puxtalanmaydigan termik ishlanganda;
II –
puxtalanadigan termik ishlanganda.
Puxtalanadigan va puxtalanmaydigan qotishmalar chegarasi – bu
aluminiy qattiq eritmasini uy haroratida to‘yinish chegarasidir.
8.1-rasm. Аluminiy qattiq eritmasini evtektika haroratida
to‘yinish grafigi:A -deformatsiyalanadigan qotishma; В - quyma
qotishma I - puxtalanmaydigan termik ishlash bilan II - puxtala-
nadigan termik ishlash bilan.
Suyuq
C
Al legirlovchi element
++
faza
ikkilamchi
A
B
106
Aluminiy – oq kumush rangli metall, kristall panjarasi – yoqlari
markazlashgan kub. O‘ziga xos xususiyatlari: katta bo‘lmagan
zichlik (2700 kg/m
3
), yuqori elektr o‘tkazuvchanlik (σ=3,4·10
7
Sm/m) va plastiklik, yaxshi payvandlanadi, bosim ostida yaxshi
ishlanadi, lekin yaxshi qirqib ishlanmaydi, quygandan keyin katta
miqdorda cho‘kish hosil qiladi. Havoda yengil oksidlanib, zich
oksid plyonka – A1203 hosil qiladi, bu plyonka korroziyabardosh
-
likni ta’minlaydi. Mexanik xususiyatlari nisbatan past bo‘lib, ma
-
terialning sofligiga bog‘liq.
Doimiy uchraydigan begona jinslarning miqdoriga qarab, juda
sof aluminiy – A999 (qo‘shilmalari 0,001%), sofligi yuqori alumi
-
niy – A995 A99, A97, A95 (0,005...0,500% qo‘shilmalar) va texnik
toza aluminiy – A85, A8, A7, A5, A0 (0,15...1,00% qo‘shilmalar)
turlari bo‘ladi. Qo‘shilmalar (begona jinslar) aluminiyning elektr va
texnologik xususiyatlariga, korroziyabardoshligiga jiddiy ta’sir qiladi
(8.1rasm). Aluminiy tarkibida uchrab turadigan asosiy qo‘shilmalar
temir va kremniydir. Temir aluminiyning mustahkamligini birmun-
cha oshirsa, elektr o‘tkazuvchanligi va plastikligini pasaytiradi.
Kremniy boshqa qo‘shilmalar: mis, magniy, rux, marganets, xrom,
nikel singari, aluminiyni mustahkamlovchi asosiy qo‘shilmalardan
biri hisoblanadi.
Aluminning mustahkamligi nisbatan kichik bo‘lgani uchun yuk
tushmaydigan detallarni va konstruksiyalar elementlarini tayyorlash
uchun ishlatiladi, issiq o‘tkazuvchanlik, korroziyabardoshlilik, yen
-
gillik kabi asosiy ekspluatatsiya xususiyatlari bilan o‘zini ko‘rsatadi.
AД va AД1 texnik alumin listlar, chiviqlar, profillar ko‘rinishidagi
yarimmahsulot sifatida ishlab chiqiladi. Yuqori darajada toza alu
-
mindan zarqog‘oz, tok o‘tkazuvchi va kabel buyumlari ishlab chiqa
-
riladi. Juda yuqori toza alumin olish uchun zonali eritish yoki zonali
qayta kristallanish usuli qo‘llanadi. Bu usul qattiq va suyuq fazalarda
-
gi qo‘shilmalarning turli eruvchanligiga asoslanadi.
Zonali eritish
usuli
tozalanadigan metalldan tayyorlangan uzun sterjenda tor erigan
zona hosil qilib, uni sterjen uzunligi bo‘ylab surib borishga asoslan-
gan. Bu usul bilan begona jinslar miqdori 0,0001% gacha bo‘lgan
toza alumin olish mumkin.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |