Tibbyot xodimining OIV-infeksiya va kommunaktiv kompetentligi.
OIV-infeksiya – bu kassallik bo’lib, inson hulqi bilan bog’liq. Epedemik holatni o’zgartirish uchun, bu kasallikka nisbatan insonni hulqini yaxshi tomonga o’zgartirish lozim bo’ladi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari hulqini o’zgartirish kerak. OIV/OITS ni muavffaqiyatli profilaktikasi uchun tibbiyot xodimlaridan har kunlik kun tartibida to’xtamasdan, takror va takror OIV-infeksiyasi to’g’risida to’g’ri maslahatlar berishligi lozim bo’ladi. Tibbiyot xodimi bilan bemor orasidagi ishonch bu tibbiy yordam berish asosi bo’lishi kerak. Eng kerakligi shuki, psixologik yaxshi muhit hosil qilish, bu maxsus tibbiy yordam ko’rsatishda bemorlarni jalb qilishda va ushlab turishda qo’l keladi. Tibbiyot xodimi va patsiyent o’rtasidagi bir biriga ishonch patsiyentlarda ochiqchasiga OIV-infeksiyasi to’g’risida ma’lumotlarga ega va muloqatga tayyor bo’ladi.
Patsiyentning shaxsiy kommunikatsiyasi uning sog’ligiga va xulqining o’zgartirishga, tibbiyot xodimi bilan o’zaro aloqasiga bog’liq bo’ladi «tibbiyot hodimi – patsiyent», «tibbiyot hodimi – patsiyent oilasi», «patsiyent – shu kasallikka chalingan yana bir patsiyent», «tibbiyot hodimi va uning komandasidan yana bir a’zo va patsiyent».
OIV-infeksisiga chalingan insonlar yordam so’rab (maslaxatga va tekshiruvga va davolanishga), psixologik stressda bo’lishadi va oilasi yoki aholi tomonidan tayziqqa uchrashi mumkin. Bunday holatlarda patsiyentning tibbiyot xodimi bilan sifat kommunikatsiyasi asosiy rol o’ynaydi. Tibbiyot mutaxasislari bunda patsiyentning ba’zi bir o’zini tutish holatlariga e’tibor bermasdan, patsiyentga nisbatan maxfiy ma’lumotlarni saqlash kerak bo’ladi, patsiyentni yaxshilab eshitib, uni ruxiy ko’tarib, uning savollariga aniq javob berib qo’llab quvatlash kerak bo’ladi.
OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan insonlar, ko’pincha o’ziga kerak tibbiy yordam olishda har xil to’sqinliklarga uchrashi mumkin. Sigmatizatsiyadagi qo’rquv patsiyentga yordam olishda qo’shimcha to’siqlarlarga uchrashiga olib keladi. Bu holatda ushbu to’siqlarni yengishda OIV-infeksiyalangan inson uchun o’z xuquqlarini himoya qilishda bilimlari, atrofidagi tibbiyot xodimlari ko’makda bo’lishi kerak.
Yuqoridagilarni inobatga olib, OIV/OITS bemorlarda yangi klinik-psixoligik muammo yuzaga keladi va bunday holatda ular tibbiyot hodimlari tomonidan kuzatuvga va yordamga muxtoj bo’lib qolishadi. Bunda tibbiyot hodimlarini diplomdan keyingi tayyorlash muammolari yuzaga keladi va shunga yarasha mutaxasislar tayyorlashda o’zgartirishlar kiritish (birinchi navbatda vrach va klinik psixologlar) mutaxasislar tayyorlansa maqsadga muavffiq bo’ladi. Birinchi navbatda bu mutaxasislarni tayyorlashda, psixologik va kommunaktiv kompetentlik hosil qilish yotadi. Bu nimani o’z ichiga oladi? Bu nima?
Asosan tibbiyot hodimi tomonidan patsiyentning psixologik holatini bilish, bir biri bilan muloqat vaqtida bo’ladigan kommunaktiv holatni o’rganish, asosan tibbiy muxitda, muammoni yengib o’tadigan yo’llarini o’rganish va patsiyenga o’rgatish, o’zaro shaxsiy va professional vazifalarni yechish, psixologik intervensiya asoslarini bilish – bu patsiyentni sog’ligini yaxshi tomonga yo’naltirish va hayot sifatini oshirish. OIV/OITS kasalligiga chalingan bemor va uning qarindosh-urug’lari bilan ishlayotgan tibbiyot xodimi bemor to’g’risida olingan mua’lumotlarni analiz sintez qilib, o’z vaqtida yordam berishi, patsiyentning muammolarini joy-joyiga qo’yib berib, davolash olib borishi lozim bo’ladi.
Demak, tibbiyot hodimi patsiyent va uning yaqin qarindoshlarini kompleks so’ravnoma o’tkazishni, bemor ruxiy holatini baxolashni, bemorning tibbiy psixologik va ijtimoiy muammolarini o’rganishni taqazo etadi va albatta bu ishlar mavjud bo’lgan axboratlarga tayangan bo’lishi shart. Tibbiyot hodimi bemorning psixologik holatini o’rganib, uni istiqbolini baholashi va tushinishi orqali bemor bilan samarali munosabat o’rnatishi lozim. Bemor va uning yaqin qarindoshlari bilan muloqatda bo’lganida, albatta shaxsni xurmat qilish asnosida etik yondashuvlarini qo’llashi lozim. Bundan tashqari tibbiyot hodimi bemorni davolashda uning yaqin qarindoshlarining roli muxim ekanligini tushintirishi, xar bir davo bosqichlarini va alternativ yoki muqobil usullar va maslaxatlarni izoxlab borishi va maqsadga erishish uchun davolash usullarini qo’llash uchun patsiyent yaqinlaridan ruxsat olishi lozim. Boshqa so’z bilan aytganda tibbiyot xodimi patsiyentni davolashda bilimi va maslahatlari bilan uni davo olishga unday bilishi, bemor tomonidan ushbu kasallikni yengib o’tishiga ishonch borligini uning ongigi singdira bilishi kerak bo’ladi. Davolashning yaxshi effekti vrach va bemor xamkorlikda ishlaganda bo’lishini, birgalikda kasallikka qarshi kurash olib borishni va bemorni qo’llab quvvatlash va rag’batlantirib turishi lozim bo’ladi. Bu sohada ishlayotgan tibbiyot xodimi shuni bilishi kerakki, uning bilimi, xarakatlari chegaralanganligini. SHuning uchun vrach boshqa mutaxasislar bilan ham bilimi, xarakatlari va davolash usullarini hamkorlikda o’rganib, to’ldirib borishi lozim. Buning bilan u maslaxatlar sifatini, bilim doirasini va va davolash sifatini oshirib boradi, usul va uslublarini o’rganadi va tibbiyot komandasini tashkil qiladi. Bundan tashqari vrach va klinik psixolog bitta komanda bo’lib, OIV-infitsirlangan patsiyentlarni davolash yo’llarini izlab, emotsional holatlarga tushib qolmasliklari uchun, shaxsiy va profissional darajasini oshirib borishi kerak.
OIV-infitsirlangan bemorlar bilan ishlaydigan vrachning asosiy vazifalaridan biri shuki, u asosiy davo muolajasi, ya’ni virusga qarshi davolash va patsiyentga kerakli ma’lumotlar berish, dorilarni o’z vaqtida qabul qilish kerakligini, fizik va psixik holatlarini nazorat qilib turadi. O’z vaqtida dori darmonlarni qabul qilmasligi yomon oqibatlarga olib kelishini va dori darmon qabul qilishda xatolar bo’lmasligi, dori qabul qilishda sxemadan ozgina chetlashish patsiyent va vrach tomonidan qilingan davolashdagi shuncha xatti xarakatni puchga chiqarishi mumkin ekanligini, kasallikni kuchayishiga olib kelishini uqtirish lozim bo’ladi.
OIV/OITSni kechishida shunday holat yuzaga keladiki, bunda birinchi navbatda patsiyentga polliativ yordam kerak bo’ladi, bu esa bemorga va uning yaqinlarini psixolagik qo’llab quvatlash lozim bo’ladi. Birinchi navbatda qilinadigan polliativ yordam kordinatsion kommunikatsiya aspektlari:
Atrofdagilarni jalb qilish. Atrofdagilarni jalb qilishda ularni shunga undash kerakki, ular patsiyentni kelajakka qo’yilgan maqsad va vazifalarni, rejalarini qo’llab quvvatlashlari kerak bo’ladi.
Atrofdagilar patsiyentni va uning oilasini qo’llab quvvatlashi kerak.
Atrofdagilar patsiyent o’z-o’zini boshqara bilishga undashi kerak va uni qo’llab quvvatlaydigan guruxlarga qo’shishi kerak bo’ladi.
Patsiyentni sog’ligini o’ylaydigan komanda tashkil qilish (yaqin qarindoshi, yaqinlari, tibbiyot hodimi, boshqa patsiyentlar) va ular bilan aktiv xamkorlik qilish.
Bundan tashqari statsionarda klinik aspekt kommunikatsiyasiga yondashuv. Bular ushbu aspektlar:
Klinik, psixologik va sotsial holatni baholashni kuchaytirish.
Patsiyentga maqsad va vazifalarni tushintirish va qo’llab quvvatlash.
Patsiyent to’g’risidagi hamma aspekt va ma’lumotlarni uning o’zi bilan muxokama qilish.
Davolash rejasi qancha talab qilsa, shuncha o’zgartirib turish.
Tibbiyot hodimi spetsifik kommunikatsiya aspektlarini ham OITS bemorlarga polliativ tibbiy yordam berayotgan davrda qarash lozim. Bular:
Patsiyentni bezovtalashiga sabab va faktini bilish.
Patsiyentni klinik holatini baholash.
Patsiyentni davolanishga bo’lgan moyilligini baholash (kerakli indikatorlarni qo’llash).
Patsiyentning sog’ligini yomonlashishga olib keladigan faktorlar to’g’risida ma’lumot almashish.
Diagnostika va davolash rejalari xaqidagi ma’lumotlarni klinitsistlar bilan almashish.
Muxokama tashkil qilish va bir qarorga kelishish.
Patsiyent tomonidan o’z o’zini boshqarishni kuchaytirish.
Registratsion varaqalar va davolash kartalari yuritish.
Patsiyenlarni kasallik to’g’risida o’qitishga o’rgatish.
Yaqin sotsial-ijtimoiy atrofdagilar bilan xamkorlik, ushbu xamkorlikni tashkil qilish.
Bemor va bemor qarindoshlari bilan bemorga yordam ko’rsatish rejasini va maqsadini muxokama qilish.
OITS bemor va uning oila a’zolari kommunikatsiya asosiy aspeklari prinsiplari:
Bir qarorga kelishga va qo’llab quvvatlashga ko’rsatma.
Yordam ko’rsatish maqsadini muxokama qilish.
Patsiyentga tibbiyot xodimi bilan birgalikda yordam ko’rsatish rejasini muxokama qilish. Patsiyentning oila a’zolarini umumiy yordam ko’rsatish rejasiga yordam ko’rsatish komandasi sifatida tibbiyot xodimlari bilan birgalikda jalb qilish.
Vaqti vaqti bilan davolash rejasi muxokamasiga qaytib turish va muxokamadan keyin xamkorlikda bir qarorga kelish.
Xar bir patsiyent o’z sog’ligi to’g’risida ma’lumot olishga intiladi. Vrach OIV/OITS bemor bilan ishlashda xar qanday noxush vaziyatlarni davolashdagi qiyinchiliklarni bemorga yetkazishda qiyinchilik tug’diradi, bemoga esa bu ma’lumotlarni olish og’ir, shuning uchun vrach hamma ma’lumotlarni patsentga ayta olmaydi. Shunday bo’lishiga qaramay vrach patsiyentga xar doim patsiyent bilish kerak bo’lgan ma’lumotlarni unga berib turishi maqsadga muavffiq bo’ladi. Bu muammoni hal qilishda vrach boshqa tajribali vrachlar maslaxatiga suyangan holda, og’ir holatlarda ma’lumotlar texnologiyasini ishlab chiqqib, bunday salbiy oqibatga olib keladigan ma’lumotlar konteksini o’rganishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |