1.Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmun va mohiyati
Inson boshqa jonzodlardan o`zinpng aql-idroki bnlan ajralib turadi. Inson biologik mavjudot sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o`z kuchini tiklash, o`zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda — kiyim-kechak, oziq-ovqat. turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.Moddiy ehtiyojni qondirish uchun esa zarur noz-ne`matlarni ishlab chiqarish kerak- Inson borsa-kelmas orolda, afsonalarda aytilganidek, qush borsa qanoti, odam borsa oyog`i kuyadigan joyda, tanholikda yashamaydi. Inson ijtimoiy jonzod. U ma`lum mamlakat fuqarosi, aniq bir hudud (shaxar, qishloq, mahalla, kvartal) da kishilik jamiyatida yashaydi. Uning mehnat orqali qondiriladitan jamiki ehtiyoji moddiy ehtiyojga kiradi.Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo`lish va sog`lom hayot kechirib, uzoq umr ko`rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo`lmagan har xil xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi Shifokor, o`qituvchi yoki madaniyat xodimi xalqqa xizmat qilib, uning ehtiyojini qondirishga hissa qo`shadi, ammo ularning mehnati ishchi yoki dehqon mehnati kabi moddiy mahsulotda ifodalanmaydi.Insonning mehnat qilish ehtiyoji ikki narsadan kelib chiqadi: birinchidan, mehnat moddiy va ma`naviy ehtiyojlarni qondiradi; ikkinchidan, mehnatda inson kamolotga erishadi, qobiliyatini o`stiradi. Hayotda o`z o`rnini topadi, obro`-e`tiborga erishadi. Shu sababli mehnatniig tagi rohat deydilar. Mehnat qilish uchun jihozlangan ish joyi bo`lishi zarur. Ish joyi uchun bino qurish, kerakli uskuna-jihozlar, masalan, stanoklar, kompyutyerlar, o`lchash asboblari, laboratoriya uskunalari o`rnatish kerak. Demak, ularni ham ishlab chiqarish talab qilinadi.Ehtiyoj qat`iyan tabaqalashgan bo`ladi. Ehtiyoj kishilarning odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog`liq. Maktab o`quvchisi bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: Barkamol fayz-media, 2017.
shaxtyorning ehtiyoji bir xil emas. hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi.
Ehtiyojlar turli-tuman bo‘lib, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy va boshqa turdagi ehtiyojlarga ajratish mumkin. Ular orasida kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlarning asosiy jihati – ularni qondirish uchun iqtisodiy faoliyat yoki ijtimoiy ishlab chiqarishning taqozo etilishidir. O‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar – bu kishilarning o‘z hayotiy faoliyatlarini ta’minlashda qo‘llaniluvchi moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi.
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog‘liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish3mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |