MAVZU :. Talab va taklif o'zgarishining bozor narxiga ta'siri Ta‘limiy maqsadi: O‘quvchilarni Talab va taklif o'zgarishining bozor narxiga ta'siri haqidagi malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish. Tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni kasbga bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarini shkillantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish. DTS talablari asosida ta‘lim va tarbiya berish Darsning uslibi: Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash. Darsning jixozi: Darslik, doska, ko‘rgazmali va tarqatma materilallar. Darsning borishi: yangi mavzuni bayoni O‗tgan darslarda tovarga bo'lgan talab va uning taklifi asosida bozorda tovarning narxi qanday shakllanishini tahlil qilgan edik. Endi talab yoki taklif narxga bog'liq bo'lmagan omillar ta‘sirida o'zgarganda tovarning bozor narxi va muvozanat miqdori qanday o'zgarishini tahlil qilamiz. Tahlilni quyidagi vaziyatlar asosida bajaramiz. 1-vaziyat. Mamlakataholisining ―Matiz‖ yengil avtomobilini sotib olishga bo'lgan talabi va mashina bozoridagi bu rusumdagi avtomobillarining taklif chiziqlari 1-chizmada berilgan. Aytaylik, mamlakat aholisining daromadlari oshgan bo'lsin.Aholi daromadlarining oshishi ta‘sirida bu avtomobilga bo'lgan talab qanday o'zgaradi?Buning natijasida talab chizig'i qaysi tomonga qarab siljiydi? Talab chizig'ining keyingi holatini chizing.Chizmadan avtomobilning yangi muvozanat narxini belgilang. Avtomobilning narxi oshdimi
yoki kamaydimi?Chizmaga ko'ra aholining avtomobilni sotib olish hajmining oshgani yoki kamayganini aniqlang.Yuqoridagi mulohazalar asosida aholi daromadining o'zgarishi natijasida tovarning bozor narxi va muvozanat miqdorining o'zgarishi haqida xulosa qiling. 2-vaziyat. Erta bahorda paltoga bo'lgan talab va taklif chiziqlari 2-chizmada berilgan bo'lsin. Yoz kelishi bilan paltoga bo'lgan talab qanday o'zgaradi?Buning natijasida talab chizig'i qaysi tomonga qarab siljiydi? Talab chizig'ining keyingi holatini chizing.Chizmadan paltoning yangi muvozanat narxini belgilang. Paltoning narxi oshdimi yoki kamaydimi?Chizmaga ko'ra aholining palto sotib olish hajmining oshgani yoki kamayganini aniqlang. Yuqoridagi mulohazalar asosida yil mavsumining o'zgarishi natijasida tovarning bozor narxi va muvozanat miqdorining o'zgarishi haqida xulosa qiling. 3-vaziyat. Soliqlaroshirilmasdan oldin tovarga bo'lgan talab va taklif chiziqlari 3-chizmada berilgan. Tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan soliqlarning oshirilishi tovar taklifiga ta‘sir qiladimi yoki talabgami? Soliqning oshishi natijasida tovar taklifi qanday o'zgaradi? Buning natijasida taklif chizig'i qaysi tomonga qarab siljiydi? Taklif chizig'ining keyingi holatini chizing.Chizmadan tovarning yangi muvozanat narxini belgilang Tovarning narxi oshdimi yoki kamaydimi?Chizmaga ko'ra tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan soliqlarning oshirilishi natijasida muvozanat miqdorining, ya‘ni tovami sotib olish hajmining oshgani yoki kamayganini aniqlang.Yuqoridagi mulohazalar asosida tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan soliqlarning oshirilishi natijasida tovarning bozor narxi va muvozanat miqdorining o'zgarishi haqida xulosa qiling. Gilam fabrikasida ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo'lgan yangi texnologiyaga asoslangan to'quv dastgohi o'rnatilishi talabga ta‘sir qiladimi yoki taklifga? yangi texnologiyaga asoslangan to'quv dastgohi 4-vaziyat. Bozorda Xiva gilamlarining boshlang'ich holatdagi talab va taklif chiziqlari 4-chizmada berilgan. o'rnatilishi talabga ta‘sir qiladimi yoki taklifga? Buning natijasida tovar taklifi o'sadimi yoki kamayadimi? Bu holatda taklif chizig'i boshlang'ich holatdan qaysi tomonga siljiydi? Taklif chizig'ining keyingi holatini chizing. Chizmadan tovarning yangi muvozanat narxini belgilang. Tovarning narxi oshdimi yoki kamaydimi? Yangi texnologiyaning qo'llanishi natijasida muvozanat miqdorning oshgani yoki kamayganini aniqlang. Yangi texnologiyalar qo'llanishi natijasida tovarning muvozanat narxi va miqdorining o'zgarishi haqida xulosa qiling.