“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/239
Sana21.11.2022
Hajmi3,8 Mb.
#869341
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   239
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat savollari 
1.
O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash nima? 
2.
O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash. 
3.
O‘lchash vositalarini qiyoslash turlari. 
4.
Qiyoslashga doir normativ hujjatlar. 
5.
Qiyoslash sxemalari. 
6.
O‘lchash vositalarini kalibrlash va kalibrlash tizimi. 
 
 
 
Reja. 
1. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta‘minot. 
2. Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar. 
3. «Metrologiya» bo‘yicha asosiy atamalar. 
 
Tayanch so‘zlar
: Metrologik xizmat, metrologik ta‘minot, ISO (ISO), MEK, MOZM. 
 
Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta‘minot 
Metrologik xizmat – Davlat idoralari va yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining 
tarmoqlari va ularning o‘lchashlar birliligini ta‘minlashga yo‘naltirilgan faoliyati. 
O‘lchashlar birliligini ta‘minlash tizimining tashkiliy asosi davlat metrologik xizmati va 
yuridik shaxslarning metrolgik xizmatlaridan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasining 
metrologik xizmati bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati 
O‘zstandart 
Agentligi 
boshqaradigan 
davlat 
metrologik 
xizmatiga 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat metrologik xizmat idoralari kiradi. 
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini, shuningdek 
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi. 
Davlat metrologik xizmatga O‘zstandart Agentligi rahbarlik qiladi. 
8- Mavzu.
Agrosanoat majmuasi korxonalarida metrologik ta’minot.


51 
O‘zstandart Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar kiradi: 
– 
metrologiya 
sohasida, 
metrologik 
faoliyatni 
hududlararo 
va 
tarmoqlararo 
muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
– milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoidalarini o‘rnatish va ularning 
xalqaro darajada taqqoslanishini ta‘minlash; 
– o‘lchashlar vositalariga, metodlariga va natijalariga umumiy metrologik talablarni belgilash; 
– davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; 
– metrologik masalalar bo‘yicha meyoriy hujjatlarni, shu jumladan O‘zbekiston 
Respublikasining barcha hududlarida majburiy kuchga ega bo‘lgan hujjatlarni boshqa davlat 
boshqaruv idoralari bilan birgalikda qabul qilish; 
– metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash; 
– O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasida xalqaro shartnomalariga rioya 
qilinishini tekshirish; 
– xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari bo‘yicha faoliyatida qatnashish; 
– O‘z O‘BTT ning ishini va rivojlanishini, xalqaro o‘lchashlar tizimi va boshqa 
mamlakatlarning o‘lchashlar tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni ta‘minlash; 
– iste‘molchilarning huquqlarini, insonlarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof muhitni va 
davlat manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy ta‘sirlaridan himoya qilish bo‘yicha 
tadbirlarni amalga oshirish. 
O‘zstandart Agentligi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
05.08.2004 №373 Qarori bilan tasdiqlangan. 
Davlat metrologik xizmatiga quyidagilar ham kiradi: 
– Milliy etalonlar markazi; 
– Metrologik xizmat Bosh markazi; 
– Standart namunalar Bosh markazi; 
– Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMS ITI) 
Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga; 
– 
sinash 
va 
sertifikatlashtirish 
hududiy 
markazlarining 
(SSM) 
ning 
metrologik 
laboratoriyalari; 
– standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB); 
– Axborot-ma‘lumotnoma markazi. 
Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini rivojlantirish va 
mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini yaratish, saqlash va qo‘llanish 
bo‘yicha ishlarni olib boradi. 
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan bo‘lib, o‘lchashlar 
birliligini ta‘minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy, meyoriy asoslarini yaratadi, 
metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini bajaradi. 
Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga yuklatilgan, moddalar 
va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari davlat xizmatiga ilmiy-metodik 
rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart namunalarini chiqarish va qo‘llanish tartibi bo‘yicha 
faoliyatlarini 
muvofiqlashtiradi, 
mamlakatimizda 
chiqariladigan 
davlat 
standart 
namunalarini 
ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi. 
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning metrologik 
laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta‘minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, 
davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni 


52 
O‘z DSt 8.002:2002 ―O‘z O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar‖ bo‘yicha 
o‘tkazadi.
Axborot-ma‘lumotnoma markazimeyoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi va O‘z O‘BTT 
qatnashchilarini axborotlar bilan ta‘minlaydi. 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish