58
O‘lchashlarni bajarish metodikalari o‘lchashlar birliligini ta‘minlash tizimining zarur va
muhim tashkil etuvchisidir. O‘z DSt 8.010.1:2002 "O‘z O‘DT. Metrologiya. Atamalar va ta‘riflar.
Asosiy va umumiy atamalar" standartida o‘lchashlarni bajarish metodikasi o‘lchashlardagi
ishlar va
qoidalarning o‘rnatilgan majmui sifatida ta‘riflangan. O‘lchash ishlari va qoidalari bajarilganda
o‘lchashlar natijalari kafolatlangan aniqlikda olinadi.
O‘lchashlarni bajarish metodikasida o‘lchash natijalarining xatoliklari baholangan bo‘lishi
va muayayn o‘lchash sharoitlarida o‘rnatilgan aniqlikni ta‘minlashi lozim. O‘lchashlar belgilangan
tartibda attestatlangan o‘lchashlarni bajarish metodikasiga muvofiq bajarilishi lozim. O‘lchashlarni
bajarish metodikasini ishlab chiqish va metrologik attestatlash tartibi O‘zstandart
Agentligi
tomonidan o‘rnatiladi.
O‘lchashlarni bajarish metodikasiga asosiy talablar O‘z DSt 8.016:2002 "O‘z O‘DT.
O‘lchashlarni bajarish metodikalari. Asosiy nizomlar" da o‘rnatilgan.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi (O‘BM) ni ishlab chiqishda O‘z T 51-088:1999 "O‘Z
O‘DT. O‘lchashlarni bajarish metodikalari, tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi"
ning nizomlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ma‘lumki, har qanday o‘lchashlarni ayrim qoida va muolajalar
birlashmasi deb yuritish
mumkin, ularni bajarish esa ma‘lum xatolik bilan o‘lchash natijalariga erishishni ta‘minlaydi.
Amalda o‘lchash protseduralarini tartiblash:
- ko‘plab murakkab o‘lchashlarni shu jumladan modda va materiallarning tarkibini o‘lchashda
asosiy ish quroli (instrument) bo‘lib hisoblanadi.
O‘BM - bu hujjatlashtirilgan operatsiya va qoidalar birlashmasi bo‘lib ularni bajarish kafolatlangan
aniqlikdagi o‘lchash natijalari olishni ta‘minlaydi.
O‘BM - metrologik attestatsiyaga tortiladi.
O‘BM - O‘zstandart tomonidan tasdiqdan va davlat reestridan o‘tgandan keyin qo‘llaniladi.
O‘BM - metrologik nazorat va tekshiruv ob‘ektlari hisoblanadi. (―Metrologiya to‘g‘risida‖ - 13
modda DMN va tekshiruv ob‘ektlari)
O‘BM - metrologik xarakteristikalarga ega.
Asosiy metrologik xarakteristikalar bo‘lib
-
o‘lchash diapazonini o‘z ichiga olgan qo‘llanilish sohasi;
-
ta‘sir qiluvchi omillarni cheklovchi parametrlar;
-
muntazam va tasodifiy tashkil etuvchilardan iborat o‘lchash xatoliklari.
O‘V kabi O‘BM metrologik attestatsiyaga tortiladi.
DMN va T doirasidagi O‘BM ning attestatsiyasi O‘zstandart tomonidan akkreditlangan.
Davlat
metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘BM
ekspertizasini O‘zstandart tarkibidagi O‘zbekiston metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish bosh markazi
o‘tkazadi.
O‘zRST 8.016 va GOST 8.010- talablariga javob bermaydigan O‘BM qo‘llanilishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
O‘BM qonuniyligini o‘rnatish bo‘yicha ishlar kompleksi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1. O‘BM metrologik ekspertizasi programmasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.
2. Yangi ishlab chiqarilgan O‘BM - loyihasi yoki amaldagi qayta ko‘rib
chiqilayotgan
O‘BM ning metrologik ekspertizasi. ―Metrologik ekspertiza – bu ekspert – metrologlar tomonidan
o‘lchashlar birliligi va aniqligi bilan bog‘liq bo‘lgan talablar, qoida va normalarning to‘g‘ri
qo‘llanilishining tahlili va baholanishidir‖.
3. Nazorat va eksperimental tadqiqotlar.
59
4. O‘BM natijalari bo‘yicha hujjatlarni metrologik ekspertizasi va O‘BM
tasdiqlash va
registratsiyadan o‘tkazish.
5. O‘BM metrologik attestatsiyasi to‘g‘risidagi hisobotni rasmiylashtirish.
O‘BM attestatsiyasi bo‘yicha ishlarning ijobiy natijalari bo‘yicha O‘zstandart O‘BM
hujjatlarning oxirgi tahririni tasdiqlaydi va O‘BM ga sertifikat rasmiylashtiradi. Sertifikat O‘BM
DMN va T doirasida, qo‘llanilishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi va besh yildan o‘tmagan
mudatga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: