Qarorning qadr – qimmati va naïf. Har bir qaroming qadr-qimmati va nafi alohida olingan shaxsga va jamiyatga keltiradigan qiymati bilan o‗lchanadi. Abdullayevning sutni qayta ishlash sexini qurish haqidagi qarorining xususiy qadr-qimmati, sexni ishlatish natijasida awalo uning o‗ziga keladigan naf (foyda) va o‗z ishidan qoniqish hissi kabi naf bilan sexm qurish uchun sarflanadigan xarajatlar va qo‗ldan boy berilgan imkoniyatlarni o‗zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Ikkinchi tomondan bu qarorning ijtimoiy qadr-qimmati ham bo'lib, u qishloqda qo‗shimcha ishchi o‗rinlarini yaratish, odamlaming sut mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish kabi jamiyatga keltiriladigan naf (foyda) bilan jamiyat tomonidan qilinadigan I chiqimlarva boy berilgan boshqa muqobil imkoniyatlarni o‗zaro solishtirish natijasida aniqlanadi. Shuday qilib, har bir kimsa qaror qabul qilayotganida ham shaxsiy, ham ijtimoiy nuqtai nazardan qo'lga kiritadigan yutuqlari bilan qo‗ldan boy beradigan imkoniyatlarini albatta o‗zaro taqqoslashi lozim ekan. Iqtisodiy qaror qabul qilish jarayoni Qaromi amalga oshirish uchun zarur bo‗ladigan xususiy va ijtimoiy chiqimlar hamda qarorning muqobil qiymati. Qabul qilingan qaromi amalga oshirish natijasida qo‗lga kiritiladigan xususiy va ijtimoiy yutuqlar. Mustahkamlash uchun savollar! U Iqtisodiy to‗g‗ri qaror qabul qilishning qanday bosqichlari va mezonlarini bilasiz? Biror misol asosida tushuntirib bering. Ratsional ish ko'radigan kishi, deganda qanday odamni tushunasiz? Kechagi kuningizni ertalabdan kechgacha qanday o‗tkazganingizni soatlar bo‗yicha tasvirlang. Siz kun davomidagi o‗z
faoliyatingizni tejamli - ratsional tashkil qildingizmi? Siz o‗tgan kundan maksimal naf oldingizmi? Uni unumli va yoqimli o‗tkazdingizmi? Shu kunlardagi faoliyatingizdan o'zingizga, oilangizga va jamiyatga qanday naf va chiqim bor, deb o'ylaysiz? 5 Xususiy va ijtimoiy qadr-qimmati bir-biriga teskari bo'lgan qarorga misol keltiring va unga nisbatan o‗z munosabatingizni bildiring. Bu haqda о‘ylab ко‘ring! Tamaki chekishdan chekuvchiga qanday naf bor, deb o‗ylaysiz? Atrofdagilargachi? Chekish chekuvchi uchun ―qancha‖ turadi? Atrofdagi chekmaydaganlar uchunchi? Umuman, jamiyat uchunchi? Nima sababdan chekishni tashlab unga sarflanadigan pulga madaniy hordiq chiqarish yoki biror-bir foydali narsa sotib olish qiyin, deb o'ylaysiz? Davlat tomonidan chekish umuman taqiqlab qo'yilsa bo'lmaydimi? Har bir kishining farovon yashashi ko'p jihatdan oqilona iqtiso- yodda diy qaror qabul qilishiga bog'liq. Har bir kishi qaror qabul qilayotganida qo'lga kiritadigan yutuqlari bilan qo'ldan boy beradigan imkoniyatlarini albatta o'zaro taqqoslashi lozim. Qaror qabul qilish (yechim tnnlash) jarayonining bosqichlari: Muammoni aniqlash. Barcha muqobil yechimlarini sanab chiqish. Baholash mezonlarini aniqlab olish. Har bir ycchimni mezonlarga ko'ra baholab chiqish. Baholash natijasiga ko'ra eng yaxshi yechimni tanlash. Qadriyatlar ―Yetti o‗lchab - bir kes‖, ―Ishni o'zini emas - ko'zini bil‖, degan maqollarni qanday tushunasiz. Topshlriq Sizning maktabda bir yil o'qishingiz: ota-onangizga; davlatga taxminan qanchaga tushishini hisoblab chiqing. Maktabda o'qishingizdan: sliaxsan o‗zingizga; jamiyatga qanday nal borligini aniqlang va yuqorida iinlqlangan chiqimlar bllan taqqoslang. Siz bu chiqimlarni oqlaytipsizmi? Aktiv qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantiraman.