Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362
Bog'liq
G'aznachilik

byudjet darajalari tasnifi Davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi munosabati 

bilan  kiritilgan  bo‘lib,  o‘zi  bilan  mablag‘lar  manbalari  (Davlat  byudjeti,  Davlat 

maqsadli  jamg‘armalari  mablag‘lari,  boshqa  byudjetdan  tashqari  Davlatning 

jamg‘armalari,  grantlar,  kreditlar)ni 

O‘zbekistonning  ma’muriy-hududiy 

tuzilmalari  darajalari  bo‘yicha  guruhlanishini  namoyon  etadi  va  davlat  byudjeti 

xarajatlarini  ularni  tashkil  topish  joy  (hudud,  tuman,  shahar)lariga  daxl  etishga 

imkon beradi. 

Davlat byudjetning barcha xarajatlari har bir byudjet oluvchi uchun o‘zining 

qat’iy  yo‘nalishiga  ega.  Bu  yo‘nalish  byudjet  tasnifi  kodlariga  ega:  bob,  bo‘lim, 

bo‘linma,  maqsadli  bo‘linma,  xarajat  turi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  har  bir 

byudjet  oluvchiga  bir  necha  shaxsiy  hisobraqam  ochiladi.  Har  bir  hisob  raqam 

bo‘yicha iqtisodiy tasnifga asosan bir necha yo‘nalish beriladi.  

G‘aznachilikda ijroning samaradorligi uchun axborot tizimi asosida byudjet 

tasnifidan ham foydalaniladi. 

Iqtisodiyotni  tubdan  isloh  qilish  iqtisodiyotni  rivojlanishiga  alohida  ta’sir 

ko‘rsatuvchi  byudjet  tasnifi  tizimni  batafsil  mukammallashtirishni  talab  qiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  yangi  byudjet  tasnifini  shakllantirishda  jahon 

tajribasidan  va  amaldagi  xalqaro  andozalardan  foydalanish  masalasi  muhim 

hisoblanadi.  O‘zbekiston  Respublikasining  byudjet  tasnifi  tarkibiga  dasturiy 

tasnifni  kiritish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Dastur  doirasidagi  har  bir  tadbirga 

xarajatlar  alohida  ko‘rsatiladi.  Bevosita  byudjetda  baholash  mezonlarining 

mohiyati  ochiladi.  Byudjet  tasnifi  shu  dastur  doirasida  moliyalashtirilayotgan 

ob’ekt  yoki  xizmatning  holatini  va  dastur  yakunlanganda  erishilishi 

rejalashtirilayotgan holatni aks ettiradi. 



817 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G‘aznachiligining  rivojlanish 



darajasi  juda  yuqori,  davlat  moliyasini  boshqarishda  g‘aznachilik  organlari 

zimmasiga  yuklatilgan  vazifalar  yildan-yilga  takomillashtiriladi.  G‘aznachilik 

tizimida  byudjet  tasnifi  tizimiga  asoslangan  davlatning  moliyaviy  nazorati 

kuchaytiriladi.  O‘zbekiston  Respubliksida  davlat  byudjetini  boshqarishni 

takomillashtirish, 

byudjet 


jarayonini 

tizimlashtirish, 

byudjet 

tasnifini 

mukammallashtirish  bo‘yicha  nazariy  ishlanmalar  va  amaliy  asoslarning  sezilarli 

darajada  zamon  talabidan  ortda  qolmasligi  uchun  byudjet  tasnifi  bo‘yicha  aniq 

tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish zarur. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-sonli 

buyrug‘i  bilan  (2010  yil  11  oktyabrda  2146-raqami  bilan  ro‘yxatga  olingan) 

O‘zbekiston  Respublikasi  byudjet  tasnifini  qo‘llash  bo‘yicha  Yo‘riqnoma 

tasdiqlandi.  Ushbu  hujjat  milliy  byudjet  tasnifini  davlat  moliyasi  tasnifining 

xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2011 

yilning 1 yanvaridan amalga kiritildi. 

Ma’lumki, byudjet tasnifi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari 

byudjetlaridan  mablag‘  oluvchi  tashkilotlarga  qo‘llaniladi  hamda  davlat  byudjeti 

va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish 

va  ijro  qilish,  shuningdek,  davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg‘armalari 

byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi. 

Ushbu  hujjatning  afzalliklari  va  muhim  jihatlarini  quyidagi  asosiy 

yo‘nalishlar bo‘yicha ochib berish mumkin (8.3.-Rasm):  




818 

 

 



5-rasm. Yo‘riqnomaning afzalliklari va muhim jihatlari 

Davlat  byudjeti  daromadlarining  tasnifi  barcha  darajadagi  byudjetlar 

daromadlari,  davlat  maqsadli  jamg‘armalari  hamda  byudjet  tashkilotlarining 

byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat. 

Byudjet  tizimidagi  islohotlar  byudjet  tasnifining  takomillashuvini  taqozo 

etadi.  Mustaqil  davlat  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasida  mustaqil  davlat 

byudjeti,  ma’lum  darajada  shakllangan  va  iqtisodiy  taraqqiyotning  har  bir 

bosqichida 

takomillashib 

borayotgan 

byudjet 

qonunchiligi, 

byudjet 

munosabatlarini tashkil etish tamoyillari, aloxida vakolatlarga ega bo‘lgan byudjet 

tizimini boshqarish organlari mavjud. 

Byudjet amaliyotida qo‘llanilayotgan byudjet tasnifi ham doimo o‘zgarib va 

takomillashib bormoqda.  

Avval  amal  qilib  kelgan  tasnif  tizimini  makroiqtisodiy  boshqaruviga 

moslashmaganligi,  xalqaro  tasniflash  tizimlari  bilan  muvofiq  emasligi,  asosan, 

rejali  iqtisodiyot  tamoyillaridan  kelib  chiqqan  holda  ishlab  chiqilganligi  bilan 

xarakterlanadi.  Bugungi kunda  davlat  byudjetining  g‘azna ijrosi  tizimi  jarayonida 

amalga oshirilayotgan tadbirlar amaldagi byudjet tasnifini ham takomillashtirishni 

taqozo etadi.  

Xorijiy  mamlakatlar  byudjet  tizimining  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki, 

daromadlarning  shakllanishi  va  ulardan  foydalanish  yo‘nalishlari  tarkibiga  ko‘ra 



819 

 

byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega.  Yagona  byudjet 



tizimi  doirasida  daromadlar  va  xarajatlarni  rejalashtirish  va  prognoz  qilish 

jarayonida, daromadlar va xarajatlarning tasnifi juda kata ahamiyatga ega.  

Ko‘pchilik  xorijiy  mamlakatlarning  byudjet  tasnifi  Xalqaro  valyuta 

jamg‘armasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  Davlat  moliyasining  xalqaro  statistika 

standartlari  asosida  ishlab  chiqilgan.  Byudjet  amaliyotida  yuz  berayotgan 

o‘zgarishlar – byudjet ijrosining g‘aznachilik tizimiga o‘tilishi, yagona byudjet va 

hisob tizimining ishlab chiqilishi yangi byudjet tasnifini ishlab chiqish va kiritishni 

taqozo etmoqda. 

Rossiya  Federatsiyasida  Federal  byudjetni  tuzish  va  ijro  etish  bo‘yicha 

asosiy  metodologik  hujjat  bo‘lib  byudjet  tasnifi  xizmat  qiladi.  Byudjet  tasnifi  – 

byudjet  tizimining  barcha  darajalaridagi  byudjetlari  daromadlari  va  xarajatlarini, 

shuningdek,  ushbu  byudjetlarning  taqchilliklarini  moliyalashtirish  manbalari  va 

davlat  qarzi  turlarini  bir  xil  belgi  bo‘yicha  qonunga  muvofiq  guruhlash  bo‘lib, 

undan byudjetlarni tuzish va ijro etishda tasnif ob’ektlariga guruh kodlarini berish 

orqali  foydalaniladi.  Tasnif  barcha  darajadagi  byudjetlar  ko‘rsatkichlarining 

qiyosiyligini,  ularni  iqtisodiy  va  statistik  tahlil  qilish  imkoniyatini  ta’minlaydi. 

Rossiya  Federatsiyasi  G‘aznachiligining  asosiy  vazifalari  va  funksiyalar 

G‘aznachilikka  oid  tegishli  qo‘llanma  va  yo‘riqnomalarni  ishlab  chiqish,  byudjet 

tasnifini takomillashtirish loyihasini tayyorlashdan iborat. 

Rossiya  Federatsiyasi  byudjeti  jarayoniga  «natijaviylikka  yo‘naltirilgan 

byudjetlashtirish»ni  kiritish,  byudjetni  rejalashtirishni  maqsadli  dasturlar  uslubini 

mukammallashtirish,  byudjet  tasnifini  takomillashtirish  bilan  bog‘liq.  Shu 

maqsadda  byudjet  tasnifi  tarkibiga dasturiy  tasnif  kiritiladi.  Rossiya Federatsiyasi 

byudjetlari  xarajatlarining  funksional  tasnifi  xarajatlarning  turi  hamda  maqsadli 

moddalari hududiy va mahalliy byudjetlar qismi byudjet to‘g‘risidagi qonun bilan 

tasdiqlanadi.  Xarajatlar  moddalari  maqsadli  moddalar  tarkibiga  dastur  va  kichik 

dasturlar  kodlarini  kiritiladi.  Byudjet  xarajatlari  tasnifining  dasturini 

shakllantirishning  asosi  deb  baholash  mumkin.  Dasturiy  tasnif  o‘rta  muddatli 

dasturlash  doirasida  natijaviylikka  asoslangan  byudjetlashtirishning  ajralmas 



820 

 

qismidir.  Byudjetlashtirish  ko‘rsatilgan  modelini  ishlatishga  o‘tish  Rossiya 



Federatsiyasining  2004-2018  yillar  byudjet  jarayonini  isloh  qilish  ishlarining 

muhim masalasidir. G‘aznachilik sharoitida Rossiya Federatsiyasi byudjet tasnifida 

o‘ziga  xos  xususiyatlar  mavjud.  Federal  byudjetning  barcha  sohalari,  bosqichlari 

va jarayonlarini qamrab olgan. 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish