T.r.
|
Mezon
|
Mohiyati
|
1.
|
Ilmiy asos
|
Eski, an’anaviy ish yuritish usullarining o‘rnini
almashtiruvchi ilmiy fundament yaratish, uning har bir elementini ilmiy tadqiq qilish.
|
2.
|
Tanlash
|
Ishchilarni ilmiy jihatdan asoslangan mezonlar, mashg‘ulotlar va o‘qishlar asosida tanlab olish.
|
3.
|
Hamkorlik
|
Mehnatni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy ishlar tizimini amaliyotga joriy qilishda ma’muriyat va
ishchilar o‘rtasidagi hamkorlik.
|
4.
|
Javobgarlik
|
Ma’muriyat va ishchilar o‘rtasida mehnatni teng
taqsimlanishi va javobgarlik.
|
Yuqorida nomi keltirilib o‘tilgan kitobda Teylorning ilmiy jihatdan asoslangan ish haqi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish bo‘yicha takliflari boshqaruvni tashkil qilish borasida muhim ahamiyatga ega tamoyillardir. Xususan:
ish haqi joyga emas, balki ishchiga hisoblanadi;
ustamalar tayinlash taxminlarga emas, balki aniq bilimlarga asoslanishi lozim;
aniq bilimlarga asoslangan ustamalar bir xil bo‘lishi lozim;
chunki, shu tartibda belgilangan ustamalar sababli tovarlar arzon sotiladi, ishchilar esa odatdagidan ko‘proq ish haqi oladilar;
aniq bilimlarga asoslangan ish haqi eng yaxshi ishchilarni yuzaga chiqaradi, ularga ko‘proq pul topishga imkoniyat beradi, ishda ataylabdan sekin ishlashga olib keluvchi sabablarni yo‘q qiladi, ishchilar esa tadbirkorlarni hamkorlik qilishga undaydi2.
O‘z ilmiy izlanishlari natijasi bo‘yicha Teylor muhim ilmiy asosga ega bo‘lgan boshqaruvda chiziqli tizim o‘rniga «bo‘limlar» tizimini taklif qildi. Uning fikricha, chiziqli tizimda ishchilar armiyadagiga o‘xshash, bitta va yagona boshliqdan topshiriq olar edilar. Endi esa, usta va brigadirning bajaradigan ishi 8 ta qismga bo‘linadi va ishchilar bitta boshliq o‘rniga bevosita 8 ta “tor” mutaxassislar, ya’ni o‘z ishini professional darajada biladigan boshliqlar bilan munosabatda bo‘ladilar. Teylor nazariyasi ma’muriy boshqaruv personali sonining keskin oshib ketishiga olib keladi, lekin shu bilan birgalikda, boshqaruvni tashkil qilishda muhim qadam qo‘yildi, uning natijasi bo‘yicha mehnat unumdorligi o‘sishiga erishish imkoniyatlari yaratiladi.
Teylorning bu ishi Kasaba uyushmalari tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi. Kasaba uyushmalari teylorizm nazariyasi mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilishning kuchaytiradi deb qaradilar. Bu nazariyaga nafaqat Kasaba uyushmalari, balki tadbirkorlar tomonidan ham tanqidiy qarashlar bo‘lgan. Sababi - Teylor tomonidan taklif etilgan yangicha mehnatni tashkil qilish tizimidan foydalanish ishlab chiqarishni boshqarishning eski, an’anaviy, odatdagi usul va texnologiyalaridan voz kechishni, yangi tizimni joriy qilish bo‘yicha mavjud o‘z usullarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etgan.
Teylor nazariyasining nafaqat ilmiy, balkim amaliy ahamiyati ham katta bo‘lganligi uchun ham, barcha progressiv yangiliklar singari bu nazariya, buning natijasi sifatida boshqaruv to‘g‘risidagi fan ham tan olindi.
Ilmiy boshqaruv usullarini rivojlantirishda Teylorning izdoshlari bo‘lgan, er-xotin Gilbertlarning ilmiy tadqiqot natijalari e’tiborga molikdir. Ular ishchining mikroharakatini tahlil qiluvchi usulni ishlab chiqdilar. Uning asosida - ishchining harakat kinogrammalari, ularning keyingi standart ketma-ketliklarini aniqlash imkoniyatlari yaratildi.
G.Gant bir muncha qiyin ishlarni rejalashtirish va bajarilishini tekshirishga imkon beradigan boshqaruvning chiziqli grafigini amaliyotga kiritdi. Gantning grafigi yoki boshqacha qilib aytganda diagrammasi hozirgi kunda amaliyotda keng foydalanilayotgan tarmoq grafiklarini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qilmoqda. Gant diagrammalari xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini kalendarli rejalashtirishda keng qo‘llanilmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan ana shu maktablar namoyondalarining ilmiy tadqiqot natijalari xususan, fannning nazariy asoslari (Teylor), boshqaruv usulari (Gilbertlar) hamda boshqaruvda chiziqli grafik (Gant) mamlakatimiz iqtisodining turli tarmoqlarida faoliyat yuritishayotgan tadbirkorlar uchun boshqaruvni eng samarali tashkil qilishni tavsiya qilish yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan maktab va olimlar uchun benihoya katta ham amaliy, ham ilmiy ahamiyatga egadir.
Boshqaruv fani dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida bugungi kungacha rivojlanib, mohiyati yanada oydinlashib o‘z tamoyillarga ega bo‘lib bormoqda. Ana shu masalalarda bir qator maktab vakillari va ularning qarashlari mavjud bo‘lib, boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun ularni o‘rganish va mohiyatiga to‘g‘ri baho berish muhim deb hisoblaymiz. Shunday qarashlarga ega bo‘lgan bir maktab vakillari - Emersonning o‘n ikki tamoyili nomi bilan tanilgan.
Boshqaruvni takomillashtirish borasida olib borilgan Emerson ishlarining asosiy yo‘nalishlari ishchilarni emas, balki boshqaruvchilarning mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgan. Tabiiy boyliklar talon-taroj qilinishi, ulardan noaqilona foyldalanish va inson imkoniyatlari boy beriladigan sabablarning asosi - noto‘g‘ri tashkilotchilikda deb ta’kidlagan1.
Emerson o‘z zamondoshlaridan farqli o‘laroq, ishda yuqori natijalarga minimal harajatlar evaziga erishiladi deb hisoblar edi. Ishdagi zo‘rma – zo‘raklik yaxshi natijalar bermasligi, balkim aksincha, zo‘rma-zo‘raklik va unumdorlik o‘rtasida teskari aloqa mavjud.
Emerson nazariyasiga muvofiq, zavoddagi usta faqat o‘z boshlig‘i ishini yengillashtirish uchun emas, balki ishchilarga rahbarlik qilish uchun ishlaydi, taqsimotchi – rahbar past bo‘g‘in boshliqlariga xizmat ko‘rsatish uchun va h.k., ya’ni, u birinchi bo‘lib mehnatni boshqarishning maqsad va mohiyatini anglab etdi. Olib borilgan tadqiqot natijalari sifatida Emerson tomonidan taklif etilgan quyidagi o‘n ikki tamoyilning mohiyati hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q1:
Do'stlaringiz bilan baham: |