Qozikalon bo’lgan amaldor sud ishlariga yetakchilik qilgan.
Yana bir muhim davlat lavozimi muhtasib (rais) deb atalgan. Bu lavozimni egallagan amaldor mamlakat fuqarolarining axloq qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish bilan shug’ullangan.
Davlatda, shuningdek, miroxur (xonga tegishli yilqi, otulov va ularning ta’minoti bilan shug’ullanuvchi), shig’ovul (chet davlatlar elchilarini qabul qilish xizmatining boshlig’i), qushchi (xonning ovini tashkil etuvchi), bakovulboshi, dasturxonchi, qo’rchiboshi (qurol-aslaha xizmati boshlig’i), jarchi, tavochi, tug’begi, kitobdor, mirzaboshi, munshiy (kotib), muhrdor, xazinachi, mehtar kabi mansablar ham mavjud bo’lgan.
Mehtar-zakot va boshqa tushumlardan zarur o’rinlarda ishlatishni nazorat qiluvchi amaldor.
Do'stlaringiz bilan baham: |