473. Shayx Majduddin Bag‘dodiy q. s.
Kuniyati Abu Saiddur va oti Majduddin Sharaf b. Muayyad b. Abulfath Bag‘dodiy r. Asli
Bag‘doddindur. Xorazmshoh Bag‘dod xalifasidin tabibe tiladi. Aning otasin yubordi. Va ba’zi
debdurlarki, Bag‘dodedindurki, Xorazm kentlaridindur. Va ul sultonning muqarriblaridin erdi. Shayx
Ruknuddin Alouddavla q. s. buyurubdurki, ulki derlar amrad ermish, Hazrat Shayx xidmatig‘a
yetibdur, xilof voqe’dur. Yoshga yetgan uluq yigit erdi, ammo latif surati va hay’ati bor erdi. Hazrat
Shayx ani avval mutavazzo xidmatyag‘a amr qildi. Volidasi eshitti va ul tabibae erdi va Hazrat Shayx
ham tabib erdilar, aytib yubordikim, farvand Majdudduig‘a xidmate buyurg‘an ermishsiz va ul nozuk
kishidur, agar murod ul xidmatdur, men o‘n turk qul yuborayin, to ul xidmatni bajo kelturgaylar va
anga o‘zga xizmate buyuring! Shayx dedilarki, anga aytingki, men eshitibmenki, tib ilmin bilursen,
sendin bu so‘z ajabdur. Agar sening o‘g‘lungg‘a safroviy isitma tashvish bersa, men doru ul qullarg‘a
bersam, ul sihhat toparmu? Ul javob topmadi. Bu nav’ tarbiyatkim, Hazrat Shayx q. s. Shayx
Majdudding‘a bunyod qildilar. Bir necha vaqtdin so‘ngrakim, riyozatlar tortib suluklar qildi, oliy
marotib hosil qilib, buyuk maqomlarg‘a qadam qo‘ydi. Derlarki, Shayx Majduddin bir kun darveshlar
bila o‘lturub erdi. Anga sakre g‘olib bo‘ldi. Dedi: biz o‘rdak bayzasi erduk daryo qirog‘ida va Shayx
qushe erdiki, qanoti ostida bizni parvarish berib tarbiyat qildi, to ul bayzadin chiqtuq. Chun o‘rdak
bolasi erduk, daryog‘a kirduk va Shayx qiroqqa qoldi. Va Hazrat Shayx karomat nuri bila ul so‘zga
voqif bo‘ldilar va muborak tillarig‘a keldiki daryoda o‘lgay. Shayx Majduddin bu so‘zni eshitib
qo‘rqdi va Shayx Sa’duddin Hummuyiy qoshig‘a kelib ko‘p tazarru’ qildikim, bir kunki Hazrat
Shayxning vaqtlarin xush topsang, manga xabar qil, to hazratlarig‘a kelib uzr qilay! Bir kunki, Shayx
hazratlari samo’da xushhol bo‘lub erdilar. Shayx Sa’duddin Shayx Majdudding‘a xabar qildi. Ul ayog‘
yalang keldi va bir tashtda o‘t to‘ldurub, boshig‘a ko‘tarib, kashfgohda turdi. Chun Shayx
Hazratlarining muborak nazari anga tushti, dedilarki, chun darveshlar tariqi bila parishon so‘zung uzrin
qilasen. Imon va din salomat eltting, ammo boshing borg‘ay va daryoda o‘lg‘aysen va biz ham sening
boshingg‘a borg‘aybiz va sardorlar boshi va Xorazm maliki sening boshingda borg‘ay va olam xarob
bo‘lg‘ay. Shayx Majduddin, Shayx hazratlarining muborak oyog‘larig‘a tushti. Va oz fursatda Hazrat
Shayxning muborak nafasi zohir bo‘ldi. Shayx Majduddin Xorazmda va’z aytur erdi va
Xorazmshohning onasi va’zig‘a borur erdi. Va jamila zaifa erdi. Dushmanlar fursat asradilar va
Xorazmshoh mast ekanda, anga ayttilarki, onang Imom Abu Hanifa mazhabi bila Shayx
Majduddinning nikohig‘a kiribdur. Sulton bag‘oyat mutyag‘ayyir bo‘ldi va buyurdikim, Shayx
Majduddinni Jayhun suyig‘a soldilar. Har ne Xorazmshoh va Xorazm axli va o‘zi bobida va olamning
xarob bo‘luri sababida Hazrat Shayx, deb erdi, barcha vujud tutti. Chun Shayx Majduddinni olti yuz
yettida, yo olti yuz o‘n oltida shahid qildilar, xotuni Nishoburdin erdi, ani Nishoburg‘a naql qiddi va
andin sakkiz yuz uchda Isfaroing‘a naql qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |