556. Shayx Abubakr Tusiy va Shayx Malikyor Parron q. s.
Bu ikki buzurgvor Hind mashoyixi kiboridindurlar. Va Jun daryosi yaqosida ikkalasining xonaqohlari
bor erdi. Va doim bir-biri bila musobih erdilar. Bir kun namoz digarga yaqin ikkalasi daryo yaqosida
o‘lturub erdilar. Shayx Abubakr Tusiy Shayx Malikyor Parrong‘a dedikim, kel, to suning ul yuziga
borib namozdigarni ado qilali! Shayx Malikyor dediki, menga xud bu da’vo yarasi yo‘qdur, ammo
sizga chun bu doiya bor, siz boring, to men so‘ngunguzdin kelayin. Shayx Abubakr tayron qildi va
daryoning nari qirog‘ida namozdigar adosig‘a ihrom bog‘ladi. Shayx Malikyor so‘ngradin azimat qildi.
Jun daryo vosi’ erdi, o‘rta yerga yetkuncha g‘urub bo‘lib, namoz bevaqt bo‘lg‘udek erdi, daryo yuziga
musallosin solib, namoz adosig‘a mashg‘ul bo‘ldi. Va Shayx Abubakr boqib turub erdi. Chun
namozdin forig‘ bo‘ldi, uchub, Shayx Abubakr qoshig‘a bordi. Hind mashoyixi tarixida bitibdurlarki,
jinlar Shayx Malikyor Parron qoshida saboq o‘qurlar ermish. Bu ikki buzurgvorning qabrlari Jun
daryosi qirog‘idadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |