda olamdin o‘tubdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |