Mulohaza uchun mavzu
"Pul- bu qo'l-ning kiri", "Puling bo'lsa, changalda sho'rva", - kabi iboralarga o'z mu-nosabatingizni
bildiring.
Pul
Natural xo'jalik davrida hamma o'zi ishlab chiqargan mahsulotini jon-jon deb
almashtiradigan hammabop (universal) maxsys tovarga - pulga ehtiyoj paydo bo'lgan. Bunday
maxsus tavar - pul rolini turli hududlarda, turli davrlarda turli xil tovarlar o‘ynagan. Masalan,
Qadimgi Yunonistonda, Rimda, arab va hind qabillarida pul rolini chorva mollari bajargan.
Shimoliy mamlakatlarda - mo'yna va teri, Afrika xalqlarida - chig'anoqlar va fil suyaklari, Qadimgi
Misrda - bug'doy, Xitoyda - tuz, Mug‘ilistonda - choy pul vazifasini bajargan. Odamlar metallni
qayta Kelashni o'rganib olganlaridan so'ng metallpullar paydo bo‘lga.Keyinchalik, muomalada
qimmatbaho metallar, oltin va kumushdan yasalgan pullar paydo bo'lgan.
Tuili xil og'irlikka ega bo'lgan oltin va kumush bo'laklari pul sifatida ishlatilganda, har safar
ularni tarozida tortishga to'g'ri kelgan. Bu noqulaylikni bartaraf etish uchun ma'lum og'irlikka va
shakilga bo'lgan va turli xil muhrlar urilgan tangalar muomalaga keltirilgan. Vaqt o'tishi bilan
tangalarning ham kamchiliklari ko‘rinib qolgan. Oltin va kumush tangalar qo'ldan qo'lga o'tib
yeyilgan va yengillashib qolgan. Bu esa o'z navbatida ularning boshlang‘ich qiymati, ya'ni boshqa
tovarlar bilan ayirboshlash
qobilyatlarining kamayishiga olib kelgan. Bu muammoni yechishga bo‘lgan harakatlar natijasida
qog'ozpullarpaydo bo'lgan. Birinchi qog‘oz pullar 812- yilda Xitoyda zarb qilingan, keyinchalik esa
boshqa davlatlarda ham chiqarila boshlangan.
PULNING XUSUSIYATLARI
Turli hududlarda turli narsalar pul sifatida ishlatilgan bo'lsada, aslida pul sifatida ishlatilgan
narsa quyidagi xususiyatlarga, sifatlarga ega bo'lishi lozim: odamlar o'zlari bilan olib yurishlari
uchun qulayroq va yengilroq, ya'ni ixcham bo'lishi;
pishiq, barqaror va chidamli materialdan bo'lishi, vaqt
Topshiriq Qaysi davlatlarning pul birliklarini bilasiz?
Tegishli rna'lumot manbalari, gazeta va jurnallar sahifalaridan turli davlat pullari haqida
imkoni boricha ko'proq rna'lumot yig'ing va referat yozing.
o'tishi bilan o'z sifatini va miqdorini yo'qotmasligi;
- tabiatda kamyob bolishi, hammaning unga erishishga bo'lgan imkoniyati cheklangan bo'lishi;
- bir jinsli materialdan bo'lib, oson bo'laklarga bo'linishi va bu bo'laklar katta-kichikligiga qarab
mos qiymatga ega bo'lishi;
- oson taniladigan va uni soxtalashtirish qiyin bo'lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |