8.2. Mis va uning qotishmalari
Mis – pushtiqizil rangli metall bo‘lib, zichligi 8,95 g/sm
3
, erish
harorati – 1083
0
C. Mis olinadigan muhim tabiiy manba – oltin-
gugurtli rudalar: mis kolchedan (xalkopirit), bo‘rnit, xalkozin va
oksidlangan mis rudalaridir. Misning xususiyatlari ko‘p jihatdan
undagi begona jinslar miqdoriga va ularning misda eruvchanligiga
bog‘liq. Bunday jinslar mis va uning qotishmalariga turlicha ta’sir
qiladi: mustahkamligini yo oshiradi, yo pasaytiradi, qirqib shakl
109
lanishini yaxshilaydi, issiq va elektr o‘tkazuvchanligini, korroziya
-
ga bardoshliligini kamaytiradi.
Misning mashinasozlik materiali sifatidagi asosiy afzalligi is-
siq va elektr o‘tkazuvchanlik, plastiklik, korroziyabardoshlik
ko‘rsatkichlarining balandligidir. Misga xos bo‘lgan kamchiliklar:
quyilish xususiyatining yomonligi, qirqib ishlash noqulayligi, nis-
batan kam mustahkamlik bo‘lib, ularni yo‘qotish uchun mis turli ele
mentlar bilan legirlanadi.
Misning rux, qalay, qo‘rg‘oshin va boshqa elementlar bilan qo-
tishmalari – jez (latun)lar va bronzalar ham mashinasozlikda ko‘p
qo‘llanadi. Bronzaning maxsus turlari – melxior, neyzilber, kuppal,
kopellar ma’lum. Jezlar va bronzalar mashinasozlikda korroziyabar
-
dosh va antifriksion detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Begona jinslar misning fizikmexanik tavsiflariga jiddiy ta’sir
o‘tkazadi. Shunga qarab, begona jinslarni quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin: qizigan va sovuq holida bosim bilan ishlov ber
-
ganda mustahkamligini pasaytiradigan (O
2
, Pb, S, Se, Fe, Sb, Bi);
qirqib ishlanuvchanligini yaxshilaydigan (Se, Pb, Te, Si); issiq va
elektr o‘tkazuvchanligini pasaytiradigan (Pb, As, Sb, Fe, Al, P); kor
-
roziyabardoshlilikni pasaytiradigan (O
2
, Fe); korroziyabardoshlilikni
oshiradigan (Be, Al); mustahkamligini oshiradigan (Fe, P).
Misning xususiyatlari ko‘p jihatdan begona jinslarning mis matrit
-
sasida eruvchanligi bilan aniqlanadi. Shunga qarab, misda eriydigan
(Ni, Zn, Sb, Al, H
2
, As, Sn, S) va amalda erimaydigan yoki chekli
eriydigan (O
2
, Fe, Bi, Pb, Se, Te, P) qo‘shilmalar (begona jinslar)
bo‘ladi.
MDH mamlakatlari sanoatida misning quyidagi markalari ishlab
chiqariladi: katodli – MB4к, MOOк, MOkю, MOк, M1к; kislorodsiz
– MOOб, MOб, M1б; katodli, qayta eritilgan – M1б; nordonlashtiril
-
gan – M1p, M2p, MЗp, M3.
Begona jinslarning miqdoriga qarab, misning markalari quyidagi
-
cha belgilanadi: MOO (99,99% Cu), MO (99,95% Cu), M1 (99,9%
Cu), M2 (99,7% Cu), M3 (99,50%).
Misning, mashinasozlik materiali sifatidagi asosiy afzalliklari
– katta qiymatli issiq va elektr o‘tkazuvchanligi, plastikligi, korro
-
110
ziyabardoshliligi va ular bilan birga kelgan yuqori mexanik xususi-
yatlaridir. Misning kamchiliklari quyilish xususiyati va qirqib ish
-
lanuvchanligining yomonligidir.
Mis elektr va issiq o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun etalon qilib
olingan, uning bu ko‘rsatkichlari 100% deb qabul qilinadi, boshqa
materiallarning ko‘rsatkichlari misga nisbatan o‘lchanadi. Alumi
niy va temirning shu ko‘rsatkichlari, tegishli tarzda 60% va 17%.
Quyilgan holatdagi misning tavsiflari: σ
b
=160 MPa; σ
b
=35 MPa;
δ=25%. Qizigan holda deformatsiyalangan misda bu ko‘rsatkichlar:
250 MPa; 95 MPa; 50%. Misning mexanik, texnologik, antifriksion
va boshqa xususiyatlari qiymatlari qanday zarurligiga qarab, unga le-
girlovchi elementlar qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |