Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


  “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

3.  “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni 

va tarkibi 

Keyingi  yillarda  ham  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosining  me’yoriy-huquqiy 

asoslarini  mustahkamlashga  qaratilgan  qator  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Bu 

borada O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 88-sonli (22.11.2016) buyrug’i 

bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2850-

son  (22.12.2016)  bilan  ro’yxatga  olingan  “Byudjet  tizimi  byudjetlarining  g’azna 

ijrosi  qoidalari”ning  qabul  qilinishi  muhim  qadam  bo’lib  xizmat  qildi.  Mazkur 

“Qoidalar”  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  va  uning 

hududiy  bo’linmalari  tomonidan  respublika  va  hududiy  g’azna  hisobvaraqlarini 

qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va 

mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi.  

Ushbu “Qoidalar”  quyidagilarni belgilab berdi:  

  G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari  tomonidan  respublika 



va hududiy g’azna hisobraqamlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti, 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlarning  g’azna 

ijrosini amalga oshirish tartibini;  

  respublika 



g’azna 

hisobraqami 

va 

hududiy 

g’azna 

hisobraqamlarini yuritish tartiblarini,  

  Respublika  byudjeti,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va 



mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,  

  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlar  smetalarini  va 



ularga  o’zgartirishlarni  g’aznachilik  bo’linmalariga  taqdim  etish 

tartiblarini,  

  yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini,  



byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  byudjetdan  tashqari  mablag’lari 

hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar 

       G’aznachilik    organlari  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  tovar  (ish, 

xizmat)lar etkazib beruvchilar (keyingi o’rinlarda – mahsulot etkazib beruvchilar) 

bilan  shartnomalarini,  shu  jumladan  kapital  qurilish  bo’yicha  buyurtmachilarning 

shartnomalarini  ro’yxatga  olish,  O’zbekiston  Respublikasining  kafolatlarini  ijro 

etish,  tegishli  byudjetlar  xarajatlarining  to’lanishi,  shu  jumladan  g’azna 



118 

 

hisobvaraqlaridan  byudjet  ssudalari,  subventsiya  va  dotatsiyalar  g’aznachilik 



bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 

G’azna hisobvaraqlaridan foydalanib, g’azna ijrosi bilan qamrab olinadigan 

byudjetlar, xarajat guruhlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar, shu jumladan kapital 

qurilish  buyurtmachilarining  ro’yxati  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

tomonidan belgilanadi. 

          Naqd  pul  mablag’larini  olish  uchun,  shu  jumladan  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilarning  xodimlariga  ish  haqi  to’lash,  xizmat  safari  va  qonunchilikda 

nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to’lash uchun g’aznachilik 

bo’linmalari  tomonidan  tijorat  banklarda  23212  “Moliya  vazirligi  G’aznachiligi 

mablag’lari”  va  23214  “G’aznachilikning  hududiy  bo’linmalari  mablag’lari” 

hisobvaraqlari ochiladi.  

      Davlat byudjeti g’azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va taqdim 

etish qonunchilikda o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 

tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo’yicha amalga oshiriladi. 

G’azna  hisobvaraqlari  orqali  xizmat  ko’rsatiladigan  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilar xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risidagi davriy hisobot (1- OX shakl va 2-

shakl) ni yuqori tashkilot va tegishli moliya organlariga taqdim etgunga qadar, uni 

xizmat  ko’rsatuvchi  g’aznachilik  bo’linmalari  bilan  tegishli  davrda  g’aznachilik 

bo’linmalari  tomonidan  amalga  oshirilgan  kassa  xarajatlari  va  aniqlangan  rejali 

byudjetdan  ajratilgan  mablag’lar  to’g’risidagi  hisobot  ma’lumotlariga  mosligiga 

taqqoslanadi  (byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  hisobotlari  g’aznachilik 

bo’linmalarining  buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  vakolatli  xodimlari  tomonidan 

belgilangan shakldagi shtamp qo’yilib, imzolanadi). 

      Davlat byudjetiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar 

va boshqa majburiy to’lovlar banklar

 

tomonidan o’rnatilgan tartibda qabul qilinadi 



va  23402  (005)  “Respublika  byudjetining  mablag’lari”  hisobvarag’iga  kirim 

qilinadi  hamda  belgilangan  me’yorlarga  muvofiq,  banklarda  ochilgan  tegishli 

byudjetlarning g’azna hisobvaraqlariga ajratiladi. 



119 

 

      Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlari  to’lovi  moliya  yili  uchun 



ajratilgan  byudjet  mablag’lari  doirasida,  tasdiqlangan  (aniqlangan)  xarajatlar 

smetalari,  shuningdek mazkur  Qoidalarga muvofiq  ro’yxatga olingan,  byudjetdan 

mablag’  oluvchilarning  mahsulot  etkazib  beruvchilar  bilan  tuzgan  shartnomalari 

asosida: 

-  respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  bo’yicha  – 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  yoki  uning 

hududiy bo’linmalari tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda; 

-  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  yoki  mahalliy  byudjetlardan 

moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  bo’yicha  –  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi  G’aznachiligining  hududiy  g’aznachilik  bo’linmalari 

tomonidan amalga oshirilishi ushbu qoidalarda belgilab berildi. 

“Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”ga ko’ra byudjetdan 

mablag’  oluvchilar  tomonidan  byudjet  mablag’larining  maqsadli  ishlatilishi 

ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 

Nazorat-taftish  bosh  boshqarmasi  va  uning  hududiy  bo’linmalari  tomonidan 

amalga oshirilishi tartibi belgilangan. 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  rahbarlari  va  bosh  hisobchilari 

qonunchilikka muvofiq: 

- byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga; 

-  mahsulot  etkazib  beruvchilar  bilan  tuzilgan  shartnomalarning  to’g’ri 

rasmiylashtirilishi va asosliligi va ularning qonunchilikka muvofiqligiga; 

-  IV  guruh  mablag’lari  hisobidan  olinadigan  naqd  pul  mablag’larining 

asosliligi hamda maqsadli ishlatilishining ta’minlanishiga; 

-  g’aznachilik  bo’linmalariga  taqdim  qilinadigan  tovar  (ish,  xizmat)lar 

etkazib  berilganligini  tasdiqlovchi  birlamchi  hujjatlar  va  boshqa  hujjatlarning, 

g’azna hisobvarag’idan amalga oshirish uchun to’lov topshiriqnomalar va naqd pul 

uchun so’rovnomalarning haqqoniyligiga; 

- chek daftarchalarining saqlanishiga; 




120 

 

- mahsulot etkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikning to’g’ri aniqlanishiga 



javobgarliklari  mazkur “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”da 

asoslangan. 

Shuningdek    “Byudjet  tizimi  byudjetlarining  g’azna  ijrosi  Qoidalari”larda 

G’aznachilik bo’linmalarining vakolatlari  belgilangan

36



- g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan yuridik 



majburiyatlar,  shuningdek  ularga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  ular  g’aznachilik 

bo’linmalarida  ro’yxatdan  o’tkazilganidan  so’ng  kuchga  kiradi.  Bunda  yuridik 

majburiyatlar 

yuzaga 


kelganligini 

tasdiqlovchi 

hujjatlar 

g’aznachilik 

bo’linmalarida  ro’yxatdan  o’tkazish  uchun  joriy  moliya  yilining  25  dekabridan 

kechiktirmay taqdim qilinishini talab qilishga;

  

-  g’aznachilik  bo’linmalari  “Byudjet  tizimi  byudjetlarining  g’azna  ijrosi 



Qoidalari”ga  muvofiq  shakldagi  to’lov  topshiriqnomalari  va  g’azna  memorial 

orderlari asosida to’lovlarni amalga oshirishiga; 

- g’aznachilik bo’linmalari imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidan 

buyurtmachilar  va  kapital  qo’yilma  buyurtmachilarining  yuridik  va  moliyaviy 

majburiyatlarini ro’yxatdan o’tkazishda va hisobga olishda, shuningdek to’lovlarni 

amalga oshirishda ulardagi imzolar va muhr izini imzolar namunalari va muhr izi 

kartochkasida  ko’rsatilgan  imzolar  va  muhr  izi  namunalariga  solishtirishda 

foydalanishiga; 

-  qonunchilikka  muvofiq  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  ro’yxatga 

olingan  shartnomalarini  xarajatlar  smetalarida,  shuningdek  kapital  qurilish 

xarajatlari bo’yicha esa - qurilish ob’ektlarining oylik yoyilmalari bo’yicha (Davlat 

byudjeti  hisobidan  kapital  qurilish  ob’eklari  bo’yicha  xarajatlar  smetalarida) 

nazarda  tutilgan  rejali  ajratilgan  byudjet  mablag’lariga  muvofiqligiga  va  mazkur 

Qoidalarning  talablariga  muvofiqligiga  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning 

xarajatlari to’lovi ustidan nazoratning to’g’ri amalga oshirilishiga; 

                               

36

    “O’zbekiston  Respublikasi  byudjet  tizimi  byudjetlarining  g’azna  ijrosi  Qoidalari”  O’zbekiston 



Respublikasi  moliya  vazirining  2016  yil  22  noyabrdagi  88-son 

buyrug’iga

  ko’ra  O’zbekiston 

Respublikasi  adliya  vazirligi  tomonidan  2016  yil  22  dekabrda  ro’yxatdan  o’tkazildi,  ro’yxat  raqami 

№2580 



121 

 

-  elektron  to’lov    topshiriqnomalarning  “G’aznachilik”  dasturiy  majmuida 



to’g’ri  shakllantirilishi  va  ular  to’lovini  “Bank-mijoz”  dasturiy  majmui  orqali 

amalga  oshirilishiga,  naqd  pul  mablag’lari  olish  uchun  cheklarning  mazkur 

Qoidalar  va  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  me’yoriy  hujjatlari 

talablariga muvofiq to’g’ri rasmiylashtirilishiga . 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish