531. Xoja Mahmud Mo‘ydo‘z r. t.
Dard va so‘zluq darvesh erdi. Bir qatla ko‘chaning oxir tarafidaki, hanuz o‘rnidin qo‘pmaydur
erdikim, bir darvesh bu baytni o‘qidikim,
b a y t:
[Yor diydorini istasang darhol to‘xta va qonli yosh to‘kkin, zero u oy yuzli o‘zini ko‘rsatmog‘i
dushvor]
1
.
Eshitgach anga holate yuzlandikim, qichqirib o‘rnidin qo‘pti va o‘zin tufrog‘larg‘a urdi va azim qalqu
iztirob anga yuzlandi va suluk ixtiyor qildi. Va andin so‘ngra hargiz ostiga nima solib yotmadi.
Derlarki, Dehlida go‘yandae bor ermish, Mahmud Kabir otlig‘. Va ul shart qilib erdiki, har naqshu
amal tasnif qilsa, ani Qoziy Hamiduddin qabrig‘a borib, niyozmandlig‘ bila aytqay va andin so‘ngra
elga arz qilg‘ay va suhbat bergay. Bir kun bir ish tasnif qilib, mashrut dastur bila Qozi hazirasig‘a
bordi ittifoqan Xoja Mahmud ul hazira tavofida erdi. Chun tavajjuhdin o‘z holiga keldi, ko‘rdikim,
birav turubdur va ul Mahmud Kabir mug‘anniy erdi. Xoja Mahmud anga mutavajjih bo‘lub, dedikim,
Qozi aytadurki, yasag‘on ishingni ayt! Ul tavajjuh yuzidin aytti va elga xushvaqtlik yuzlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |