26-modda. Texnik jihatdan tartibga solish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Texnik jihatdan tartibga solish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo‗ladi.
27-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‗lgan o‗z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta
ko‗rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta‘minlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran kuchga kiradi.
Nazorat savollari. 1.
«Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan?
2.
Texnik reglamentlar va ularning turlari.
REJA: 1. Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi. 2. Xalqaro texnik jihatdan tartibga solish tizimlari. Tayanch so‘z va iboralar: texnik jihatdan tartibga solish, texnik reglament, maxsus texnik
reglament.
Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi. Respublikamizning iqtisodiyot infratuzilmasida xalqaro jamiyatga integratsiyalash borasida
salmoqli ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa — savdodagi mavjud bo‘lgan
texnik to‘siqlarni bartaraf etilishidir. Shu bois, texnik jixatdan tartibga solish buyicha olib
borilayotgan faoliyat uta muxim axamiyatga ega. Aytib utish joizki, texnik talablarni oqilona
qullanilishi, ishlab chiqdriladigan maxsulotlarni raqobat bardoshligiga ko‘maklashishga olib keladi.
Uzbekistan Respublikasini Xalqaro savdo tashkiloti (XST)ga a‘zo bulishi uchun amaldagi milliy
qonunchilikni xalkaro talablarga muvofiklashtirish buyicha tegishli kelishuvlarda belgilangan
talablarni bajarish, ya‘ni savdodagi texnik tusiqlar buyicha qonunchilikni uygunlashtirilishi
lozimdir. Xalaro tajribada maxsulot, xizmatlar va ishlarga bulgan majburiy talablar texnik
reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlarga tegishli bulgan qonunlar, direktivalar va
xukumat idoralari tomonidan berilgan farmoyishlar kiradi. Standartlar talablari esa majburiy
emas. Shu sababli texnik reglamentlar amaldagi qonunchilikni bir qismi deb xisoblasa bo‘ladi.
Davlatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlarida texnik jixatdan tartibga solish buyicha xalkaro
talablar XSTning savdodagi texnik tusiqlar buyicha Kelishuvida belgilangan.
Kelishuvga kura XSTga a‘zo davlatlarda ikki darajali MXlar (texnik reglamentlar va
standartlar)ni uz ichiga oluvchi texnik jixatdan tartibga solish tizimlari faoliyat kursatishi kerak:
«Texnik reglamentlar — ijrosi majburiy bulgan, maxsulotlar va ular bilan boglik,
jarayonlarning xarakteristikalarini, ma‘muriy talablarni uz ichiga olgan xujjat. Unda