Ochiq bozordagi siyosati.
Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo‘lgan nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Markaziy bank o‘zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo‘yicha siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.
Valyuta va depozit siyosati.
Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- Vakolatli tijorat banklarining o‘zlari va mijozlari nomidan chet el valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilaydi. Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi.
- O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va sotib olishni tartibga solib boradi;
- Tijorat banklarida chet el valyutasi va to‘lov hujjatlari hamda boshqa qimmatliklar bo‘yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning tartibini belgilaydi;
- Vakolatli banklarda norezedentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi;
- Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini belgilaydi;
- O‘zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni tartibga soladi;
- Investitsion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini belgilaydi.
Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta intervensiyasidan keng miqyosda foydalandi.
Valyuta intervensiyasi – bu Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta’sir etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bilan bog‘liq operatsiyasidir.
1. Valyuta interventsiyasi.
2. Deviz siyosati.
3. Svop operatsiyalari.
4. Devalvatsiya.
5. Revalvatsiya.
6. Valyuta cheklovlar siyosati va boshqalar.
Markaziy bankning asosiy valyuta siyosati:
O‘zbekiston Respublikasi Bank tizimi tarkibi
Kredit tashkilotlari
Chet el banklari vakolatlari bo’limi
Nobank kredit tashkilotlari
Banklar va ularning bo’limlari
Sanoatqurilishbank, Asaka bank, Хаlq banki va boshqalar
Innovatsion banklar, Investitsiya banki, Ipoteka va boshqa banklar
Tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashgan
Funksiyalari bo’yicha ixtisoslashgan
Maxsus ixtisoslashgan banklar
Universal banklar
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
Viloyat bo’yicha Markaziy bank boshqarmalari
Markaziy apparat
I pog‘ona
II pog‘ona
Do'stlaringiz bilan baham: |