Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Qoqon
Xonlikning bosh shahri Qo’qon edi. Tarixiy manbalarda Qo’qonga oid ma’lumotlar 10-asrdan boshlab uchraydi. Qo’qonning yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda „Havoqand“, „Ho’qand“ degan nomlar bilan qayd etilgan. „Havoqand“ so’zi-„go’zal“, „yoqimli“, „xushmanzara“, „shamol shahri“ degan ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham mavjud. Mahalliy aholi o’z shahrini Ho’qandi latif yoki Qo’qon deb aytganlar. Qo’qon shahri
18-19-asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda, Markaziy Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi.
Qo’qon mustahkam devor bilan o’ralgan. Shaharga 12 darvozadan kirilgan. Shaharning 12 darvozali bo’lishiga sabab-uning ma’muriy jihatdan 12 dahaga bo’linganligi edi. Bu davrda shaharda 30000 aholi yashagan. 19-asr o’rtalarida Qo’qondagi madrasalar ichida Madalixon, Norbo’tabek, Jome, Hojimoyim, Xoja dodxoh, mingoyim madrasalari alohida ajralib turadi. Ularning har birida 38 tadan 100 tagacha hujrasi bo’lgan.
Qo’qon shahri xonlikning siyosiy, madaniy, iqtisodiy va diniy markazi edi.
Marg’ilon
Marg’ilon (Marg’inon) shahriga bundan 2000 yil avval asos solingan. Marg’ilondagi Sulton Murodbek saroyi Toshkent yoki Samarqand hokimining saroyidan uncha farq qilmasdi. Shahar devor bilan o’ralgan edi. Marg’ilon Qo’qon xonligidagi pilla sotiladigan asosiy bozor markazi edi. Shaharda ko’plab pillakashlik va shoyi to’qish ustaxonalari bor edi.
Umuman, Qo’qon xonligidagi shaharlar bir xilda bo’lib, ular bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining soni, mahsulotining sifati bilangina farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning strategik mavqeyi bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o’g’illari yoki yaqin qarindoshlari hokim etib tayinlanardi. Qolgan shaharlami o’zbek, tojik, qirg’iz, qipchoq va qozoq zodagonlarining vakillari boshqargan.
Andijon
„Buyuk ipak yo’li“da tashkil topgan. Ayrim manbalarda shahar nomi „andi“, „adoq“ kabi urug’ atamalari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan. Arablar istilo qilgan davrda shahar „Andukon“ deb atalgan, degan rivoyat ham bor. Andijon 15-asrdan boshlab Farg’ona vodiysining markazi bolgan.
Zahiriddin Bobur davrida Andijonda xo’jalik, fan va madaniyat ravnaq topgan. U „Bobumoma“da Andijon haqida: „Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur. . . Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur. Uch darvozasi bor. To’qqiz tamov suv kirar“.
Qo’qon xonligi tashkil topgach endi u Andijon bekligining markazi bo’lib, 4 dahaga bo’lingan edi. Har dahaning qozisi, mingboshisi bo’lgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga bo’lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |