Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

2.  Byudjet Kodeksi - davlat byudjeti g’azna ijrosining huquqiy asosi 

Shuni  alohida  ta’kidlash  zarurki,  byudjet  qonunchiligini  yanada 

rivojlantirish  va  takomillashtirish  asosida  byudjet  faoliyatini  rivojlantirish  davlat 

moliyasini  boshqarish  tizimini  isloh  qilishning  asosiy  yo’nalishlaridan  biri 

hisoblanadi.  Ma’lumki,  2000  yil  14  dekabrda  “Byudjet  tizimi  to’g’risida”gi 

O’zbekiston  Respublikasi  Qonunining  qabul  qilinganidan  beri  o’tgan  davr 

mobaynida byudjet amaliyotida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi, ular: 

  davlat byudjeti g’azna ijrosining joriy etilishi; 

  bir qator davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa nobyudjet fondlarining 

tuzilishi va amal qilishi; 

  byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  qo’shimcha  mablag’larni 

jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi; 

  byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi; 



114 

 

  yangi  tahrirdagi  O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksining  qabul 



qilinishi  va  amalga  kiritilishi  va  boshqa  holatlar  bilan  bog’liq  bo’lib,  byudjet 

qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.  

Natijada  amaldagi  “Byudjet  tizimi  to’g’risida”gi  hamda  “Davlat 

byudjetining  g’azna  ijrosi  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonunlarida 

belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida 

o’z aksini topdi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ushbu  Kodeks  O’zbekiston  Respublikasining  byudjet  tizimi  byudjetlarini 

shakllantirish,  tuzish,  ko’rib  chiqish,  qabul  qilish,  tasdiqlash,  ijro  etish,  davlat 

tomonidan  mablag’  jalb  qilish  va  byudjet  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  ijrosini 

nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.  

Byudjet  Kodeksi  byudjet  jarayonini  xalqaro  amaliyot  tajribalaridan  kelib 

chiqqan  holda  tartibga  solish,  byudjet  amaliyotida  mavjud  bo’lgan  ziddiyatlarni 

bartaraf  etish,  eskirgan  tartib-qoidalarni  bekor  qilish,  byudjet  jarayonini  tashkil 

etishdagi me’yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini 

tizimlashtirish  maqsadida  ishlab  chiqildi.  Byudjet  Kodeksining  g’aznachilik 

faoliyati  bilan  bog’liq  alohida  qismi  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosini  tashkil  etish, 

yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlarni  ro’yxatga  olish,  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilar  xarajatlari  to’lovini  amalga  oshirish,  davlat  xaridlarini  tashkil  qilish, 

Byudjet 

tizimidagi 

islohotlar 

doirasida  2014  yildan  boshlab 

O’zbekiston  Respublikasida  amalga 

kiritilgan  Byudjet  Kodeksi  davlat 

moliyasini  boshqarishning  huquqiy 

asoslarini  yanada  mustahkamlash, 

byudjet  siyosatining  ustuvorliklarini 

belgilab 

olish, 

byudjet 

mablag’laridan 

foydalanish 

samaradorligini  oshirish  va  davlat 

xizmatlarini  taqdim  etish  sifatini 



115 

 

G’aznachilikning  yagona  g’azna  hisobraqamini  yuritish  kabi  masalalarni  tartibga 



solishga qaratilgan.  

Xalqaro tajribada, Byudjet kodeksi – ma’lum bir mamlakat byudjet tizimining 

asoslarini,  uning  tuzilishi,  umumiy  printsiplarini,  turli  darajadagi  byudjetlar 

va  ularning  vakolatlarini,  byudjet  jarayoni  asoslari  va  byudjetlararo 

munosabatlarni,  byudjet  qonunchiligini  buzganlik  uchun  javobgarlik 

choralarini belgilovchi qonun hujjati hisoblanadi

33

Byudjet kodeksining  qabul  qilinishi amaldagi  Soliq kodeksi bilan  birgalikda 

davlat  moliyasining  yagona  birxillashtirilgan,  xalqaro  standartlarga  mos  bo’lgan 

qonunchilik  bazasini  shakllantirishga,  byudjet  sohasidagi  huquqiy munosabatlarni 

tizimlashtirishga, shuningdek, byudjet jarayonining hamma bosqich va darajalarida 

yagona  huquqiy  normalar  va  yondashuvlar  qo’llanilishini,  mamlakat  byudjet 

tizimining ochiq-oshkoraligini va barqarorligini ta’minlashga imkon beradi. 

 

 



AQSh  Kongressida  har  bir  federal  hudud  bo’yicha  tasdiqlangan  byudjet 

ijrosini  nazorat  qiluvchi  qo’mita  mavjud.  Kongressmenlar  boshqaruv 

jarayoniga  aralashish  huquqiga  ega  emas,  birok,  solik,  to’lovchilarning 

mablag’larining  “Federal  byudjet  to’g’risida”gi  qonunga  muvofiq,  xarajat 

qilinishini kuzatib boradilar. Federal vazirliklar va shtatlarning hukumatlari, 

ma’muriy  protsessual  kodeks  asosida  ajratilgan  byudjet  mablag’larini 

belgilangan  huquqiy  jarayon  doirasida  taqsimlaydilar.  Bu  ochiq  ovozga 

quyish  yo’li  bilan  aniqlab  olinadi.  Bunda  Kongressda  loyihalar  ovozga 

qo’yiladi va ishtirokchilarni qarshi yoki tarafdorligi orqali tasdiqlanadi

34

Byudjet  Kodeksining  7-bobi  byudjet  tizimi  byudjetlarining  ijrosini  tavsiflab, 

byudjet  tizimi  byudjetlarining  ijrosi  byudjet  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarida 

belgilangan,  byudjet  tizimi  byudjetlari  daromadlarining  tushishini  ta’minlash  va 

                               

33

  Public  financial  management  and  its  emerging  architecture  /  editors,  Marco  Cangiano,  Teresa 



Curristine, and Michel Lazare – Washington, D.C. : International Monetary Fund, 2013.- 437 pages 

34

 Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.-9th ed. 2013.- 656 pages 




116 

 

xarajatlarini  amalga  oshirishni,  shuningdek  ularning  ijrosi  bilan  bog’liq 



operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  respublika  byudjetining,  davlat  maqsadli 

jamg’armalari byudjetlarining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

tomonidan ta’minlanadi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetining,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlarining  ijrosi  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  tumanlar  va  shaharlar  hokimliklari  tomonidan 

ta’minlanadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  axborot  tizimida 

byudjet  tizimi  byudjetlari,  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilar 

uchun  shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlari  ochiladi

35

.  Byudjet  Kodeksining  111-



moddasiga  asosan  Yagona  g’azna  hisobvarag’i  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  tomonidan  boshqariladigan  maxsus  bank  hisobvarag’i  bo’lib,  unga 

byudjet  tizimi  byudjetlarining  daromadlari  va  boshqa  tushumlari  kiritiladi  hamda 

undan  mazkur  byudjetlarning  xarajatlari  to’lanadi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda 

o’zga  bank  hisobvaraqlari  ochish  huquqiga  ega.  Yagona  g’azna  hisobvarag’i 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankida  ochiladi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligining  bank  hisobvaraqlaridan  mablag’larning  so’zsiz  tartibda 

hisobdan chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi. 

Byudjet  Kodeksining  113- 116  moddalarida  shaxsiy  g’azna  hisobraqamlarini 

ochish  va  yuritish  tartiblari  belgilangan.  Shuningdek,  kodeksda  byudjet 

daromadlari  va  xarajatlari  ijrosini  ta’minlash,  byudjet  tizimi  byudjetlari  o’rtasida 

tushumlarni  taqsimlash,byudjet  hisobi  va  hisobotini  yuritish  tartiblari,  davlat 

moliyaviy nazoratini huquqiy asoslari belgilangan. 

  

                               



35

 O’zbekiston Respublikasi Byudet Kodeksining 109- moddasi asosida 




117 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish