www.ziyouz.com kutubxonasi
67
O‘ttizinchi gunohi kabira
YETIM MOLINI YEYISH VA UNGA ZULM QILISH
Alloh taolo shunday deydi:
«Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak-
shubhasiz, qorinlariga olovni yegan bo‘lurlar. Va, albatta, do‘zaxga kirajaklar!»
(Niso surasi, 10).
Yetimlarning mollarini nohaq yeydigan kimsalar aslida olov yegan bo‘lib, qiyomat kuni
qorinlarida alangalanib turadi.
Suddiy rahmatullohi alayh aytganlar: «Yetim molini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsa
qiyomat kunida qayta tirilganida, olov alangasi uning og‘zi, burni, quloq va ko‘zlaridan
chiqib turadi. Uni ko‘rgan har bir odam u yetim molini yeganini darhol bilib oladi».
Alloh taolo yetim moli haqida:
Do'stlaringiz bilan baham: |