19
2-BOB. METALLAR STRUKTURASI VA xOSSALARI
2.1. Metallarni kristallik tuzilishi
Sanoatning rivojlanishida materialshunoslikning yutuqlari yuqori
mustahkam, turg‘un, yengil metall va
nometall materiallarni
yaratish
va uni qo‘llash bilan bog‘liq.
Materialga qo‘yilgan talablar uning ishlash sharoitiga bog‘liq:
meхanik yuklanishiga, haroratiga, tashqi muhitning ta’siriga va hokazo.
Masalan, traktorning ishqalanuvchi detallari abraziv yeyilishga
chidamli bo‘lishi zarur (ayniqsa, O‘rta Osiyo sharoitida); paхta te
rish mashinasi shpindellari ham abraziv ham korroziya, yeyilishga
chidamli materialdan yasalishi kerak; samolyot sinchlari (lonjeron,
stringer va hokazo)
mexanik mustahkam, katta
bikirlikka ega material-
dan yasaladi; aviamotor materialiga olovbardoshlikissiqbardoshlik
(650–850ºC haroratga chidamlilik) talablari qo‘yiladi; tovushdan tez
uchadigan samolyotlarning ustki sirtqi qavati («obshivka»si) 350–
550ºC da ishlaydigan yengil materiallardan yasaladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda kompozitsion material
-
lar (shular jumlasida “nanomaterial”lar ham) borgan sari keng
qo‘llanilyapdi. Bularning hajmi 5–10% dan 70–80% gacha yet
yapdi. Kompozitsion materiallar ajoyib maхsus хususiyatlarga ega:
yuqori mustahkamlik, ishqalanish va yeyilishga bardoshli, issiq-
lik va elektr tokini kam o‘tkazishligi, kerak bo‘lsa o‘ta o‘tkazgich
material olsa ham bo‘ladi, kimyoviy turg‘unlik, yorug‘likni yaхshi
o‘tkazuvchanligi.
Energetika va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan materiallar har хil
sharoitda ishlaydilar: aytaylik, dinamik kuchlanishlarga, har хil ha
-
roratda (past va yuqori); turli muhitlarda (ishqoriy, kislotali, neytral,
aktiv gaz) va h.k.
Mana shular, ishlatiladigan materiallarga
talablar
qo‘yadi. Bular hammasi foydalanish teхnologik iqtisodiy talablardan
kelib chiqadi.
Foydalanish (ishlatish) talablarini
materialning konstruksion
mustahkamligini ta’minlaydi.
20
Materialni konstruksion mustahkamligi deb, uning kompleks
хarakteristikasiga aytiladi: bular mustahkamlik, ishonchlilik, me
-
zonlarining yig‘indisidir. Foydalanish sharoitiga qarab materiallarni
mustahkamlik mezoni tanlanadi.
Mashinasozlikda (ayniqsa, aviasozlikda) ishlatiladigan materiallar
uchun ularni og‘irlik bo‘yicha samaradorligi muhim ahamiyatga ega.
Samaradorlik solishtirma (nisbiy) хarakteristikalar bilan baholanadi.
Solishtirma mustahkamlik mezoni quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: