ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Aksiyalarni to’lash mulklar, inshootlar, nomoddiy aktivlar
va boshqa moddiy qimmatliklarni, so’mdagi va xorijiy valutadagi pul mablag’larini
o’tkazish yo’li bilan bo’lishi mumkin.
Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav
kapitalini hisobga oluvchi
schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib quyidagi: 8310 «Oddiy
aksiyalar»; 8320 «Imtiyozli aksiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga bo’linadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlar davlat korxonalari, birlashmalari va tashkilotlarining
ustav fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav kapitalini hisobga olish
uchun tayinlagan. Bu schyotlarda ro’yxatdan o’tkazilgan miqdor doirasidagi haqiqiy
ustav kapitali yoki to’langan aksiyalarni nominal qiymati aks ettiriladi. Ustav
kapitalining miqdori ustavda ro’yxatdan o’tkazilgan summadan ortiq bo’lishi mumkin
emas. Тa’sischilarga qaytarilgan ulushi
ustav kapitalni kamaytirmaydi, balki aksioner
jamiyati tomonidan o’z aksiyalarini sotib olingandek rasmiylashtirilib 8610 «Sotib
olingan xususiy aksiyalar - oddiy» va 8620 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli»
schyotlarning debetida aks ettiriladi. Bu schyotlarning debet aylanmasi ustav kapitalini
kamayishini, kredit oboroti esa qonunchilikka binoan turli sabablarga ko’ra ustav
kapitalini ko’payishini ko’rsatadi. 8310, 8320 va 8330 – schyotlarda aks ettiriladigan
muomalalarning hisobi 12 – jurnal – orderda yuritiladi.
Aksioner jamiyat ro’yxatdan o’tgandan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali
summasiga jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi. Тa’sischilar bilan olib
boriladigan hisob – kitoblarning hisobi 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari
bo’yicha qarzi» schyotida olib boriladi. Ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali
summasiga 4610 schyoti debetlanib, 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar»
va 8330 «Pay va ulushlar» schyotlari kreditlanadi. 4610- schyoti aktiv bo’lib,
debet
saldosi oy boshiga qolgan ta’sischilarning qarzlarini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot
oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit obroti debitor qarzlarni
kamayishini, ya’ni ta’sischilar tomonidan o’tkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy
qimmatliklar va mulklar qiymatini ko’rsatadi. Jamiyatning aksionerlari maxsus reestrda
ro’yxatga olinadi. Qo’yilmalar bo’yicha aksionerlar bilan olib boriladigan hisob –
kitobning analitik hisobi aksionerlarning har biri bo’yicha kartochkalarda yoki
qaydnomalarda ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish
muddati, qarzni qaytarish hisobiga topshirilgan aktivlar summasi ko’rsatilgan holda
yuritiladi. Sotib olingan aksiyalar summasini ta’sischilar
asosiy vositalar, nomoddiy
aktivlar, so’mda va xorijiy valuta pul mablag’lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan
to’lashlari mumkin. Analitik hisob yuritish uchun asos bo’lib ta’sis hujjatlari, asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa
orderlari va boshqalar hisoblanadi. Aksioner jamiyatlarining xo’jalik faoliyati amaldagi
qonunchilik asosida olib borilsa, ularning ishlab chiqarish xarajatlari va moliya – xo’jalik
faoliyatining hisobi Nizomga asosan yuritiladi.
32
Chunonchi, jamiyat tomonidan olingan
balans foydaga hisobot davrida sotilgan mahsulot tannarxiga yoki davr xarajatlariga yoki
foydani kamaytirishga kiritilgan xarajatlar qo’shiladi. Natijada soliqqa tortiladigan baza
aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig’i summasi hisoblanadi. Foydaning
qolgan
summasi sof foyda hisoblanib, u aksionerlar majlisining qaroriga binoan
taqsimlanadi. Mehnat jamoasining tasarrufida, qolgan sof foyda, odatda, ikki maqsadga
foydalaniladi: dividend to’lashga va ishlab chiqarishni kengaytirish ham ijtimoiy
ehtiyojlar uchun. Dividend har chorakda yoki bir yilda bir marta to’lanishi mumkin.
Oraliq dividend direktorlar kengashi tomonidan e’lon qilinib qat’iy belgilangan
miqdorda bo’ladi. Yillik dividendlar miqdori aksionerlarning umumiy majlisi tomonidan
yillik ish natijasi bo’yicha belgilanadi. Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan
dividendlar qo’shilmaydi. Dividendlar hisoblash va to’lash amaldagi Nizomga asosan
rasmiylashtiriladi.
Imtiyozli aksiyalar bo’yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga
chiqargan paytda ko’rsatiladi. Bunday aksiyalar bo’yicha
dividendlar olingan foyda
miqdoridan qat’iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to’lanadi. Basharti imtiyozli
aksiyalar bo’yicha hisoblangan dividendlarni to’lash uchun olingan foyda yetarli
bo’lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa manbalardan foydalaniladi.
Muomalaga chiqarilmagan aksiyalar bo’yicha dividend hisoblanmaydi. Agar
jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo’lsa, dividendlar aksiyalar, obligatsiyalar,
tovarlar bilan to’lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga olmagan holda dividend e’lon
qiladi. Dividend faqat qo’shilgan ulushga yoki sotib olingan aksiyalar uchun to’langan
summaga mutanosib ravishda beriladi. Dividend tarzida olingan daromaddan soliq
dividendlarni to’lash manbaida, ya’ni aksioner jamiyatida ushlab qolinadi.
Aksionerlar bilan daromadlar bo’yicha olib boriladigan hisob 6610
«Тo’lanadigan dividendlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib, uning kredit
qoldig’i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini ko’rsatadi, debet oboroti ushlangan soliq va
to’langan dividendlar summasini aks ettiradi. Aksioner
jamiyatida ishlayotgan
xodimlarga dividendlar hisoblansa, 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan
xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi.
Dividendlar aksionerlarning umumiy majlisi protokoli va qaroriga binoan ham
ushlangan soliqlar to’g’risidagi buxgalteriyaning ma’lumoti bo’yicha hisoblanadi.
Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz to’lanishi kassa chiqim orderi va to’lov topshirig’i
bilan rasmiylashtiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga to’lanadigan dividend va foizlar O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalarda to’lash
manbaida soliqqa tortiladi.
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob –
kitoblar hisobi 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz»
schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib kreditida chiqib ketayotgan ta’sischilarga
to’lanadigan summa aks ettirilsa, debetida ularga to’langan summa ko’rsatiladi. Chiqib
ketayotgan ta’sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar
– oddiy» yoki 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari debetlanib
6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
Sotib olingan aksiyalar bo’yicha puli to’langanda 6620-schyot debetlanib 5010,
5110-schyotlari kreditlanadi. 6610 «Тo’lanadigan dividendlar» va 6620 «Chiqib
ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz» schyotlari bo’yicha analitik hisob har
bir aksioner bo’yicha 7-qaydnomada yuritiladi. Sintetik hisob esa 8-jurnal – orderda aks
ettiriladi.
1-jadval
«Тa’sischilarga bo’lgan qarzni hisobga (6600) oluvchi schyotlar» bo’yicha schyotlar
korrespondensiyasi